“Arsenal” hujumchisi Kay Haverts mashg‘ulotlarda jarohat oldi.
![](/static/2025/02/12/gettyimages-2197289149-2048x2048-IOAt0wfh.jpg)
Futbolchi mavsum so‘nggiga qadar maydonga qaytmasligi maʼlum bo‘ldi. Haverts bilan hozircha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi maʼlum emas.
Hujumchi kelasi mavsumdan boshlab o‘yinlarda ishtirok eta oladi.
Maʼlumot uchun, germaniyalik hujumchi joriy mavsumda “to‘pchilar” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Izoh (0)