O‘zbekiston milliy terma jamoasining Qirg‘izistonga qarshi uchrashuv vaqti o‘zgardi. Dastlab 18:45 ga belgilangan uchrashuv 21:15 ga ko‘chirildi. Bu haqda “O‘FA” matbuot xizmati xabar berdi.
“O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha OFKga so‘rov yubordi. So‘rov qanoatlantirilib, o‘yin 20-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga ko‘chirildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 6 turdan so‘ng 13 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 16 ochko jamg‘argan Eron — yetakchi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 25-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv vaqti va joyi hozircha aniq emas.
Izoh (0)