52 yoshli reper Eminem (haqiqiy ismi Marshall Bryus Meters III) ilk bor bobo bo‘ldi. Uning 29 yoshli qizi Xeyli Jeyd Skott o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi va bu haqida o‘zining Instagram sahifasida farzandining suratini ko‘rsatib, ommaga eʼlon qildi.
-YgMWSzGp.avif)
Chaqaloqga Elliot Marshall deb ism qo‘yishgan. Ikkinchi ismi Marshall bobosi Eminem sharafiga qo‘yilgan. Chaqaloq 14-mart kuni dunyoga kelgan.
“Baxtli sana, kichkina E 3 haftalik bo‘ldi”, deb yozgan Xeyli suratga.
Eminemning qizi Evan Makklintokga o‘tgan yilning may oyida turmushga chiqqan, ular 2016-yildan buyon uchrasha boshlashgan va 2023-yil fevralida unashtirilgan.

Xeyli va uning turmush o‘rtog‘i farzand kutayotgani haqida Eminemning Temporary klipida eʼlon qilishgan.
Video yozuvlardan birida Xeyli otasiga homiladorligi haqida gapirib beradi: u unga “bobo” yozuvi tushirilgan futbolka va ultratovush tekshiruvi rasmini beradi.

Izoh (0)