• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Kevin Kostner 70 yoshda: Gollivudning mashhur “tansoqchisi” qanday sabab bilan Putinning mehmoni bo‘lgan?

    2025-yilning 18-yanvar kuni amerikalik aktyor va rejissyor Kevin Kostner 70 yoshga to‘ldi. Uning kinodagi karyerasi 80-yillar boshida boshlangan. Bu vaqt ichida u ko‘p e’tiroflarga sazovor bo‘ldi va bir qancha mukofotlar, jumladan, ikkita “Oskar”ga loyiq ko‘rildi. 

    Tarjimayi holi

    Kevin Kostner 1955-yil Kaliforniyaning Linvud shahrida o‘rtahol oilada tug‘ilgan. Bolaligidanoq maktab tadbirlarida faol qatnashib, san’at va sportga qiziqqan. Kevin universitetda marketing va moliya bo‘yicha tahsil olgan, ammo aktyor Richard Byorton bilan uchrashuv uning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi, shundan so‘ng u o‘zini kinoga bag‘ishlashga qaror qildi.
    Kevin Kostner o‘zining noyob aktyorlik iste’dodi va xarizmasi tufayli tezda mashhur bo‘ldi. Uning ishtirokidagi filmlar bir necha bor kassada muvaffaqiyat qozongan va tanqidchilarning yuqori baholariga sazovor bo‘lgan.

    Aktyorlik karyerasi

    Foto: Getty Images

    Kevin Kostner aktyorlik faoliyatini rejissyor Lourens Kasdanning “Silverado” filmidagi roliga qadar unchalik ko‘zga tashlanmaydigan rollar bilan boshlagan. Ko‘p o‘tmay, u Gollivudning eng talabgir aktyorlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, 1991-yil Kostner “Robin Gud: o‘g‘rilar shahzodasi”, keyin esa “Tansoqchi” filmida rol o‘ynagan va bu unga olamshumul shon-shuhrat keltirgan.

    “Tansoqchi”dagi muvaffaqiyatidan so‘ng, u kinodagi faoliyatini davom ettirdi, “Mukammal dunyo” va “Suvda qalqqan armonlar” kabi filmlarda rol o‘ynadi. “Suv dunyosi” muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, aktyor qiziqarli rollarni izlash va topishdan to‘xtamadi, bu uning “Qotillik uchun 3 kun” va “Enso ko‘zi bilan aqlbovar qilmaydigan dunyo” filmlaridagi ishtiroki buning isbotidir.

    Rejissyorlik faoliyati

    Foto: Getty Images

    Kevin Kostner aktyorlik shon-shuhratining cho‘qqisiga chiqqach, shu bilan to‘xtab qolmadi va o‘zining uzoq yillik orzusi — rejissyor bo‘lishga qaror qildi. Uning debyut filmi “Bo‘rilar bilan raqs” 1990-yilda nafaqat kino olamini portlatibgina qolmay, balki unga kutilmagan muvaffaqiyat keltirdi va yetti marta “Oskar”ga sazovor bo‘ldi. Bu g‘alaba uni birinchi kartinasi bilan bunday nufuzli mukofotni qo‘lga kirita olgan kam sonli debyutant rejissyorlardan biriga aylantirdi.

    Shaxsiy hayoti

    Foto: Getty Images

    1990-yillar boshlarida, shon-shuhrat cho‘qqisida, Kostner 16 yil mobayida turmush qurgan birinchi xotini Sindi Silva bilan ajrashdi. Ularning uch farzandi bor edi. Bu davr aktyor uchun karyerasidagi jiddiy tanazzul davri bo‘ldi.

    Sindi bilan ajrashgandan so‘ng, 1996-yilda Kostner aktrisa Brijit Runidan nikohsiz Liam ismli o‘g‘il ko‘rdi. Farzandi borligiga qaramay, er-xotin birga yashashmadi. U 2004-yilda Kristin Baumgartner bilan uchrasha boshladi. Er-xotin uch bolani tarbiyalab, Gollivudning eng kuchli juftliklaridan biri bo‘lishdi.

    Biroq 2023-yil may oyida Kevin va Kristin 18 yillik nikohdan keyin ajrashgani ma’lum bo‘ldi. Kristin ajrashishning sababi sifatida “murosasiz kelishmovchiliklar”ni ko‘rsatdi. O‘sha yilning sentyabr oyida ajrim jarayoni yakunlandi.

    Putin bilan uchrashuvi

    2014-yilda Kevin Kostner intervyularidan birida Rossiya haqidagi fikrlari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Musiqiy guruhi bilan gastrol doirasida Rossiyaga tashrif buyurgan Kostner ushbu mamlakat unga yoqqanini aytgan. Rejissyorning ta’kidlashicha, Moskva va Sankt-Peterburg kabi yirik shaharlardagi chiqishlari aktyorning yuragida chuqur iz qoldirgan.

    Kostner, shuningdek, Vladimir Putinning uyida mehmon bo‘lganini ham eslatib, lekin oddiy odamlar bilan muloqot qilish uning uchun muhim ekanini ta’kidlaydi. 

    “Men uchun oddiy odamlar bilan birga bo‘lish muhimroq ekanini his qildim”, deydi u.

    Siyosiy tanqidlar

    Amerikaning The Variety nashriga bergan intervyusida Kevin Kostner Qo‘shma Shtatlardagi siyosiy tizimning hozirgi holatidan xavotir bildirdi. U siyosiy manzara o‘zi uchun tanib bo‘lmas holga kelganini aytib, mamlakatdagi vaziyatdan qayg‘uda ekanini bildirdi. Aktyorning ta’kidlashicha, tanqidlarga qaramay, Amerika g‘oyasi hali ham ko‘plab muhojirlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

    22 yanvar, 10:50   Izoh (0)   3629
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    22 yil yozilgan ssenariy: juda uzoq suratga olingan filmlar 10 taligi 

    10.07.2024, 17:20

    Top-10 talikda atigi ikki ayol: Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar gonorari ma’lum qilindi

    31.07.2024, 13:25

    Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida Betmenning yulduzi o‘rnatiladi

    18.09.2024, 18:05

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    Eng ko‘p “o‘ladigan” aktyor: mashhur filmlardagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan g‘ayrioddiy holatlar

    03.10.2024, 15:40

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    Taniqli aktyorlarning farzandlari suratga tushgan 10 ta film (treyler) 

    13.12.2024, 13:35

    Geymer bo‘lish shart emas: videoo‘yinlar asosida suratga olingan Gollivud filmlari

    16.12.2024, 19:25

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Bolaligidayoq mashhurlikka erishgan, ammo uni saqlab qololmagan Gollivud aktyorlari (foto)

    12 yanvar, 18:30

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    “Sumerki” filmi yulduzi Robert Pattinson to‘yini Karib orollarida o‘tkazdi

    9 yanvar, 16:50

    2024-yilda eng ko‘p daromad keltirgan filmlar top 15 taligi

    13 yanvar, 09:41

    Bayden yong‘inlar tufayli so‘nggi xorijiy safarini bekor qildi 

    9 yanvar, 18:40

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Peris Hilton, Mel Gibson va boshqa ko'plab yulduzlar Kaliforniyadagi kuchli yong‘inlar tufayli uylaridan ayrildi

    11 yanvar, 18:05

    Los Anjelesdagi yong‘in boy-u kambag‘alni birlashtirdi: Sheron Stoun yuk mashinalarida oziq-ovqat tarqatdi, Jeymi Li Kertis 1 million dollar xayriya qildi (foto)

    13 yanvar, 15:40

    Fransiyalik ayol soxta Bred Pitt uchun eri bilan ajrashdi va 850 ming dollar pulini yo‘qotdi

    15 yanvar, 12:48

    Los Anjelesdagi yong‘in qurbonlariga Leonardo Di Kaprio 1 million dollar xayriya qildi, Jennifer Lopes esa kiyim-kechaklar tarqatdi

    17 yanvar, 15:45

    Aktyor Timoti Shalame film taqdimotiga velosipedda kelgani uchun jarimaga tortildi

    20 yanvar, 19:11

    “Hozir yuragim bo‘m-bo‘sh”. Yulduz Rajabova Emre Kiviljim bilan munosabatlari va Gollivud filmidagi roli haqida so‘zlab berdi 

    21 yanvar, 14:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda 115 yoshli otaxonning bir asrlik orzusi amalga oshdi (video)

    O‘zbekiston | 10 may, 18:09

    O‘zbekistonda “davlat ishi”dagilarga aprelning ikkinchi yarmi uchun qancha maosh to‘langani aytildi

    O‘zbekiston | 10 may, 18:05

    iPhone smartfonlari 10 yil ichida odamlarga keraksiz bo‘lib qolishi mumkin

    Texnologiyalar | 10 may, 17:40

    “Byudjet pulidan o‘qitilgan 74 ming kishi ish bilan taʼminlanmagan”. Deputat Bandlik vazirligi samarasiz ishlayotganini aytdi

    O‘zbekiston | 10 may, 17:18

    O‘zbekistonda yakshanba kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘adi?

    O‘zbekiston | 10 may, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.