• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Trampning bojlari O‘zbekistonga qanchalik ta’sir qiladi? Iqtisodchi fikri

    AQSH prezidenti Donald Tramp import uchun 10% dan 49% gacha bo‘lgan bojlar joriy etilishini e’lon qilgach, AQSH aksiyalari fyucherslari keskin tushib ketdi. Bu esa global savdo urushi xavfini kuchaytirib, AQSH iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov yozmoqda.

    Foto: podrobno.uz

    “U rostdan ham Amerikani yana buyuk qilishni rejalashtiryaptimi? Bunday yo‘l bilan u AQSHni faqat Xitoy, BRIKS va global janub manfaatlari uchun zaiflashtirmoqda”, deydi iqtisodchi.

    Yuliy Yusupovning fikriga ko‘ra, savdo urushlaridan hammaga zarar yetadi. Tramp buni tushunmaydi, shu sababli ham o‘z harakatlari bilan hamkorlik va ixtisoslashuv natijalarini yo‘qqa chiqarmoqda.

    “Hech kim bundan xursand bo‘lmasa kerak. Savdo urushlaridan hamma zarar ko‘radi. Tramp buni tushunmaydi, chunki uning dunyo haqidagi tasavvuri ‘o‘zgarmas yig‘indi’ modeliga asoslangan. Ya’ni, o‘zgarmas pirogni bo‘lish. O‘z ulushini kattalashtirish uchun qo‘shnisining ulushidan kesib olish kerak, deb o‘ylaydi. 

    Aslida, dunyo allaqachon ‘o‘sib boruvchi yig‘indi’ modelida yashayapti. Pirog hamkorlik va ixtisoslashuv hisobiga kattalashadi. Natijada, har bir kishi boshqalarga zarar yetkazmagan holda kattaroq ulush oladi. Tramp esa o‘z harakatlari bilan hamkorlik va ixtisoslashuv natijalarini yo‘qqa chiqarmoqda. U boshqalarning ulushlarini qanday kesmasin, uning o‘z ulushi ham kichrayadi, chunki umumiy pirog hajmi qisqaradi”, deydi Yuliy Yusupov.

    Trampning yagona “taskini” shundaki, AQSHning yo‘qotishlari boshqa mamlakatlarnikiga qaraganda kamroq bo‘ladi. Chunki AQSH iqtisodiyoti juda katta va kichik davlatlarga nisbatan xalqaro mehnat taqsimotiga kamroq bog‘liq. 

    “Lekin bu tasalli juda ham shubhali. Qo‘shnining ikkita tovug‘i ko‘proq o‘ldi. Ura! qabilidagi fikr”, deydi u.

    Yusupov ta’kidlashicha, Tramp bojlarni juda oddiy mantiqqa asoslanib joriy etmoqda: agar import tovarlar qimmat bo‘lsa, mahsulotlarni AQSH ichida ishlab chiqarish foydaliroq bo‘ladi va AQSHda o‘z mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan xorijiy kompaniyalar bu yerda o‘z zavodlarini ochishni boshlaydi.

    “Iqtisodiy fan nuqtai nazaridan bu mantiq noto‘g‘ri: bunday siyosat xalqaro mehnat taqsimoti va amerikalik ishlab chiqaruvchilar uchun shakllangan ta’minot zanjirlarini buzadi. Natijada, bu jahon iqtisodiyoti unumdorligining umumiy pasayishiga olib keladi. AQSHda yaratilishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarishlar esa raqobatbardosh bo‘lmay qoladi. Bularning barchasi narxlarning oshishiga va amerikaliklar hamda boshqa mamlakatlar aholisining turmush darajasi pasayishiga sabab bo‘ladi.

    Aytgancha, shunga o‘xshash siyosatni (import o‘rnini bosish siyosatini) o‘zbek amaldorlari 1996-yildan beri amalga oshirishga urinmoqda. Lekin uning natijadorligini hammamiz ko‘rib turibmiz”, deydi Yusupov.

    O‘zbekiston qanday zarar ko‘radi?

    Yusupovning qayd etishicha, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining AQSH bilan tovar ayirboshlash hajmi juda kichik bo‘lganligi sababli to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.

    “To‘g‘ri, AQSHda, O‘zbekistondan farqli o‘laroq, import o‘rnini bosish modeli muvaffaqiyatga erishish uchun biroz ko‘proq imkoniyatga ega, chunki Amerika iqtisodiyoti dunyodagi eng yirik iqtisodiyot bo‘lib, boshqa mamlakatlardan, ayniqsa O‘zbekiston kabi kichik davlatlardan farqli ravishda, xalqaro mehnat taqsimotiga kamroq bog‘liq.

    O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlariga kelsak, mamlakatlarimizning AQSH bilan tovar ayirboshlash hajmi juda kichik. Biz u yerga asosan xomashyo eksport qilamiz, odatda buni boshqa bozorlarda ham osongina sotish mumkin.

    Shuning uchun Trampning bojlari mamlakatlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu yerda ko‘proq bilvosita ta’sir muhim ahamiyatga ega. Global savdo urushi global iqtisodiy inqirozga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatlarimiz asosan jahon bozorlarida savdo qiladigan ko‘plab xomashyo tovarlari narxining pasayishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, dunyoda investitsiya faolligining umumiy pasayishiga olib keladi, bu esa mintaqamizga kiritilayotgan investitsiyalarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, deydi iqtisodchi.

    Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp xorijdan olib kiriladigan barcha tovarlarga bojlar joriy etilishini e’lon qilgani xabar qilingandi. 

    3 aprel, 18:43   Izoh (0)   3559
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#O‘zbekiston#boj#iqtisodchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi. O‘zbekistonning tashkilotga a’zoligi nima beradi?

    10.05.2020, 10:31

    Bojxonachilar oq poshsho zamonidan beri pora oladi, degan ayblovlar asossiz – Davlat bojxona qo‘mitasi

    10.11.2022, 20:39

    O‘sib borayotgan boj tushumlari, bekor qilingan cheklovlar va soddalashtirilgan tizim – bojxonada 6 yillik muhim o‘zgarishlarga nazar

    06.02.2023, 19:34

    “Qo‘shni davlatlar bilan integratsiya uchun Rossiya ta’siridan qutulish kerak” – ekspert bilan suhbat

    30.04.2024, 20:15

    “Bu gaplar qanchalik chiroyli gapirilmasin, natijasi xunuk bo‘lib qolaveradi!” — iqtisodchilar elektromobillarga boj joriy qilish taklifiga keskin qarshi chiqmoqda...

    03.08.2024, 18:10

    Ehtimoliy AQSh—Xitoy savdo urushi: O‘zbekiston iqtisodiyotiga tug'ilishi mumkin bo‘lgan xavflar

    11.11.2024, 20:04

    JST yo‘lida: O‘zbekistonni oldinda qanday muammolar kutadi?

    04.12.2024, 19:55

    O‘zbekiston 10 oyda qancha elektromobil import qilgani ochiqlandi

    11.12.2024, 18:20

    AQSh Yaqin Sharq xaritasini qayta tuzib chiqmoqda, buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

    26.12.2024, 19:45

    Darz ketgan G'arb kollektivi. Tramp dunyoni qanday o‘zgartirmoqchi?

    19 fevral, 19:20

    BAA Mundial yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqanini tan oldimi?

    29 mart, 10:08

    Chiqindixonadagi motivator, qurumsoq oshiq: kinokastinglardan o‘ta olmagan Bobur Mansurov qanday qilib mashhur vaynerga aylandi?

    29 mart, 17:04

    O‘zbek olimlarining navbatdagi g‘alabasi

    30 mart, 19:25

    Yoshligida tandir yasab sotgan, 2 marta qamalib chiqqan va o‘zidan 14 yosh kichik qizga uylangan Jasur Umirov 39 yoshda

    31 mart, 15:45

    Alisher Usmonov ilk bor Forbes’ning milliarderlar reytingiga O‘zbekiston nomidan kiritildi

    2 aprel, 09:09

    Octobank brendining qiymati 30 million AQSH dollarini tashkil qildi

    3 aprel, 13:30

    Vyetnam Trampning tahdidlari sababli AQSHga yuqori martabali delegatsiya jo‘natadi 

    2 aprel, 21:25

    O‘zbekistonda 2 oyda xorijdan qancha yengil avtomobil import qilingani ochiqlandi 

    2 aprel, 22:35

    Qirg‘izistonda O‘zbekiston hududidan tonirovkali oynalar bilan o‘tish uchun 15 dollar yig‘im undirilayotganidan shikoyat qilindi

    2 aprel, 23:30

    Tramp O‘zbekiston tovarlariga ham boj joriy etdi

    3 aprel, 08:34

    AQSH Grenlandiyani qo‘shib olish xarajatlarini hisoblamoqda

    3 aprel, 09:40

    “Yevropa Tramp bojlariga javob berishga tayyor” — Yevrokomissiya rahbari 

    3 aprel, 10:15

    Oltin narxi tarixiy rekordni yangiladi

    3 aprel, 11:32

    “Yevropa yana bir necha yildan so‘ng O‘zbekistonning ikkinchi raqamli savdo hamkoriga aylanadi” — Samarqanddagi sammit ekspertlar nigohida 

    3 aprel, 12:29

    AQSH sentyabrgacha Eronni yo‘q qilish bilan tahdid qildi — OAV

    3 aprel, 14:10

    “AQSHda noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga o‘z ixtiyorlari bilan qaytishni maslahat beraman” — elchi

    3 aprel, 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Yevrokomissiya prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    3 aprel, 14:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi

     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15

    Ilhom Aliyev Rossiyani Ozarbayjon obyektlariga “maqsadli zarba berish”da aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:55

    Superliga. “So‘g‘diyona” “Mash’al”dan ustun keldi

    Sport | 10 avgust, 22:35

    Turkiyada 6,1 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi (video)

    Dunyo | 10 avgust, 22:34

    NYT: Britaniya yarim yil maxfiy Falastin rejasi ustida ishladi

    Dunyo | 10 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.