• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    HAMAS Isroil bilan 50 kunlik sulh tuzishga rozi bo‘ldi

    HAMAS guruhi Misr va Qatar taklif qilgan Isroil bilan 50 kunlik sulh taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Falastin harakati vakili Xalil al-Hayya xabar berdi.

    Foto: AFP

    Mazkur kelishuv HAMAS tomonidan ushlab turilgan 5 nafar garovdagilarni 50 nafar falastinlik mahbusga almashishni o‘z ichiga oladi.

    Ikki kun oldin biz Misr va Qatardagi vositachilardan taklif oldik. Biz unga ijobiy yondashib, rozilik bildirdik, dedi Xalil al-Hayya.

    U Isroil tomoni mazkur kelishuvni buzmasligiga umid bildirmoqda. Yahudiy xavfsizlik xizmatidagi manbalarga ko‘ra, Misr Isroildan yangi o‘t ochishni to‘xtatish taklifi bo‘yicha ijobiy ko‘rsatmalar olgan.

    Eslatib o‘tamiz, 19-yanvar kuni Isroil va HAMAS G‘azo sektorida tinchlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Unga asosan 33 nafar isroillik garovga olinganlar 1900 ga yaqin falastinlik mahbus evaziga ozod qilinishi kerak bo‘lgan. Mahbuslarning aksariyati Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklar edi.

    Umumiy hisobda HAMAS 16 nafar isroillikni ozod qildi, 17 nafari hamon guruh nazoratida qolmoqda. Isroil tomoni ulardan sakkiz nafari allaqachon halok bo‘lgani, 9 kishining ozod etilishiga umid qilayotganini bildirdi.

    Fevral oyi boshida HAMAS yana uch nafar isroillikni ozod qilishi kerak edi. Biroq guruh ozod qilishning keyingi bosqichini noma’lum muddatga kechiktirdi. HAMAS o‘z qarorini Isroil kelishuv shartlariga rioya qilmagani bilan izohladi.

    Keyinroq AQSH prezidenti Donald Tramp HAMASni barcha garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirdi. Aks holda “jahannam boshlanishi” bilan tahdid qildi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham agar HAMAS garovga olinganlarni ozod qilmasa, G‘azoda harbiy harakatlar tiklanishini ta’kidladi.

    18-mart kuni Isroil “siyosiy vaziyatga muvofiq” G‘azo sektoridagi HAMAS obyektlariga ommaviy zarbalarni qayta boshladi. Aviahujumlar qayta tiklangan kuni 404 kishi halok bo‘ldi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

    Isroil bosh vaziri G‘azodagi “barcha kutilmagan qurbonlar” uchun HAMAS javobgar ekanini da’vo qilgan. U G‘azoda yuzlab odam o‘limiga sabab bo‘lgan hujumlar “faqat boshlanishi” ekanini ta’kidlagan. HAMAS muzokaralarga tayyor ekanini, ammo allaqachon erishilgan kelishuvlarni o‘zgartirishga bormasligini aytdi. Guruh xalqaro vositachilarni tinchlik muddatini uzaytirish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.

    Isroil xavfsizlik hududini kengaytirish, G‘azo shimoli va janubi o‘rtasida bufer zona yaratish uchun quruqlikdan harbiy harakatlarni ham tikladi. Netanyaxu 30-mart kuni G‘azodagi urushni tugatishni muhokama qilishga tayyor ekanliklari aytdi va buning uchun shart qo‘ydi. Unga ko‘ra, HAMAS harakati qurolini tashlab, sektorni tark etishi kerak. Isroil esa G‘azoda umumiy xavfsizlikni ta’minlash va AQSH prezidenti Donald Trampning rejasini, ya’ni ixtiyoriy emigratsiya dasturini amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

    Tramp avvalroq Vashington G‘azoni o‘z nazoratiga olishga tayyorligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Falastin aholisini boshqa hududlarga ko‘chirish, eksklavni vayron bo‘lgan binolardan tozalash va yangi ish o‘rinlari va uy-joy bilan ta’minlaydigan iqtisodiy rivojlanish markaziga aylantirish kerak.

    31 mart, 08:50   Izoh (0)   2545
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#G‘azo sektori

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.