• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp Grenlandiyani o‘zlashtirish maqsadini e’lon qildi. Orol AQSH uchun nega bunchalik muhim?

    Donald Trampning Grenlandiya borasidagi bayonotlari diplomatik mojaro keltirib chiqardi. AQSHning saylangan prezidenti orol “Qo‘shma Shtatlar milliy xavfsizligi uchun muhimligini” ta’kidlab, uni nazoratga olish zarurligini aytdi. 

    Bunga javoban, orolni 1721-yildan beri boshqarib kelayotgan Daniya o‘z gerbini o‘zgartirib, Grenlandiya va Farer orollari ramzlari — oq ayiq va qo‘chqor tasvirlarini markaziy o‘ringa chiqardi. Bu mazkur ikki hududning Daniya uchun ahamiyatini urg‘ulash maqsadida amalga oshirilgan deb ishonilmoqda.

    • Hudud haqida qisqacha
    • AQShning Grenlandiyani qo‘shib olishga tarixdagi urinishlari haqida
    • Tramp Grenlandiyani qo‘shib olish fikrini ilgari surdi
    • Urunishlarga siyosatchilar fikri
    • Bunga xalqaro hamjamiyat munosabati
    • Grenlandiyaliklar qanday fikrda?

     

    U qanday hudud?    

    Grenlandiya Shimoliy Muz okeanida joylashgan dunyodagi eng yirik orol bo‘lib, tarixi va huquqiy maqomi bilan bog‘liq ayrim murakkabliklar bor. Tadqiqotlarga ko‘ra, u yerda miloddan avvalgi 2500-yillardan boshlab eskimoslar (inuitlar) yashay boshlagan. Ular mazkur hududga o‘zlari bilan arktik madaniyatni olib kelgan.

    IX asr oxiri va X asr boshidan orolga vikinglar qadami yetdi. Viking tadqiqotchisi Erik Qizil (Erik Thorvaldsson) tomonidan tashkil etilgan koloniyalar Grenlandiyada XIV asrgacha mavjud bo‘ldi.

    Xvalseydagi qadimiy Viking cherkovi qoldiqlari.
    Foto: Siril Jazbek

    1721-yilga kelib Grenlandiya Daniyaning mustamlakasiga aylandi. Garchan orol 1953-yili qirollik tarkibiga to‘liq integratsiya qilingan bo‘lsa-da, u keng avtonom huquqlarga ega. 1979-yili Grenlandiya o‘zining tabiiy resurslarini boshqarish va ayrim xalqaro munosabatlarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Qolaversa, mahalliy aholi o‘zining parlamenti (Inatsisartut) va hukumatiga (Naalakkersuisut) ham ega. 

    Grenlandiya parlamenti 31 nafar deputat o‘rniga ega.
    Foto:Parliament of Greenland

    Shunga qaramay, Grenlandiyaning Daniyaga bog‘liqligi yuqori. Bu ayniqsa xavfsizlik, tashqi ishlar, sud tizimi va iqtisodiy masalalarda ko‘zga yaqqol tashlanadi. Orol yalpi ichki mahsulotining beshdan bir qismini Daniya tomonidan berilgan subsidiyalar tashkil etishi bunga ko‘plab misollardan biridir.

    AQShning urinishlari: bu yangilik emas.

    Donald Tramp “Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyani nazorat qilishi kerakligi” haqida o‘zining birinchi prezidentlik muddatida ham aytib o‘tgan edi. U 2019-yili orolni sotib olish istagini bildirgan. Biroq Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bu taklifni “bema’nilik” deb baholab,  Grenlandiya suvereniteti masalasida hech qanday muhokama bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi. Ikki o‘rtadagi mojaro Oq uy rahbarining Daniyaga davlat tashrifi bekor qilinishiga sabab bo‘ldi.

    AQShning Grenlandiyani o‘zlashtirishga bundan ancha oldin ham urinib ko‘rgan. Jumladan 1946-yili prezident Garri Trumen orolni Daniyadan sotib olish taklifini kiritdi. Bu taklif doirasida AQSh Grenlandiya uchun 100 million dollar (hozirgi qiymatda 1,5 milliard) to‘lamoqchi bo‘ldi. Biroq Daniya suverenitet va milliy g‘urur masalasi hisoblangan hududni sotmadi. Qo‘shma Shtatlar 1951-yili orolda Thule harbiy havo bazasini qurish bilan cheklandi. U Shimoliy qutbda joylashgan bo‘lib, AQShning mudofaa va raketalarga qarshi dasturlarining bir qismi sifatida hozir ham faol xizmat qilyapti.

    Qo‘shma Shtatlarning Grenlandiyadagi Thule harbiy bazasi
    Foto: Peretson

    Eski gaplar kun tartibiga qaytdi.

    Grenlandiya neft va gazning yirik zaxirasiga ega. Qolaversa, smartfonlar, elektr transport vositalari va harbiy texnikalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan nodir metallar, uran hamda radioaktiv minerallarga ham boy. Biroq orol hududining 80 foizi muzliklar bilan qoplangani, qolaversa Meksikadan kattaroq hududda (2,166,086 km2) mahalliy aholi soni 50 mingdan arang oshishi kabi omillar sabab ularni qazib olish yuqori iqtisodiy manfaat keltirmaydi. Ammo muzliklarning tezlik bilan erib borishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar bu orqali qimmatli resurslarga ega chiqa oladi.

    Grenlandiyaning g‘arbiy qirg‘og‘i erib bormoqda.
    Foto: Delphotos/Alamy

    Biroq Grenlandiyaning ahamiyati faqat iqtisodiy omillar bilan o‘lchanmaydi. Orol o‘zining strategik joylashuvi bilan muhim dengiz yo‘llarini nazorat qilishga yordam beradi. Qolaversa, bu orqali AQSH raqobat maydoniga aylangan Shimoliy qutbda ta’sirini kuchaytirib, Rossiya va Xitoyga qarshi turishi mumkin. Bundan tashqari, Shimoliy Amerika materigi va Yevropa qit‘asi o‘rtasida joylashgan orol AQSH harbiy logistika zanjirini mustahkamlab, raketaga qarshi mudofaa salohiyatini oshirishi muqarrar.    

    Bunga kim nima deydi?

    Donald Tramp Grenlandiyani kuch bilan egallash masalasini istisno qilmadi. U Daniya taklifga ko‘nmasa, yuqori boj tariflari bilan jazolashini aytdi. Germaniya hamda Fransiya AQSH saylangan prezidentining bayonotlariga munosabat bildirib, “chegaralar kuch bilan o‘zgartirilmasligini” va Yevropa ittifoqi “boshqa mamlakatlarga, ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘z suveren chegaralariga hujum qilishga ruxsat bermasligini” ta‘kidladi.

    Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot Trampning Grenlandiya haqidagi bayonotlariga izoh berdi.
    Foto: Medium

    Oroldagilar qanday fikrda?

    2008-yilning 25-noyabr kuni o‘tkazilgan referendumda Grenlandiya aholisining 75,5 foizi avtonomiya huquqlari kengaytirilishini ma’qulladi. Orolliklarning katta qismi kengaytirilgan muxtoriyat mustaqil davlat uchun yo‘l ochishiga ishonadi. Lekin Daniyaga iqtisodiy va siyosiy masalalardagi qaramlik bunga to‘sqinlik qilmoqda.

    Biroq mustaqillik tarafdorlari Daniya tasarrufidan chiqib, AQSh nazoratiga o‘tishga qarshi. Ular to‘la mustaqillik istashadi. Grenlandiyaning birinchi ayol bosh vaziri Aleqa Hammond BBC bilan suhbatda buni tasdiqladi. U Qo‘shma Shtatlar Grenlandiyaga “sotib olinadigan narsa kabi muomala qilayotganidan” norozi.

    “U, hatto, Grenlandiya bilan gaplashmayapti — u Daniya bilan Grenlandiyani sotib olish haqida gaplashmoqda”, degan u.

    Grenlandiya parlamenti a’zosi va hukumatning sobiq rahbari Aleqa Hammond
    Foto: Politiken.dk

    Endi nima bo‘ladi?

    Grenlandiya AQSh uchun naqadar muhim bo‘lmasin, uni kuch bilan tortib olish nihoyatda jiddiy oqibatlarga olib keladi. Bu NATO doirasidagi ittifoqchilar – Vashington va Kopengagen o‘rtasiga ziddiyat solib, “Shimoliy Alyans” istiqbolini xavf ostida qoldiradi.

    Qolaversa, Donald Trampning “orol AQSh xavfsizligi uchun muhimligi” haqida bayonotlari Ukrainaning chorak qismini bosib olgan Rossiya nazdida o‘z harakatlarini oqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bu amalda mavjud dunyo tartibi uchun juda xavfli pretsedent yaratadi.

    Biroq voqealar rivoji qaysi tomonga og‘ishib ketishini bilib bo‘lmaydi. Boisi AQShning saylangan prezidenti o‘zining bashorat qilib bo‘lmas tabiati bilan mashhur.     

    9 yanvar, 12:25   Izoh (0)   9651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Donald Tramp#Grenlandiya#Daniya#AQSH

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35

    AQSHda Facebook’da Trampga tahdid qilgan erkak qamoqqa olindi

    Dunyo | 12 iyul, 21:35

    Sharfga o‘ralib qolgan raqqosa, bedarak yo‘qolgan bosh vazir — g‘ayrioddiy va shubhali tarzda halok bo‘lgan dunyo mashhurlari

    Dunyo | 12 iyul, 21:16

    Kortni Koks, Bella Hadid va boshqalar: plastik operatsiya qildirganidan afsuslangan Gollivud yulduzlari

    Kino | 12 iyul, 20:35

    JW: Yevropa Ittifoqi Ukrainaning yo‘qotilgan hududlarini qaytarib olishidan manfaatdor emas

    Dunyo | 12 iyul, 20:20

    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

    Reklama | 12 iyul, 19:30

    “Bu yil Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel qurish bo‘yicha shartnoma tuzamiz” — Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 20:03

    “Real” Vinisius bilan muzokaralarni to‘xtatdi

    Sport | 12 iyul, 20:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.