• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Deniel Redkliffning javobsiz muhabbati, kulgili syomka jarayonlari: “Garri Potter”da sahna ortida qolgan qiziqarli voqealar

    Yosh sehrgarlar maktabi va u yerdagi o‘quvchilarning sarguzashtlari haqidagi filmni ko‘rmagan yoki u haqda eshitmagan insonni topish mushkul. “Garri Potter” franshizasi bolalar va kattalar birdek miriqib tomosha qiladigan asarlardan biridir. Mazkur fantastik filmni yaratish uchun tasvirga olish jamoasi juda ko‘p ter to‘kkan.

    Kulgili suratga olish ishlari

    Rupert Grint va Deniel Redkliff qahramonlarini shunchaki o‘ynamasdan, balki ular bilan yashaydi. Bu esa ularga qiyinchiliklar tug‘diradi, ayniqsa, ular yosh aktyorlar bo‘lgani tufayli. Ron bilan Garri “Xogvarts Ekspress”da birga ketadigan kadrda rejissyor Kris Kolambus ularni alohida-alohida suratga olishga majbur bo‘ladi. Rupert Deniel o‘tirgan kupega yaqinlashishi bilan o‘zini kulgidan to‘xtata olmasdi, Redkliff ham unga qarab kulib yuborardi. Oxir-oqibat Kolambus avval Rupertni, keyin esa Denielni suratga oladi.

    Evanna Linch juda hayajonlanadi

    “Hikmatlar toshi”dagi ko‘plab aktyor bolalar Joan Rouling kitoblarining muxlislari edi, shuning uchun film ustida ishlayotganda ular ko‘proq hayajonlanishardi. Keyingi filmlarda yangi aktyorlar orasida muxlislar tobora kamayib, professional aktyorlar ko‘payib bordi. Biroq Evanna Linch bundan mustasno edi. Unga “Garri Potter”da ishtirok etish erishib bo‘lmaydigan orzudek tuyulgan. Biroq bu orzu Linch bir qator kastinglardan muvaffaqiyatli o‘tib, Polumna Lavgud rolini qo‘lga kiritganida amalga oshdi. Evanna xursand bo‘lish o‘rniga o‘ziga ishonchi yo‘qligidan xavotirlanadi. Linch uzoq vaqtgacha yangi sharoitga ko‘nika olmay, o‘zini suratga olish maydonchasiga kirib qolgan muxlisdek his qiladi. U o‘z hamkasblarida kumirlarni ko‘rar va ularga shunga yarasha munosabatda bo‘lardi.

    Deniel Redkliff Helena Bonem Karterni sevib qolgan

    Helena Bonem Karter qahramoni Bellatriks Lestrangning dahshatli grimida ham ko‘plab hamkasblaridan chiroyliroq ko‘rinardi. Ehtimol, shu sabab Deniel Redkliff birga ishlash davomida Helenaga oshiq bo‘lib qoladi. Baxtga qarshi, bu muhabbat bir tomonlama bo‘lib, Helena allaqachon rejissyor Tim Byorton bilan munosabatda edi.

    E’tiborlisi, aktrisa hamkasbining his-tuyg‘ularidan xabari bo‘lgan. “Garri Potter 20 yildan so‘ng: Xogvartsga qaytish” hujjatli filmini suratga olish jarayonida Karter Deniel yozgan eski xatni olib keladi. Unda Deniel aktrisaning qahvasini ushlab turishdan xursand bo‘lganini va 10 yil oldinroq tug‘ilmaganidan afsusda ekanini yozgandi.

    Jeyson Ayzeks Joan Roulingdan Lyutsiusni Azkabandan ozod qilishni so‘raydi

    Jeyson Ayzeks “Garri Potter”dagi qahramonini shunchalik yaxshi ko‘rib qoladiki, u syujetga unchalik ta’sir ko‘rsatmagani uchun so‘nggi ikkita filmda rol o‘ynamaslikka qaror qiladi. Ayzeks kitoblarni o‘qigan va Lyutsius Azkabanga olib kelinganini bilardi. Shundan so‘ng u Rouling bilan uchrashadi va Lyutsiusni Azkabandan chiqarib olishni yolvorib so‘rab, hatto tiz cho‘kadi. Jeyson Joan uning iltimosini bajarganini bilgach, u so‘nggi filmga qaytishga rozi bo‘ladi.

    Deniel Redkliffning yorqin, ammo mashaqqatli roli

    Ba’zi sahnalarini tomosha qilayotganda ko‘pchilik tomoshabinlar bu rollarning barchasini Deniel Redkliffning o‘zi ijro etganini bilishmaydi. Ya’ni u o‘zini Garriga o‘xshatayotgan Germiona, shuningdek, Ron, egizak Uizlilar va boshqalar rolini o‘ynaydi. Denielga esa oson bo‘lmaydi — suratga olish ishlari cho‘zilib ketadi, chunki har bir Garriga o‘ziga xos yondashuv kerak edi va oxir-oqibat 90 ta dubl suratga olingandan keyingina ish yakunlanadi.

    Deniel Redkliffga boshqa aktyor ovoz bergan

    “Hikmatlar toshi” filmidagi Garri Potter hamma sahnalarda Deniel Redkliff ovozida gapirmasligini hamma ham bilmaydi. Gap shundaki, suratga olish jarayoni tugashi bilan film ijodkorlari katta muammoga duch kelishadi – Denielning ovozida salbiy o‘zgarishlar boshlanadi. Natijada “Talafot” va “Doktorlar” seriallarida suratga tushgan Jo Sauerbuttsni tanlashadi. Jo turli sahnalarda, jumladan, kvidich va “Taqiqlangan o‘rmon” sahnalarida aktyorga ovoz berishiga to‘g‘ri keladi.

    Emma Uotson zinadan yiqilib tushadi

    Bir kuni nafaqat Deniel Redkliff, balki Emma Uotson ham uzoq vaqt ishlashga majbur bo‘ladi, nihoyat Ron bilan munosabatlari bilan bog‘liq burilish nuqtasidagi sahnani ijro qiladi. Germionaning  ballda paydo bo‘lishi Ronning Germionaga befarq emasligini tushunib yetishiga sabab bo‘ladi. Bu sahnaning ahamiyatini barcha tushunardi, ayniqsa, Mayk Nyuell Emma Uotsonni dubl ketidan dublga tushishga majbur qilgan. Aktrisaning o‘zi tan olganidek, Maykka har bir dublda hech bo‘lmaganda bitta detal yoqmasdi: u yo juda tez, yo juda sekin pastga tushardi, uning yuzi juda quvnoq yoki juda befarq edi. Navbatdagi dubl paytida Emma ko‘ylagiga o‘ralashib, qoqilib, pastga dumalab ketadi.



    Drako yig‘lagan, lekin bu filmga kiritilmagan

    Tom Felton va Jeyson Ayzeksning “Maxfiy hujra”dagi birinchi uchrashuvi ular birgalikda birinchi sahnani o‘ynashlari kerak bo‘lgan paytda bo‘ladi. Ushbu parchada Drako qo‘llarini qandaydir buyumga cho‘zadi, shunda Lyutsius uning qo‘liga hassasi bilan yashin tezligida uradi va hech narsaga tegmaslikni buyuradi. Biroq Ayzeks hassasining Tomni urgan joyida ikkita o‘tkir tishi borligini bilmasdi. Ko‘zlari yosh va alamga to‘la 11 yoshli Felton unga qaraydi. Jeyson darhol kechirim so‘raydi. Tom jasorat bilan bu sahna uchun yaxshi ekanini aytadi, ammo keyinchalik bu kadr kesib tashlanadi.

    18 fevral, 19:06   Izoh (0)   11768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#“Garri Potter”

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zi ishtirok etgan filmni tomosha qilishni istamaydigan Gollivud yulduzlari  

    12.01.2024, 16:20

    Muhtojlarga yordam berishni insoniyat oldidagi burchi deb biladigan mashhurlar (foto)

    25.01.2024, 12:10

    Gollivud yulduzlari ijro etishni orzu qilgan mashhur obrazlar (foto)

    09.02.2024, 15:50

    “Hayotimning ikir-chikirlarini hamma bilan bo‘lishishni tasavvur qilolmayman”. Ijtimoiy tarmoqlardan umuman foydalanmaydigan Gollivud yulduzlari

    22.02.2024, 14:50

    Olamshumul mashhurlikka erishgan, ammo keyinchalik ekranlardan g‘oyib bo‘lgan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.04.2024, 15:50

    Gollivud yulduzlarining tomoshabinlar hafsalasini pir qilgan rollari (foto)

    18.04.2024, 09:49

    “Kimdir meni tepmagan, haqorat qilmagan kun bo‘lmagan”. Maktabda sinfdoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Gollivud yulduzlari

    06.06.2024, 11:58

    Gollivud yulduzlariga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan oddiy odamlar (foto)

    02.08.2024, 13:20

    “Usta va Margarita”, “Chol va dengiz” . Gollivud aktyori Deniel Redkliffning boshqa sevimli kitoblari

    30.09.2024, 18:15

    Smartfonlardan umuman foydalanmaydigan mashhurlar (foto)

    22.10.2024, 13:35

    Mohirona ijrosi bilan Gollivudni zabt etgan koreys aktyorlari

    12.11.2024, 12:40

    Mashhur filmlardagi tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolgan muhim detallar

    18.11.2024, 11:35

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    “Gollivud Bred Pitt tomonda”: Anjelina Joli “Oskar”ga nomzodi qo‘yilmaganidan xafa bo‘ldi

    27 yanvar, 09:30

    Leonardo Di Kaprio, Tom Kruz va mashhur filmlarni suratga olish vaqtida jarohat olgan Gollivud aktyorlari

    28 yanvar, 17:42

    “Terminator”dan “Moana”gacha: Gollivud kinosanoatidagi eng shov-shuvli plagiatlar

    29 yanvar, 16:45

    Mashhur film yoki serialdagi roliga g‘ayrioddiy sabablarga ko‘ra rozi bo‘lgan Gollivud aktyorlari

    30 yanvar, 18:45

    Mashhurlik cho‘qqisiga yetganda kinoni tark etgan jahon yulduzlari 

    31 yanvar, 18:51

    Leonardo Di Kaprio haqida ko‘pchilik bilmaydigan 22 ta fakt: eng yuqori gonorari, siyosiy qarashlaridan tortib bolalikdagi qadrdon do‘stigacha

    5 fevral, 09:39

    O‘zbek dublyajining yangi istiqbollari

    6 fevral, 12:00

    Joan Roulingni otasi yoqtirmagan, Demi Mur g‘ilayligi uchun masxara qilingan: bolaligi o‘ta og‘ir o‘tgan jahon yulduzlari (foto)

    8 fevral, 13:55

    Bryus Uillisning ahvoli og‘irlashdi: aktyor tildan qolgan va oila a’zolarini taniy olmayapti

    8 fevral, 21:09

    Okean sohillarida joylashgan 10 ta jannatmonand plyaj (foto)

    13 fevral, 12:42

    Jeki Chan, Van Damm va boshqa jangari filmlar yulduzlarining qizlari qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 fevral, 13:15

    Mashhur ota-onasining yordami bilan emas, o‘z iste’dodi bilan muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    17 fevral, 17:11

    Dismorfofobiya: tasavvuridagi jismoniy nuqsonlaridan aziyat chekadigan Gollivud yulduzlari

    17 fevral, 11:40

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15

    “Tom va Jerri” 85 yoshda: bolaligimizni yodga soluvchi multfilm qanday yaratilgan?

    17 fevral, 09:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda samolyot qo‘ngach yonib ketdi

    Dunyo | 23 iyul, 08:39

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.