“O‘zgidromet” 3-5-fevral kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, kelgusi haftada yurtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3-4 fevralda 3-8 daraja iliq, 5 fevralda 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-4-fevralda 3-8 daraja iliq, 5-fevralda 5-10 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Harorat 3-4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Harorat 3-4-fevralda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq, 5-fevralda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari
Harorat 3-fevralda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, 4-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11daraja iliq, 5-fevralda kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)