• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Malayziya dronlar ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

    O‘zbekiston va Malayziya aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va dronlar ishlab chiqarishda amaliy hamkorlik qilishga kelishdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Qayd etilishicha, hozirgi kunda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida bir nechta yo‘nalishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi masʼullari, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hamda tuman rahbarlari va klasterlardan iborat delegatsiya Malayziyada xizmat safari bilan bordi.

    Tashrif davomida aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va dronlar ishlab chiqarish, sholichilik, baliqchilik, kauchuk yetishtirish, meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik ishlarini boshlashga kelishib olindi.

    Xususan, Meraque kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

    Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligining Baliqchilik departamenti hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi hamkorligida O‘zbekistonda Malayziyaning yangi texnologiyalari asosida intensiv baliqchilik, bioflok va krivetka yetishtirish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Malayziya Qishloq xo‘jaligi marketing agentligi bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.

    Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishga qiziqish bildirayotgani haqida 2023-yilning aprelida ma’lum qilingandi. 2024-sentyabrida Malayziyaning yetakchi robototexnika yetkazib beruvchisi Meraque Group kompaniyasi va O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangandi.

    Ushbu kompaniya kelgusi uch yil ichida O‘zbekistonda mingta ish o‘rni yaratadigan va 100 ming gektar qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish uchun 20 million Malayziya ringgiti sarmoya kiritmoqchi. Kompaniya, shuningdek, mintaqadagi texnologik takomillashtirish uchun qo‘shimcha 30 million ringgit yig‘moqchi.

    2018-yilda tashkil topgan Meraque kompaniyasi keng turdagi dronlar va ular uchun dasturiy taʼminot ishlab chiqarish, robototexnikaga ixtisoslashgan. Kompaniya Vyetnam, Kambodja, Filippin, Laos va Pokistonda faoliyat yuritadi. 

    Shavkat Mirziyoyevning uchuvchisiz parvoz qiluvchi zamonaviy qurilmalar — dronlar qishloq xo‘jaligida muhim ahamiyatga egaligini aytgandi.

    “Agar sohaning ertangi kunini o‘ylasak, bunday zamonaviy tizimga tezroq o‘tishimiz kerak. Dronlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, bu borada qo‘shma korxona tuzish va kadrlar tarbiyalash masalasiga alohida e’tibor qaratish lozim”, degan edi davlat rahbari. 

    O‘zbekistonda 2021-yilning noyabridan boshlab qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar uchun mo‘ljallangan, maksimal uchish og‘irligi 100 kilogrammgacha (boshqa maqsadlarda 25 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan) uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat etilgan. Ularni olib kirish va foydalanish uchun ruxsat olishning ancha murakkab tartibi tufayli qishloq xo‘jaligida agrodronlardan foydalanish keng tarqalmagan.

    Qishloq xo‘jaligida dronlardan foydalanish 

    Qishloq xo‘jaligi uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishning eng samarali yo‘nalishlaridan biri hisoblanib (ekinlar holatini kuzatib borish, pestitsidlarni purkash, tuproq holatini, sug‘orish darajasini tahlil qilish, kasalliklarni aniqlash va h.k.) 2023-yilda jahon uchuvchisiz uchish qurilmalar bozorining 28 foizini tashkil qilgan. Fact.MR tahliliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2033-yilga borib qishloq xo‘jaligi dronlari bozori 4 barobar kengayadi va 14 milliard dollarga yetadi.

    Yaponiyada deyarli 5 million gektar ekin maydoni mavjud. Bugungi kunda ekin maydonlarining 20 foizdan ortig‘ida o‘simliklarni himoya qilish, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi kurashda dronlardan foydalanilmoqda. Polsha Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq ishlari vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra, dronlardan foydalanish tarmoq unumdorligini 5 foizgacha oshirishi va har yili iqtisodiy qiymatning 2,5 milliard yevroga qo‘shimcha oshishiga olib kelishi mumkin. Xitoyda 200 mingdan ortiq uchuvchisiz uchish qurilmalaridan 14,5 mln gektarga yaqin ekin maydonlarini ishlov berish uchun foydalaniladi.

    6 fevral, 12:31   Izoh (0)   3090
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qishloq xo‘jaligi#dronlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev: Dron ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga e’tibor qaratish lozim

    22.07.2017, 19:10

    O‘zbekistonda Yerlar degradatsiyasi jarayonlari bilan kurashish masalalari bo‘yicha departament tashkil etiladi

    11.06.2022, 03:38

    Malayziya kompaniyalari O‘zbekistonda dronlar ishlab chiqarishga qiziqish bildirmoqda

    13.04.2023, 10:25

    O‘zbekistonga Yaponiyadan obyektlarni masofadan o‘rganuvchi dronlar olib kelinadi

    30.08.2023, 15:10

    Malayziya kompaniyasi O‘zbekistonda dronlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirmoqchi 

    19.09.2024, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini aytdi

    20.12.2024, 17:03

    Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Malayziyaga boradi

    2 fevral, 09:07

    O‘zbekiston prezidenti Malayziyaga jo‘nab ketdi

    4 fevral, 10:39

    Petronas egizak minoralari O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkandi (foto, video)

    4 fevral, 18:38

    O‘zbekiston—Malayziya sherikligini innovatsion rivojlantirish davrini boshlashga kelishildi

    5 fevral, 11:49

    “Maqsadimiz — munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish” — Shavkat Mirziyoyev

    5 fevral, 16:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.