• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sabab qancha xodimga chora ko‘rilgani aytildi

    O‘zbekistonda 2024-yilda ta’lim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilgani hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun 7 nafar xodim ma’muriy javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Keltirilishicha, Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisida Bola huquqlari bo‘yicha vakilning bola huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilikka davlat organlari tomonidan rioya etilishi holati haqidagi maʼruzasi ko‘rib chiqildi.

    Unda 2024-yilda Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda ombudsmanlari, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan 1064 ta murojaat kelib tushgani aytildi. 2023-yilga nisbatan solishtirganda ushbu ko‘rsatkich 2,4 baravarga oshgan.

    O‘tgan yili Bola huquqlari bo‘yicha vakil va uning kotibiyati xodimlari tomonidan bola o‘z ixtiyori bilan chiqib keta olmaydigan muassasalarga monitoring shaklidagi jami 31 ta tashrif amalga oshirilgan. Shu davrda ular 46 ta fuqarolik, jinoyat va maʼmuriy ishlar yuzasidan sudlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etilgan.

    Qayd etilishicha, Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish hamda bola huquqlari sohasidagi qonunchilikda mavjud muammolar tahlili natijasida davlat organlari va tashkilotlarga 40 ta tahliliy axborot kiritilgan hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda 3 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

    Murojaatlar tahlili va monitoring faoliyati asosida davlat organlari tomonidan bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilgani yuzasidan taʼsir choralari orqali munosabat bildirilgan. Bunda bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan jami 36 ta ogohlantirish, taqdimnoma, xulosa va sud hujjati ustidan protest keltirish to‘g‘risida iltimosnomalar kiritilgan.

    Murojaatlarni o‘rganish natijasida aniqlangan bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 14 ta jinoyat ishi hamda 18 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

    Taʼlim muassasalarida bolaga jismoniy zo‘ravonlik qilgani hamda o‘z kasbiy faoliyatiga sovuqqonlik bilan qaragani uchun 7 nafar xodim maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Bolalarga nisbatan qilgan qo‘pol xatti-harakatlari uchun 22 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan.

    Shuningdek, Internet tarmog‘i monitoringi davomida aniqlangan o‘g‘il-qizlar huquqlarining buzilishiga oid 83 ta holat mutasaddi davlat organlari bilan hamkorlikda tekshirilib, bolalarga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 15 ta jinoyat ishi hamda 9 ta maʼmuriy ish qo‘zg‘atilgan.

    Bundan tashqari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan hamkorlikda 87 ta holat yuzasidan hududlardagi bolaning ijtimoiy psixologik vaziyati baholanib, 11 nafar bolaga vasiy yoki homiy tayinlanishi taʼminlangan.

    Bola huquqlari bo‘yicha vakil nomiga murojaatlar va hamkor tashkilotlarning so‘rovlari asosida xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 52 nafar bolaning O‘zbekistonga qaytarilishiga erishilgan.

    Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 6-mart kuni davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tizimi mas’ullari bilan uchrashuvda bolalarga har qanday shaklda kuch ishlatish, ularni turli usullarda jazolab tarbiyalash aslo mumkin emasligini aytgandi. 

    Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik

    2024-yil 14-noyabrda “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandi. Qonun 2025-yil 15-maydan kuchga kiradi. Unda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha umumiy va individual chora-tadbirlar belgilab berilgan.

    Qonunda belgilanishicha, ta’lim muassasalarida intizomiy jazo choralari sifatida zo‘ravonlikning har qanday shakllarini, shu jumladan jismoniy jazolarni va boshqa shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan va bolalar o‘rtasida zo‘ravonlikning, shu jumladan ta’qib etishning (bullingning) oldini olish, shuningdek zo‘ravonlikni qo‘llash faktlari yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish bo‘yicha dasturlar va mexanizmlar joriy etiladi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish uchun mas’ul bo‘lgan shaxslar tayinlanadi.

    Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ta’lim muassasasi rahbariyati bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablarni va shart-sharoitlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasida inson huquqlari va qadr-qimmatini hurmat qilishga asoslangan, zo‘ravonlikdan xoli bo‘lgan munosabatlarni shakllantirish, xavfsiz va ijobiy psixologik muhitni tashkil etish hamda ta’minlash choralarini ko‘rishi shart.

    Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish maqsadida ta’lim muassasasi xodimlari ta’lim oluvchilar, ota-onalar, pedagogik jamoaning a’zolari bilan muloqot qilishda ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga, pedagogik odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishi, barcha ta’lim oluvchilarga teng munosabatda bo‘linishini ta’minlashi, sinfdagi psixologik muhitni baholashi va yaxshilashi, ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar o‘tkazishi hamda ota-onalarga maslahatlar berish uchun psixologlar va psixolog inspektorlar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashi shart.

    Darvoqe, O‘zbekistonda ta’lim oluvchilarga nisbatan zo‘ravonlikka moyilligi mavjud pedagog kadrlarni aniqlash va ularga psixologik yordam berish mexanizmlarini joriy etish rejalashtirilmoqda. 

    18 mart, 16:10   Izoh (0)   1687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #bola#zo‘ravonlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada o‘zbekistonlik ayolning bolasi noma’lum sharoitda vafot etdi 

    27.10.2024, 22:10

    JSST: Har yili dunyo bo‘ylab 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka uchraydi

    08.11.2024, 20:10

    O‘zbekistonda hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin

    15.11.2024, 12:35

    Bolalar ombudsmani Samarqandda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan qiz bilan uchrashdi 

    17.11.2024, 09:49

    Osvensim 2.0 yoxud “insonlar uchun qassobxona” 

    12.12.2024, 21:39

    “Uyda yolg‘iz” 35 yoshda: film aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va nima bilan band? (foto)

    31.12.2024, 09:34

    Samarqandda 19 yoshli ayol 16 yoshli qizni kaltakladi

    19.12.2024, 19:05

    Gvatemala hukumati yahudiylar sektasi tomonidan ushlab turilgan 160 nafar bolani ozod qildi

    23.12.2024, 20:10

    Surxondaryoda ayol 15 yoshli qizini doimiy tarzda kaltaklab kelgani aniqlandi

    27.12.2024, 20:37

    2024-yilda O‘zbekistonda bola manfaatlarini ta’minlash sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

    31.12.2024, 23:30

    Afsonaviy “Modern Talking” dueti xonandasi Tomas Anders hozirda qanday ko‘rinishda? (foto)

    17 mart, 12:45

    Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan ayol to‘rt farzandi bilan O‘zbekistonga qaytarildi 

    14 mart, 08:30

    Braziliyaga sayohat: ekzotika ixlosmandlarini maftun qiladigan mamlakatning o‘ziga xos jihatlari (foto)

    14 mart, 16:31

    Nima uchun yosh bolalarni ko‘chada o‘pish va quchoqlash mumkin emas? Shifokorlar ogohlantiradi

    15 mart, 12:55

    Xanna 26 yoshda: Bozordagi sotuvchi qiz qanday qilib mashhur bloger va tadbirkorga aylandi?

    15 mart, 16:50

    Avtobus ichida bog‘cha — olis hududlardagi bolalar ham maktabgacha ta’limni bepul oladi

    14 mart, 16:20

    Tarixiy isnod. BMT sudyasi o‘z uyida “qul asrab kelgani” oydinlashdi

    14 mart, 17:35

    Maydonda haqiqiy jangchi, hayotda esa kamtar va vazmin yigit – Abduqodir Husanov 

    14 mart, 18:26

    Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi

    14 mart, 22:40

    O‘zbekistonda yuqori miqdorda pensiyaga chiqish uchun nimalarga ahamiyat berish kerak? 

    15 mart, 09:45

    Hukumat belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanganda qo‘llaniladigan chegirmani oshirishga oid qonun loyihasini parlamentga kiritdi

    15 mart, 18:11

    Tramp Yamanda husiylarga qarshi harbiy harakatlarni boshladi

    16 mart, 11:30

    “Otam o‘lgach, qabristonga bog‘lanib qolganman”. 23 yildan buyon go‘rkovlik bilan shug‘ullanayotgan Hojiakbar Fozilov bilan suhbat (foto, video)

    17 mart, 18:10

    Toshkentda 15 yoshli bola 9-qavatdan tushib ketdi (video) 

    17 mart, 17:25

    Yuk mashinasi va Isuzu ishtirokidagi YTH, Abduqodir Husanovga sovg‘a qilingan “Gelik”, eksport bojlari joriy qilingan 86 turdagi tovar: 17-martning eng muhim xabar...

    17 mart, 23:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54

    “Barselona” Denzil Dyumfrisni sotib olish fikridan qaytdi

    Sport | 2 avgust, 13:30

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Kino | 2 avgust, 13:25

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Kino | 2 avgust, 12:45

    Senat poliklinikalarda ayrim tibbiy xizmatlarni pulli qilishga doir qonunni qayta ko‘rib chiqish uchun qaytardi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 12:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.