O‘FA murabbiylar kengashi yig‘ilishida U-23 terma jamoasi boshqaruviga nomzod murabbiylar muhokama qilindi. Unga ko‘ra, Ravshan Haydarov O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilgan muhokamalar davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yurtimizning eng tajribali mutaxassislaridan biri, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni egasi Ravshan Haydarov nomzodi ilgari surildi va rahbariyat tomonidan tasdiqlandi.
Haydarov boshqaruvidagi turli yoshdagi terma jamoalar ikki karra Osiyo chempioni bo‘lgan, ikki bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylangan deb qo‘shimcha qildi, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati.
Izoh (0)