• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Javobgarlik og‘ir emas: haqoratlangan, kaltaklangan, obro‘sizlantirilgan o‘qituvchini qonun qanday himoya qiladi?

    Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanidagi maktablarning birida ayol kishi dars vaqtida o‘qituvchini urgani aks etgan videoni ko‘rgan bo‘lsangiz kerak, albatta. Ayol sinfda o‘qituvchiga qo‘pol muomalada bo‘lib, uning yuziga musht tushirgan va o‘ldirish bilan tahdid qilgan.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri darhol nazoratni o‘z qo‘liga oldi, ayol qilgan ishi uchun o‘qituvchi va jamoatchilikdan uzr so‘radi va aqliy zaiflik yengil darajasi bilan xastalangan deb topilib, ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi.

    O‘qituvchiga tazyiq o‘tkazish holati Sirdaryoda birinchisi emas. Masalan, 2024-yilning oktyabrida Sirdaryo tumanidagi 2-maktabda ikki o‘quvchi qiz o‘qituvchini urgandi. O‘sha yilning aprelida Farg‘onada maktab o‘qituvchisi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangandi. 2023-yilning mayida Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidagi maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchisining onasi tomonidan kaltaklangandi. Sentyabr oyida Surxondaryoda maktab direktori o‘qituvchining yaqin qarindoshlari tomonidan kaltaklangandi. Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga qilmishidan kelib chiqqan holda jazo choralari ko‘rilgan.

    Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Sariosiyo tumanidagi 28-sonli maktab direktori Umida Tursunovaning holidan xabar olish uchun tuman tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga borgan edi
    Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati

    “Daryo” o‘qituvchining ish faoliyatiga noqonuniy aralashganlik, haqorat va boshqa turda tazyiq o‘tkazganlik uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari bilan qiziqdi.

    Pedagog faoliyatiga aralashish taqiqlanadi

    Sirdaryodagi voqeadan keyin maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova bu kabi holatlar yuz berganda o‘qituvchi-pedagoglarimizni himoya qilish uchun kerakli yuridik, ijtimoiy, psixologik yordam berilishi maʼlum qildi.

    Hilola Umarova
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shuni tushunib olishimiz kerakki, maktabga duch kelgan odam (dars vaqtida hatto ota-ona ham) istaganicha kirib-chiqish, dars jarayoni va pedagoglar faoliyatiga aralashish, o‘qituvchiga do‘q qilish u yoqda tursin, madaniyat chegarasidan chetga chiqib gaplashishga haqli emas. Bunday holatlar aniqlansa vazirlik zudlik bilan huquq-tartibot idoralariga murojaat qiladi!, deydi vazir.

    Hilola Umarova o‘z chiqishida qonunchilikka muvofiq “pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi”ni alohida taʼkidlab o‘tgan.

    Vazirlik axborot xizmati rahbarining “Daryo”ga maʼlum qilishicha, o‘qituvchining kasbiy faoliyati amalga oshirilishini taʼminlashda aralashish mumkin emas. Yaʼni:

    • kasbiy faoliyatiga aralashish;
    • faoliyatini asossiz ravishda tekshirish;
    • pedagog tomonidan taʼlim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga taʼsir ko‘rsatish;
    • unga o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.

    Matbuot kotibining tushuntirishicha, pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki uning o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilish qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    Pedagogning huquqlari ham qonunda qatʼiy belgilab o‘tilgan. Yaʼni o‘z kasbiy faoliyatiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvdan himoyalanadi. Pedagogik faoliyati davomida o‘ziga biriktirilgan sinfdagi (guruhdagi, kursdagi) taʼlim oluvchilarning bilimini mustaqil baholaydi.

    Taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari (qonuniy vakillari) tomonidan pedagogning kasbiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish ham man etilgan.

    Pedagog o‘zining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida o‘z shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish uchun sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan, shuningdek o‘z huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilgan taqdirda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi, — deydi Dilfuza Sobirova.

    Milliy gvardiya qayerda edi?

    Maktabdagi tartib-nazorat Ichik ishlar vazirligidan Milliy gvardiyaga o‘tkazilganidan keyin tayinki, maktablarda bo‘layotgan noxush holatlar vaqtida “Milliy gvardiya xodimi qayerda edi” degan jamoatchilik tomonidan berilmoqda.

    Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i, polkovnik Zafar Alimovning maʼlum qilishicha, Milliy gvardiya organlari, maktabda bolalarning xavfsiz taʼlim olishini taʼminlab berishimiz kerak.

    Milliy gvardiya markaziy devoni boshqarma boshlig‘i, polkovnik Zafar Alimov
    Foto: AOKA
    Kim bo‘lishidan qatʼi nazar, maktabga sovuq yoki o‘qotar qurol, noqonuniy narsa olib kiradigan bo‘lsa, biz uning oldini olishga majburmiz va bu bizning bevosita vazifamiz hisoblanadi. Albatta, har bitta bolaning sumkasini tekshirish yoki telefonini titkilash niyatimiz yo‘q. Lekin maktab xavfsizligini taʼminlash uchun barcha choralar ko‘riladi, — deydi Zafar Alimov.

    Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov Sirdaryodagi holat yuzasidan “Daryo”ga izoh berar ekan ayni o‘sha vaqtda qorovul “tashvish” tugmasini bosgan va tezkor xodimlar yetib kelgan.

    Voqea joyiga yetib kelgan Milliy gvardiya xodimlari ayolni qo‘lga olib, ichki ishlar organlariga topshirgan.

    Har bitta maktabga “tashvish” tugmasi o‘rnatilgan. Yuqoridagi holatlarda chaqiruv tugmasi bosilsa, maxsus xodimlar tezkor ravishda yetib boradi.

    Hozirda viloyat, shahar va tuman markazlardagi maktablarga Milliy gvardiya xodimlaridan qorovul tayinlangan. Keyinchalik barcha maktablarda qorovullar gvardiya xodimi bo‘ladi, deydi Davron Jumanazarov.

    Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning mart oyida Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumanidagi maktabga qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro maktabga kirmoqchi bo‘lib janjal ko‘taradi. “Tashvish” tugmasi bosilganidan keyin maxsus xodimlar kelib uni qo‘lga olingan edi.
    Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov
    Foto: AOKA

    Gvardiya masʼulining tushuntirishicha, Milliy gvardiyaning bir nafar inspektor-psixolog xodimiga 4-5 tadan 7 tagacha maktab biriktirilgan.

    Inspektor-psixologning asosiy vazifasi — o‘quvchilar davomati. U ertalab o‘ziga biriktirilgan maktablarni aylanib chiqadi va sababsiz darsga kelmagan o‘quvchilarni aniqlaydi. Agar o‘quvchi sababsiz maktabga kelmagan bo‘lsa, mahalla yettiligiga axborot beradi, kerak bo‘lsa, uni uyigacha borib, holatni o‘rganadi.

    Albatta, maktabda sodir bo‘layotgan huquqbuzarlikni oldini olish har inspektor-psixologning ham vazifasi. Lekin hodisa sodir sodir bo‘lgan ayni o‘sha vaqtda inspektor o‘sha maktabda bo‘lmasligi mumkin.

    Baʼzi maktablarning atrofini o‘rab turuvchi devorlar to‘liq emas yoki qo‘shimcha eshiklar bor. O‘sha yerlardan ham boshqa shaxslar o‘quv muassasasiga kirib ketish holatlari uchrab turibdi. Shuning uchun, barcha maktablarning atrofi va hattoki yondosh hududlariga ham kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Bu markazlashgan bo‘ladi yaʼni Toshkent shahridan turib Respublikaning istalgan maktabini kuzatib turish tizimi yo‘lga qo‘yiladi, — deydi u.

    Milliy gvardiya organlari, shu jumladan, uning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4 moddasi bo‘yicha maʼmuriy ishlarni ko‘rish vakolati berilgan:

    • bolalarni tarbiyalash va taʼlim berish borasida majburiyatlarini bajarmaslik;
    • jamoat joylarida sigaret chekish;
    • jamoat joylarida alkogol mahsulotlarini isteʼmol qilish;
    • voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish bo‘yicha maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash.

    Javobgarlik og‘ir emas

    Advokat Abdumalik Abdullayevning tushuntirishicha, o‘qituvchining faoliyatga aralashish yoki unga to‘sqinlik qilish, haqoratlash, kuch ishlatish bo‘yicha voqelikka qarab javobgarlik belgilanadi.

    Abdumalik Abdullayev
    Foto: Shaxsiy arxiv

    Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 197 prim 5-moddasida taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki o‘z xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun javobgarlik ko‘rsatib o‘tilgan.

    Taʼlim tashkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga taʼlim oluvchilarning bilimini to‘g‘ri va xolis baholashiga taʼsir ko‘rsatish bilan ifodalangan tarzda qonunga xilof ravishda aralashish yoki taʼlim tashkiloti pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilganlik uchun:

    fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln 875 ming so‘mdan 2 mln 625 ming so‘mgacha);

    mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (2 mln 625 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha) jarima qo‘llaniladi.

    Shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:

    fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (2 mln 625 ming so‘mdan 3 mln 750 ming so‘mgacha);

    mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (3 mln 750 ming so‘mdan 5 mln 625 ming so‘mgacha) jarima qo‘llanishi mumkin.

    Advokatning taʼkidlashicha, agarda pedagog o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda uni kimdir haqorat qilsa, huquqbuzar Jinoyat kodeksining 140-moddasining uchinchi qismi “a” bandi bilan ayblanishi mumkin.

    Bunda BHMning to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha (150 mln so‘m dan 225 mln so‘mgacha) miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.

    Huquqshunos Abdumalik Abdullayev amaliyotda o‘qituvchiga tazyiq va zo‘ravonliklar maktab binosida, o‘qituvchi va o‘quvchilar oldida ro‘y berishini aytib o‘tdi.

    Bu Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etilgan deb baholanadi, — deydi u.

    Bezorilik, yaʼni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o‘zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish ancha zarar yetkazish bilan bog‘liq holda sodir etilsa — bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

    Alohida taʼkidlash kerakki, pedagog buzilgan huquqlari yuzasidan moddiy va maʼnaviy zarar undirish uchun fuqarolik sudlariga ham murojaat qilishga haqli.

    17 fevral, 18:16   Izoh (0)   7536
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Haqoratlangan#kaltaklangan#obroʻsizlantirilgan#oʻqituvchi#pedagog#muallim

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Mashina boshqarish ayollar ishi emas”mi? Ayol haydovchilarga nisbatan biryoqlama fikrlar, noxolis qarashlar har doim ham haqiqat bo‘lavermaydi

    09.12.2021, 19:56

    Ko‘p marta ko‘rgan bo‘lsangiz ham, sevimli filmlaringizdagi siz e’tibor bermagan holatlar (foto)

    21.04.2022, 13:57

    Rol uchun 4 marta semirib, ozgan hamda sun’iy soch taqishini yashirmaydi: Gollivud yulduzlari haqidagi fikringizni o‘zgartirib yuboradigan ma’lumotlar

    28.04.2022, 15:43

    “Sevimli” telekanali jurnalistlari IIO xodimlari tomonidan kaltaklandi. IIV mas’uli holatga munosabat bildirdi

    13.06.2022, 09:51

    Unashtirilgan qizining singlisiga uylangan Lev Tolstoy, yadroviy qurolni taqiqlashni talab qilib Oq uy qarshisida ochlik e’lon qilgan olim va Finlyandiyadagi kolle...

    23.09.2022, 09:32

    Qashshoq oilada tug‘ilgan bo‘lsa ham, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishni uddalagan Gollivud yulduzlari (foto)

    08.02.2023, 09:56

    Haqoratlangan “Real Madrid” futbolchisi, jodugar tasviri tushirilgan svetofor, vulqon sabab kechiktirilgan parvozlar — 24-may suratlari

    24.05.2023, 22:32

    Ramzan Qodirov o‘g‘li Qur’on yoqqan yigitni urganiga bilvosita munosabat bildirdi 

    17.08.2023, 17:25

    Amerika universitetlarida Falastin tarafdorlari namoyishlari: Nyu-Yorkda 133 kishi hibsga olindi

    24.04.2024, 13:59

    “Kimdir meni tepmagan, haqorat qilmagan kun bo‘lmagan”. Maktabda sinfdoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Gollivud yulduzlari

    06.06.2024, 11:58

    Vinisius “Barsa”ga qarshi o‘yindagi irqchilik haqida: “Bundaylarga jamiyatimizda o‘rin yo‘q” 

    28.10.2024, 15:25

    Kianu Rivz Gollivuddagi eng mehribon va kamtar aktyor ekanini isbotlovchi holatlar

    15 fevral, 10:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.