Oliy Majlis Senatining 25-yanvardagi yalpi majlisida Oliy sud tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.
Parlament yuqori palatasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu masala yuzasidan qabul qilingan qarorga asosan Novruz Rahmanov, Abdunosir Igamberdiyev, Zoir Rustamov, Abduvoxid Kasimov va Xasan Egamberdiyev Oliy sudning sudyasi lavozimidan ozod etildi.
Sudyalar oliy kengashining xabar berishicha, prezidentning 2025-yil 23-yanvardagi farmoyishi bilan:
Abduraxman Safayev yozma arizasiga asosan Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan, Jamshid Xomidov yozma arizasiga asosan Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, shu kungi farmoyishiga muvofiq:
Novruz Rahmanov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Toshkent viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Sardor Jo‘raboyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Abdunosir Igamberdiyev — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga;
Zoir Rustamov — sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyat sudi raisining o‘rinbosari — iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlandi.
Izoh (0)