• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Moliya

    Banklardagi omonatlar: ular qanchalik kafolatlangan?

    Banklarda omonatlarni saqlash aholi orasida passiv daromad topishning eng keng tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Omonatlarning saqlanishi banklar uchun ham muhim ahamiyatga ega: bu orqali bank qo‘shimcha daromad topishi, o‘z mijozlarini ko‘paytirishi mumkin. 

    Yangi qabul qilingan “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan ushbu sohada bir qator o‘zgarishlar amalga oshirildi. Kiritilayotgan yangiliklar aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchi ortishiga, omonatlar hajmi ko‘payishiga erishishga xizmat qiladimi? Markaziy bank departament direktori Sanjar Nosirov bilan ana shu mavzuda suhbatlashdik. 

    “Eski qonun bo‘yicha bank tugatilgandan keyin, ya’ni bank litsenziyasi chaqirib olingandan keyin omonatlarni qaytarish bo‘yicha ma’lum muddat bor edi. Ana shu muddat o‘tmaguncha mablag‘larni to‘lab berolmasdik. Ya’ni, o‘sha jarayonlarda to‘liq reyestr tuzish yoki boshqa bankka murojaat qilish jarayonlari o‘tgandan keyingina ikki oy va yigirma uch kundan keyin to‘lashni boshlardik. Qabul qilingan yangi qonunda bu muddatni bosqichma-bosqich yetti kunga qisqartirish normasi kiritildi.

    Ya’ni, omonatlarni to‘lash muddati bosqichma-bosqich 3 oydan 7 kunga tushiriladi. Jumladan, qonun kuchga kirgandan boshlab omonatlar 20 ish kunida, 2026-yil 1-yanvardan 15 ish kunida to‘lanadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab, agar bank bankrot bo‘ladigan va litsenziyasi chaqirib olinadigan bo‘lsa, 7 kun ichida Omonatlar kafolatlash agentligi to‘lovlarni boshlaydi”, dedi Nosirov.

    Yangi qonun bilan to‘liq kafolatlash tizimidan voz kechilib, kafolatlangan omonat miqdorining yuqori chegarasi 200 mln so‘m etib belgilandi. Ma’lumot uchun, omonatlarni to‘liq kafolatlash tizimi 108 ta davlatdan faqat O‘zbekiston, Turkmaniston va Belarusda mavjud edi. Bu miqdor Qozog‘istonda 9,7-38,6 ming dollar, Moldovada 10,7 ming dollar, Rossiyada 14,3 ming dollar, Turkiyada 24,6 ming dollarni tashkil etadi.

    Markaziy bank departament direktori Sanjar Nosirov
    Foto: “Daryo”

    “Biz kafolat miqdorini nega 200 million qilib belgiladik? Chunki bu summa bilan bank tizimidagi omonatchilarning 99,7 foizining mablag‘larini to‘liq kafolatlanadi. Qolgan 0,3 foizning 200 millionini kafolatlaymiz. 

    Biroq bu 200 million so‘mdan ko‘p qo‘yilgan omonatlar kuyadi, degani emas. Agar kimdir banklarning barqarorligiga ishonib omonat qo‘yadigan bo‘lsa, u oddiy sharoitda hech qanday yo‘qotish qilmaydi, istalgancha mablag‘ qo‘yishi mumkin.Barqaror banklarning bankrot bo‘lish ehtimoli juda past. 

    Hozirda banklarda mavjud bo‘lgan jamg‘arma omonatlariga mazkur qonun tatbiq etilmaydi, ya’ni bu shartnoma muddatining oxirigacha to‘liq kafolat mexanizmi ishlaydi. Omonatchilar umuman xavotirlanmasa ham bo‘ladi. Avval qanday 100 foiz kafolatlangan bo‘lsa, shunday qoladi”, deya ta’kidladi Markaziy bank departament direktori Sanjar Nosirov.

    20 fevral, 16:02   Izoh (0)   18275
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #bank#iqtisod#pul

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.