• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12917.1
    • RUB160.14
    • EUR14460.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda kredit rasmiylashtirishga oid firibgarliklar bir yilda 42 foizga oshdi

    O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan, deb xabar bermoqda ombudsman matbuot xizmati.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda ombudsmanga fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bog‘liq. 2023-yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu raqam 42 foizga oshgan.

    Murojaatlarning 60 foizida o‘zini Click kompaniyasi yoki Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda onlayn kreditlar rasmiylashtirgan. Ayrim holatlarda esa bir shaxs nomiga 5-6 ta tijorat banklaridan kreditlar rasmiylashtirilgan.

    Ushbu murojaatlar yuzasidan Ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan tijorat banklariga ushbu fuqarolar kredit mablag‘laridan o‘zlari foydalanmaganligi hamda fuqaroviy da’vogar deb topilgani, shuningdek, aybdor shaxslar topilguniga qadar kredit qarzdorligi hamda unga foizlar hisoblashni to‘xtatib turish yuzasidan topshiriqlar yuborilgan.

    Jinoyat protsessual kodeksining 36-moddasida tergovchining o‘z yurituvidagi ish bo‘yicha qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va qarorlari barcha korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy ekani belgilangan. Lekin, shunga qaramay banklar tomonidan firibgarlik natijasida aldangan fuqarolardan kreditni to‘lash talab qilib kelinmoqda.

    Ombudsman tomonidan ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar bo‘yicha fuqarolar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 5 ta da’vo arizalari kiritilib, banklar bilan tuzilgan kredit shartnomalari haqiqiy emas deb topilgan. 1 nafar fuqaro nomiga olingan kredit mablag‘lari uning foydasiga qaytarilib, ma’naviy zarar undirilishiga erishilgan.

    Qayd etilishicha, mazkur sohadagi muammolar bilan bog‘liq murojaatlarning o‘sishini asosan aholining ehtiyotsizligi, axborot xavfsizligi va iqtisodiy bilimlarining yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.

    “Bir narsani yodda tutish zarurki, axborot texnologiyalar rivojlangan sari, yangidan yangi aldov va firib berish usullari ham o‘ylab topilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

    Shuningdek, firibgarlik holatlaridan saqlanish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilishni tavsiya etdi:

    • pasport ma’lumotlari, bank kartalari raqami va PIN kod kabi shaxsiy ma’lumotlarni hech kimga oshkor qilmang;
    • shaxsiy ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqlarda yoki noma’lum shaxslarga yuborishdan saqlaning;
    • telefonga kelgan tasdiqlov kodlari, parollar yoki bank ilovalariga kirish ma’lumotlarini hech kimga aytmang;
    • ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron pochta orqali kelgan notanish fayllar, hujjatlar yoki havolalarni yuklab olmang (ular virus yoki zararli dastur bo‘lishi mumkin);
    • notanish raqamlar, xususan, chet el raqamlaridan kelgan qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlarga javob bermang;
    • agar kimdir o‘zini bank xodimi yoki boshqa tashkilot vakili sifatida tanishtirsa, ularning shaxsini tasdiqlash uchun rasmiy kanallar orqali ma’lumot oling;
    • ogoh va ehtiyotkor bo‘ling.

    O‘zbekistonda firibgarlar tomonidan fuqarolar nomiga onlayn kredit olish jinoyati ko‘paygani sabab 2024-yil 1-noyabrdan 2025-yil 1-aprelgacha banklarda onlayn kredit ajratish bo‘yicha vaqtinchalik tartib yo‘lga qo‘yilgandi. Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 milliard so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

    Markaziy bank tomonidan bir jismoniy shaxsga emissiya qilinadigan kartalar sonini bitta bankda 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha cheklash bo‘yicha vaqtinchalik tartib ishlab chiqilgan. 

    29 yanvar, 10:09   Izoh (0)   3858
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kredit#firibgarlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Telefonga kelgan bir martalik kodlarni hech qanday shaxslarga aytmang”. O‘zbekiston Markaziy banki fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

    24.04.2021, 15:36

    Markaziy bank keng tarqalgan onlayn firibgarlik sxemasi haqida ogohlantirdi

    25.05.2022, 13:52

    Kartadagi pulni firibgarlardan qanday himoya qilsa bo’ladi? — Markaziy bank

    07.06.2022, 16:52

    Markaziy bank karta tranzaksiyalari bo‘yicha fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirdi

    12.04.2023, 12:44

    O‘zbekistonda shubhali operatsiyalar sodir etilganda bank kartalaridan foydalanish 3 kungacha cheklanishi mumkin

    01.12.2023, 16:22

    Uchtepada 2,5 ming dollarga kredit, Bog‘otda esa savdo do‘koni: firibgarlik holatlari aniqlandi

    14.10.2024, 16:25

    “Daryo” dayjesti: 14-oktyabrning eng muhim xabarlari  

    14.10.2024, 22:41

    Toshkentda yangi avtomobil ixlosmandlari taxminan 100 mlrd so‘mga chuv tushdi. Ular mas’ullardan najot kutmoqda

    14.10.2024, 23:30

    Toshkentda 3 ming dollar evaziga bankdan 100 ming dollar kredit olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

    16.10.2024, 18:39

    Sergelida uy uchun kredit olib berish evaziga 61 ming dollar olgan ikki nafar shaxs ushlandi

    18.10.2024, 17:28

    Andijonda o‘zganing nomiga 21,5 mln so‘m onlayn kredit rasmiylashtirgan shaxs ushlandi 

    18.10.2024, 22:20

    Toshkent viloyatida MIB xodimi 3 ming dollar pora olayotganida ushlandi

    05.11.2024, 21:28

    Buxoroda 16 yoshli bola o‘zgalar nomiga kredit olib, onlayn qimorga tikib yubordi

    10.11.2024, 14:54

    TikTok’da o‘zini saraton va jigar sirroziga chalingan bemor qilib ko‘rsatib, xayriya pullarini “yeb kelgan” ayolga hukm o‘qildi

    12.11.2024, 12:10

    O‘zbekistonda fuqarolarga beriladigan plastik kartalar sonini cheklash rejalashtirilmoqda

    29.11.2024, 14:38

    Ikki hududda kredit ajratilishiga yordam berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

    30.11.2024, 21:20

    O‘zbekistonda kreditlar bilan bog‘liq firibgarliklarning oldini olish uchun yangi yechim taklif qilinmoqda

    12.12.2024, 10:30

    Virtual “valyutchik”: Buxoroda 17 yoshli o‘smir katta miqdordagi pulni kriptovalyutadan o‘zi ishlab topmagan bo‘lib chiqdi

    19.12.2024, 15:05

    O‘zbekistonda o‘ziga kredit ajratilishini taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun qabul qilindi

    16 yanvar, 09:16

    Chetga ishlashga ketgan fuqarolar ham O‘zbekistonda ipoteka olishi mumkin bo‘ladi

    23 yanvar, 16:41

    Bank xodimasining firibgarligi bo‘yicha material tayyorlagan MY5 kanali muxbiriga nisbatan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi

    24 yanvar, 00:05

    O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi oshdi

    24 yanvar, 18:12

    O‘zbekistonda muammoli kreditlar miqdori 21,1 trln so‘mga yetdi – Markaziy bank

    24 yanvar, 22:42

    Surxondaryoda fuqaroga kredit olib berish evaziga 4,5 mln so‘m olgan hokim yordamchisi ushlandi

    26 yanvar, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Jahon banki O‘zbekistonda elektr taʼminotini yaxshilash uchun 100 mln dollar ajratdi


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy Rossiya urushni tugatish uchun “noreal” shartlar qo‘yayotganini aytdi

    Dunyo | 18 may, 23:55

    Rossiyadagi koloniyadan tunnel qazib qochgan 5 nafar o‘zbekistonlikka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 18 may, 23:25

    Superliga. “Paxtakor” yirik hisobda g‘alaba qozondi

    Sport | 18 may, 23:15

    Dunyoda 300 mln odam ochlikdan o‘lishi mumkin

    Dunyo | 18 may, 23:00

    Superliga. “Xorazm” “Mash’al”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 18 may, 22:18

    Video: 105 yashar otaxonni haj safariga kuzatayotgan Namangan hokimi

    O‘zbekiston | 18 may, 22:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.