• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 1-apreldan qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

    O‘zbekiston qonunchiligida 2025-yil 1-apreldan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Quyida ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi xodimlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, Qoraqalpog‘iston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari xodimlariga:

    • 1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
    • 3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
    • 5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
    • 10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
    • 15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
    • 20 yildan yuqori — 1,5.

    Shuningdek, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limlari xodimlariga:

    • 1 yildan 3 yilgacha — 0,15;
    • 3 yildan 5 yilgacha — 0,3;
    • 5 yildan 10 yilgacha — 0,45;
    • 10 yildan 15 yilgacha — 0,6;
    • 15 yildan 20 yilgacha — 0,75;
    • 20 yildan yuqori — 1,0 koeffitsiyentlarda har oy ustamalar to‘lanadi.
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Barcha farmatsevtika va tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lovchisiga aylanadi

    Daromadidan qatʼiy nazar, farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar QQS to‘lovchisi bo‘ladi. Bunda soliq organlari Onlayn-NKT, EHF va boshqa tashqi va ichki maʼlumotlar asosida QQS hisobotlarini avtomatik tarzda shakllantiradi.

    Tadbirkorlarga ayrim huquqbuzarliklar uchun birinchi marta ogohlantirish beriladi

    Soliq organlari xodimlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar aniqlanganda, birinchi marta ogohlantirish beriladi. Ogohlantirishdan keyin uch kun ichida soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmaganligi yoki takroran aniqlanganligi sayyor soliq tekshiruvini o‘tkazish uchun asos bo‘ladi.

    Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan byudjetga to‘langan QQSning 50 foizi qaytariladi

    2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvarga qadar chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklari tomonidan byudjetga to‘langan QQSning 50 foizi har oyning 25-sanasiga qadar qaytariladi. Bunda ishlab chiqarilgan go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxumni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olgan daromadining kamida 90 foizini tashkil etishi kerak.

    Xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish uchun grantlar ajratiladi

    Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi.

    Xususan, kamida 3 nafar xotin-qizlar, yoshlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalari bandligi hamda ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishincha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan BHMning 60 baravarigacha miqdorda grantlar ajratish belgilangan.

    Ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi

    “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga beriladi. Shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash bo‘yicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a’zolarining har biriga minimal iste’mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan oilalarga ham taqdim etiladi.

    Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati Respublika bo‘ylab joriy etiladi

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    1-apreldan kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati Respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi rejalashtirilgan. O‘zgalar parvarishiga muhtoj, o‘zi harakatlana olmaydigan, kun davomida hayotiy zarur ehtiyojlarini qila olmaydigan shaxslarga qarab berish orqali, ushbu shaxsga qarab turish bilan band bo‘lib qolgan mehnatga layoqatli oila aʼzolarini ishlash imkoniyatini yaratish. Bunda oilani farovonlik darajasini oshirishga ko‘maklashiladi.

    Ayrim qog‘oz shaklidagi ma’lumotnomalar ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi

    Quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” axborot tizimidan taqdim etiladi:

    • shaxsning nogironligini, talaba, o‘quvchi, urush qatnashchisi yoki urush qatnashchisiga tenglashtirilgan shaxs holatini tasdiqlash. Bunda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va guvohnomalar, talabalik guvohnomalari, o‘quvchilar guvohnomalari, urush qatnashchilari yoki ularga tenglashtirilgan shaxslar guvohnomalarining qog‘oz shakli ijtimoiy kartaga almashtirish orqali bekor qilinadi;
    • ogironligi bo‘lgan va imkoniyati cheklangan shaxslar uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil, temir yo‘l, havo va daryo transporti, yo‘nalishsiz taksi xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha imtiyozlar, shuningdek ushbu xizmatdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega bo‘lgan aholining boshqa toifalari uchun imtiyozlar;
    • kirish bilet operatsiyalari tizimi asosida tartibga solinadigan davlat ijtimoiy ob’yektlariga, konsert-tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarga bepul tashrif buyurish yoki qisman haq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar.

    Sport va san’at to‘garaklariga muntazam qatnashayotgan yoshlar rag‘batlantiriladi

    Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar uchun “Ijtimoiy daftarlar” jamg‘armalari orqali qo‘llab-quvvatlashning yangi instrumentlari joriy etiladi. Xususan, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan nogironligi bo‘lgan yoshlarga parasport to‘garaklariga qatnashishi uchun yo‘l haqi xarajatlarini har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda qoplab berish belgilangan.

    Bunda nogironligi bo‘lgan yoshlarning parasport to‘garaklariga qatnashishi Sport vazirligining "ERP-sport" axborot tizimi orqali monitoring qilib boriladi.

    Shuningdek, jamg‘arma hisobidan 6 oy davomida muntazam ravishda sport va san’at to‘garaklariga qatnashayotgan yoshlar uchun qiymati BHMning 10 baravaridan oshmaydigan maxsus sport forma, inventar, musiqa va cholg‘u asboblarini xarid qilish uchun mablag‘lar ajratiladi.

    “Investor kunlari” o‘tkaziladi

    Har oyda 1 ta hududda “investor kunlari” tashkil etiladi. Bunda hududdagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlari ham yo‘lga qo‘yiladi.

    Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasining ayrim funksiyalari davlat tibiyot muassasalariga o‘tkazish orqali tugatiladi

    Fuqarolarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi (TIEK) ko‘rigiga yo‘llash uchun lozim bo‘lgan amaldagi davolanish muddatlari bo‘yicha talab bekor qilinadi hamda har bir kasallikning kechishi va turidan kelib chiqib alohida belgilanadi.

    Shuningdek, TIEK tomonidan kasbga, sportga va ta’limga tavsiya berish tartibi bekor qilinadi hamda TIEKning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasining muddatini uzaytirish hamda maxsus jihozlangan transport vositasini boshqarish layoqatini belgilashga oid funksiyalari davlat tibbiyot muassasalariga o‘tkazilishi orqali tugatiladi;

    Bundan tashqari, 18 yoshdan katta shaxslarga nogironlikni belgilashda nogironlikning muddati, sababi, tibbiy reabilitatsiya tadbirlari, shuningdek, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligiga oid ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantiriladi.

    “Iqtidor maktab ansambli” resublika tanlovi o‘tkaziladi

    “Turon” maktab teatrining ijobiy tajribasi asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi.  Shuningdek, jamoalar o‘rtasida  har yili milliy va jahon musiqasi yo‘nalishlari bo‘yicha “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

    30 mart, 14:41   Izoh (0)   7550
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #nimalar o‘zgaradi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi?

    28.08.2023, 13:12

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    29.09.2023, 10:01

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    29.10.2023, 10:35

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

    29.11.2023, 11:28

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

    28.12.2023, 09:41

    1-yanvardan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

    01.01.2024, 13:45

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi? 

    27.01.2024, 16:05

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    27.02.2024, 08:56

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-apreldan nimalar o‘zgaradi?

    26.03.2024, 11:07

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-maydan nimalar o‘zgaradi?

    25.04.2024, 12:55

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

    29.05.2024, 13:25

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyuldan nimalar o‘zgaradi?

    27.06.2024, 12:10

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-avgustdan nimalar o‘zgaradi?

    31.07.2024, 13:44

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    01.09.2024, 09:00

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

    01.11.2024, 09:12

    Bosh reja tasdiqlandi: kelgusi 20 yilda Toshkent shahrida nimalar o‘zgaradi?

    27.12.2024, 12:45

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-martdan nimalar o‘zgaradi?

    1 mart, 11:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.