• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Biznes

    “Biz erkin bozor tarafdorimiz”. Tadbirkorlar elektromobil importiga qo‘yilgan norasmiy taqiqlar olib tashlanishini so‘ramoqda

    Ijtimoiy tarmoqlarda elektromobillar importi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar prezidentga murojaat bilan chiqdi.

    Aytishlaricha, O‘zbekistonda elektromobil importiga qo‘yilgan norasmiy taqiqlar ularning faoliyatiga xalaqit bermoqda. “Biz erkin bozor tarafdorimiz”, deydi tadbirkorlardan biri.

    Murojaatda elektromobil importchilari davlat byudjetiga bir yilda 1 trillion 250 milliard so‘m tushum keltirgani yozilgan. Mamlakatga xorijda ishlab chiqarilgan elektromobillarni olib kirishga qo‘yilgan cheklovlar sabab 400 dan ortiq tadbirkorning biznesi kasod bo‘layotgani taʼkidlangan. Murojaatchilar davlat rahbaridan cheklovlarni olib tashlash va ochiq bozorni qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan.

    “Norasmiy to‘siqlar sabab o‘nlab avtomobillarimiz bojxona omborlarida qolib ketdi. Oqibatda mahsulotlarni buyurtmachilarga o‘z vaqtida yetkaza olmayapmiz, xaridorlar norozi. Import shartnomalarimiz buzilib, qarzdorlik yuzaga kelmoqda. Bojxonada rasmiylashtirish va sertifikatsiyalash jarayonini amalda qo‘llanib kelinayotgan shaklda qoldirishingizni so‘raymiz”, deya murojaat qilgan tadbirkorlar.

    Biznes-ombudsman murojaatdagi holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilishini maʼlum qildi.

    O‘zbekistonda oxirgi paytlarda elektromobillar importi keskin qisqarmoqda. Masalan, 2025-yil yanvar-fevral oylarida malakatga elektromobillar importi sezilarli kamaydi. Ikki oy davomida jami 17 million 967 ming dollarlik 1555 dona elektromobil olib kirilgan. 2024-yil yanvar-fevral oylarida esa 85 million 415 ming dollarlik 3489 dona elektromobil import qilingandi.

    Iqtisodchilar fikricha, import qisqarishiga Toshkent viloyati Piskent tumanidagi chet eldan keltirilgan avtomobillar uchun sinov poligoni ishga tushgani taʼsir qilgan bo‘lishi mumkin. Poligon quvvati O‘zbekistonga avvalgidek ko‘p avtomobil kiritish uchun yetarli emas. Bu tabiiy ravishda import jarayonini murakkablashtiradi, oqibatda avtomobillar narxi qimmatlashadi.

    2024-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonga import qilinadigan transport vositalari Piskent poligonida sinovdan o‘tkazila boshlangan. Bunga sabab sifatida harakat xavfsizligini kuchaytirish va mamlakatga olib kirilayotgan transport vositalari sifatini yaxshilash maqsad qilingani bildirilgan.

    “Yanvar oyida import avtomobillarini texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi avtopoligon o‘zining salbiy oqibatlarini ko‘rsatishda davom etgan va import oldingi oylardagiga nisbatan tezroq qisqarishni boshlagan. May oyidan esa qo‘shimcha cheklovlar natijasida avtomobillar importining qisqarishi yanada tezlashishi turgan gap. Bu esa o‘z navbatida bir muncha “sovib qolgan” avtomobil bozorida narxlar oshishiga olib keladi, deya fikr bildirdi iqtisodchi Mirkomil Xolboyev.

    Mart oyi yakunida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan Xitoyning Leapmotor C16 avtomobilida “kamchilik” aniqlangani maʼlum qilindi. Agentlik mashinalarni sertifikatlash organlariga ogohlantirish xati yuborib, Leapmotor kompaniyasining barcha avtomobillari importiga taqiq qo‘yilganini bildirdi.

    Skrinshot: check.ijro.uz

    Avtomobil ixlosmandlari so‘zlariga ko‘ra, Leapmotor O‘zbekistonda zavodi ochilgan BYD'ni “sindira” oladigan raqobatchi brend. Shu sabab aholiga tanlovni cheklash, raqobatni yo‘q qilish orqali faqatgina “mahalliy” avtomobillar sotuviga urg‘u berish avj olayotgani taxmin qilinmoqda.

    “Xatni o‘qib, o‘zimni kulgidan tiya olmayapman. Elektromobil ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoni egallagan davlatda ishlab chiqarilgan Leapmotor S16 ning “keng polosali elektromagnit shovqin”ni nomuvofiq ekan. 1996-yildan beri o‘zgarmas holatda ishlab chiqarilayotgan karbyuratorli Damas esa muvofiq ekan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashning yuqori cho‘qqisiga chiqqanga o‘xshaymiz. Buni kuzatib turgan investorlar qo‘l siltab, Zimbabvega ketvormasa bo‘ldi”, deya fikr bildirgan Telegram'dagi “Rastamojka” kanali muallifi.
    Foto: ixbt.com

    Piskent poligonining bir kunda 100 ta avtomashinani sinovdan o‘tkazish qobiliyati borligi aytilgandi. Ammo xabarlarga ko‘ra, sinov maydonida uzun navbatlar yuzaga kelgan. Bir kunlik avtomobil importi esa 300 ta mashinani tashkil etadi. Har kuni navbatga ikki kundan qo‘shilib, sinov jarayoni kechikaveradi. Navbat olish soat 00:00 da ochilib, 1-2 daqiqaga yetib bormasdan limit tugab qolayotgani aytilmoqda.

    “Bir avtomashina egasi 10-aprel kuniga navbat olganiga do‘ppisini osmonga otib xursand... Shuncha kutganiga 10 million so‘m xarajat ham qilib beradi. Agar maygacha sertifikat ololmay qolsa, yana 2500 dollar qo‘shimcha xarajat ham qiladi. Avtomonopollar niyatiga yetdi deb hisoblasak ham bo‘ladi. Bunda Texnik jihatdan tartibga solish agentligining o‘rni beqiyos. Bir tomondan Jahon savo tashkilotiga aʼzolik masalasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi”, deya fikr bildirgan faollar.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov Bojxona qo‘mitasi statistikasiga tayanib yozishicha, kunlik avtomobil importi yanvar va fevral oylarida 100 tadan kamga tushib bo‘lgan.

    “Piskent poligonida navbat kamaymayotgani qiziq? Yo sinovlar vaqti yana cho‘zilganmi? Avtomobilga qo‘shib, o‘sha joyning o‘zida import pamperslarniyam sinashmoqdami”, deya bolalar tagligi importiga qo‘yilgan sunʼiy to‘siqlarga ham ishora qilgan iqtisodchi.

    Telegram"dagi “Avtodeklarant” kanali ham ushbu muammoga to‘xtalgan.

    “27-mart kuni holatiga 12-aprelgacha bo‘lgan navbatlar to‘lib bo‘ldi, kechki 12:00 dan ochilgan navbatlar 20 sekundda tugadi. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan o‘ylab topilgan ahmoqona g‘oya sababli xalqimiz davlat byudjetiga pul to‘lab, qonuniy import qilmoqchi bo‘lgan avtomobillarini muvofiqligini tekshirish uchun navbatlar 10 kundan oshib ketgan. Bekor qilinglar bu zamon talablariga mos kelmaydigan tekshirishlarni. Texnik tartibga solish agentligi o‘zbek xalqi uchun ikkinchi avtozavoddek bo‘ldi, chunki ushbu tashkilot ham xalqning o‘z mulkiga egaligini oylab kuttirishga majbur qilmoqda”, deya fikr bildirilgan kanalda.

    Avvalroq BYD Uzbekistan Factory qo‘shma korxonasi hukumatdan elektromobillarning tartibsiz importini cheklashni so‘ragandi. O‘shanda jamoatchilik faollari importni cheklash raqobat yo‘qolishiga olib kelishidan xavotir bildirgan. Ayrim iqtisodchilar fikricha, O‘zbekistonda yangi avtomobil zavodlari ochilishi avtomashinalar narxi pasayishiga olib kelmaydi.

    3 aprel, 16:34   Izoh (0)   5051
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gaz eksporti to‘xtamagan, avtomobil importi kamaygan — 2024-yilda O‘zbekiston tashqi savdosi qanday bo‘ldi?

    21 yanvar, 14:55

    O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin kamaydi

    24 fevral, 17:35

    “Tish pastasining 90 foizini beshta korxona import qiladi”. O‘zbekistonda pardoz va gigiyenik vositalar importi monopollashganmi? 

    19 mart, 19:15

    2024-yilda tashqi savdo balansi taqchilligi 17,4 mlrd dollarni tashkil etdi  — Markaziy bank

    30 mart, 17:01

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi, yevro keskin oshdi

    3 aprel, 16:21

    Surxondaryoda so‘roqqa olib ketilgan fermer vafoti yuzasidan yakuniy ma’lumot e’lon qilindi

    3 aprel, 16:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.