Alisher Xidirov 4-fevraldan Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
U hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.
Ushbu tayinlovga qadar Alisher Xidirov “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati marketing va servis xizmatlari bo‘yicha direktori vazifasida faoliyat olib borgan.
2025-yil 16-yanvar kuni prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etilgandi. Bunga hududida investitsiyalarni jalb qilish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sabab bo‘ldi.
Uning o‘rniga 2018-yil iyuldan buyon Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Izoh (0)