Qamchiq dovonida qor uchgani chiqqan ikki kishi qor uyumi ostida qolib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati ikki kishi halok bo‘lganini “Daryo”ga tasdiqladi.
Pop tuman IIB navbatchilik qismining bergan xabariga ko‘ra, 8-yanvar kuni soat 15:30 larda Farg‘ona viloyati, Rishton tumani yashagan 1993-yilda tug‘ilgan ikki nafar erkak Toshkent—Namangan avtomobil yo‘lining 141-kilometrida (Janubiy aylanma yo‘li) joylashgan tog‘ tepaligiga sinfdoshlari bilan dam olish maqsadida chiqib, ehtiyotsizliklari oqibatida tog‘ tepaligidan yiqilib, voqea joyida vafot etgan.
Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizalar tayinlandi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)