Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-martda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.

Unga ko‘ra:
- dollar 14,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 940,58 so‘m bo‘ldi;
- yevro 48,07 so‘mga tushib, 14 044,41 so‘m bo‘ldi;
- rubl 2,78 so‘mga pastlab, 153,22 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun pastlab, 12 926,51 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi.
O‘zbekistonda dollar kursi oshishda davom etishi ehtimoli yuqori, deyiladi ayrim prognozlarda. Xo‘sh, joriy yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak?
“Daryo”ning eksklyuziv materiallarga obuna bo‘lib, quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
Izoh (0)