“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski XXI asrda La Ligada 60 golni eng tez urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Bu haqda Opta xabar bermoqda.
2-fevral kuni Ispaniya chempionatining 22-turida “Barselona” va “Alaves” jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golga polshalik Levandovski mualliflik qildi. Unda kamroq uchrashuvda 60 ta gol urgan faqat ikki futbolchi bor: Luis Suares (66 o‘yin) va Krishtianu Ronaldu (61 o‘yin).
Ma’lumot uchun, joriy La Liga mavsumida Levandovski 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Shuningdek, u turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.
“Barselona” esa turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 14 ta g‘alaba, 3 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat qayd etgan Kataloniya klubi 45 ochko to‘plagan. 22 uchrashuvdan so‘ng 48 ochko to‘plagan “Real” La Liga turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Izoh (0)