O‘zbekistonliklar may oyida necha kun dam olishi bo‘yicha ma’lumot berildi.
Ma’lumki, O‘zbekistonda shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. Kelayotgan may oyida esa dam olish kuniga to‘g‘ri keladigan birorta bayram yo‘q.
Bu oyda 5 ta shanba, 4 ta yakshanba va bitta 9 may — xotira va qadrlash kuni bor. Shunga ko‘ra, 5 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar oy davomida 10 kun, 6 kunlik ish rejimida ishlaydiganlar 5 kun dam oladi.
Ma’lumot uchun, 9-may haftaning juma kuniga to‘g‘ri kelgani sababli 9-10-11-may kunlari ketma-ket 3 kun dam bo‘ladi.
2025-yilda o‘zbekistonliklar qancha dam oladi?
- 1 yanvar — Yangi yil;
- 8 mart — Xotin-qizlar kuni;
- 21 mart — Navro‘z;
- 31 mart — Iyd al-Fitr (Ramazon hayiti)ning birinchi kuni;
- 9 may — Xotira va qadrlar kuni
- 7 iyun — Iyd al-adha (Qurbon hayiti)ning birinchi kuni.
- 1 sentyabr — Mustaqillik kuni;
- 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
- 8 dekabr — Konstitutsiya kuni.
Shuningdek, shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan bayramlar munosabati bilan qo‘shimcha dam olish kunlari beriladi. 2025-yilda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni 10-mart, dushanbaga ko‘chiriladi. Qurbon hayitining birinchi kuni 9-iyun, shanbaga to‘g‘ri keladi, shu sababdan dam olish kuni 9-iyun, dushanbaga ko‘chiriladi.
Izoh (0)