• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    “Sohibjamol va maxluq”, “Qarsildoq” va bolalikni eslatadigan Yangi yil haqidagi ajoyib ertaklar o‘ntaligi

    Har bir insonning o‘ziga xos sevimli ertagi mavjud va bu ertaklar ma’lum bir voqea-hodisalar yoki xotiralar bilan bevosita bog‘liq. Misol uchun, kimdir Yangi yil haqida o‘ylaydigan bo‘lsa, uning tasavvurida “Qarsildoq” ertagi jonlanadi, boshqa bir kishi “Qor malikasi” ertagini xotirlaydi. “Daryo” bayram shukuhini olib keluvchi, Yangi yil bayrami haqidagi eng qiziqarli va butun dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan ertaklar o‘ntaligi haqida ma’lumot beradi.

    1. “Kuloyim” (“Sindrella”)

     

    “Kuloyim” ertagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri bo‘lib, uning minglab turdagi ko‘rinishlari mavjud. “Kuloyim” ertagining ilk namunalari miloddan avvalgi asrlarga borib taqaladi. Azaldan Misr hukmdoriga turmushga chiqadigan yunon qizi haqidagi ertak og‘izdan-og‘izga ko‘chib yurgan va ayni shu ertak “Kuloyim”ning ilk ko‘rinishi sifatida e’tirof etiladi. Ertak baxtiqaro qizning kutilmagan baxtga duch kelishi haqida bo‘lib, u o‘quvchiga barchaga nisbatan muloyim munosabatda bo‘lishni, kechirimli bo‘lishni va turli og‘ir vaziyatlarda o‘z qalbingni asray olishing kerakligini o‘rgatadi.

     2. “Sohibjamol va Maxluq”

    “Sohibjamol va Maxluq” ertagi ilk bora 1740-yilda nashr etilgan bo‘lib, fransuz yozuvchisi Gabriel Syuzanna qalamiga mansub. Ertakning Yevropa bo‘ylab tarqalgan turli ko‘rinishlari mavjud. Ba’zi olimlar bu ertak to‘rt ming yillar oldin mavjud bo‘lgan, degan fikrga egalar. Bu ertak kishiga insonlarga tashqi ko‘rinishga qarab emas, balki ichki dunyosiga qarab baho berishimiz kerakligini, ichki go‘zallik barcha narsadan ustunligini o‘rgatadi. Bu xulosani avvaliga Maxluqdan hadiksiragan bo‘lsa-da, keyinchalik u bilan eng qalin munosabatlar qurgan Bell hayoti misolida anglashimiz mumkin.

    3. “Elflar va etikdo‘z”

    “Elflar va etikdo‘z” mashhur aka-uka Grimmlar qalamiga mansub bo‘lib, ertak uchta yosh elfdan katta marhamat ko‘radigan faqir etikdo‘z hayoti haqida. Ertakdan kelib chiqadigan xulosa quyidagicha: qattiq mehnat – barcha orzu va maqsadlar ushalishi uchun yagona kalitdir. O‘z mehnati va insonlarga keltirayotgan foydasini anglaydigan, o‘z qadrini biladigan inson uchun hayotda muvaffaqiyat qozonish og‘ir kechmaydi.

    4. “Kichkina qizaloq”

    “Kichkina qizaloq” yoki “Gugurt ushlagan qizaloq” deb ataladigan ertak Xans Kristian Andersen qalamiga mansub bo‘lib, ilk marotaba 1845-yilda chop etildi. Keyinchalik bu ertak turli kino, animatsiya va video o‘yinlar yaratilishi uchun ham asos bo‘lib xizmat qildi. O‘limni qarshilayotgan bolakayning orzu va umidlari haqida bo‘lgan bu ertak turli ramzlarga to‘la.

    Misol uchun, uchayotgan yulduz – orzular, gugurt esa xavfsizlik ramzidir. Ertakdan chiqariladigan xulosa esa sizdan ko‘ra faqir bo‘lgan insonlarga boshqalarga qaraganda ko‘proq saxovat bilan munosabat bildirishimiz lozimligi bo‘lib, ertakni o‘qigan kitobxon oilasi uchun ishlayotgan, nochor sharoitiga qaramay, orzu qilishdan to‘xtamaydigan qizaloqni hech qachon yodidan chiqara olmaydi.

    5. “Qor bola”

    “Qor bola” ertagi Yevropa mamlakatlari orasida keng tarqalgan xalq og‘zaki ijodi namunasi bo‘lib, o‘rta asrga oid manbalarda juda ko‘p marotaba uchraydi. Qordan yaratilgan farzand va uning ota-onasi o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni o‘z ichiga olgan bu ertak bir qaraganda sodda va jo‘n tuyulsa-da, inson ruhiyatining tub-tubida yotgan ezgulik va yovuzlikka murojaat qiladi. Ertakda bir inson qodir bo‘lgan jamiki ezgulik va yovuzlik bu ikki kuch o‘rtasidagi doimiy kurash vositasida ochib berilgan va bu ertak boshqalaridan o‘zining keskin xarakteri bilan ajralib turadi.

    6. “Archa daraxti”

    Mashhur yozuvchi Xans Kristian Andersen ijodiga tegishli yana bir ertak “Archa daraxti” deb nomlangan bo‘lib, bu ertak Andersen ijodida tushkunlik alomatlari ko‘ringan alohida asarlar qatoriga kiradi. Ertak qahramoni archa daraxti, u doim yanada ko‘proq rivojlanishni, o‘sishni istaydi va natijada ayni damdagi holatidan zavqlanish, xursandchilikni tuyish tuyg‘usidan mahrum bo‘ladi. Xuddi shu holatga monand tarzda ertak o‘quvchiga hayotda erishganlaringdan lazzatlanish, bir umr o‘zingda yo‘q narsalarga qayg‘urish o‘rniga boridan foydalanib qolish va hayotning qadriga yetishni o‘rgatadi.

    7. “Dovr tog‘idagi mushuk”

    “Dovr tog‘idagi mushuk” ertagi Norvegiya xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri. Kristen Asbyornsen hamda Mu Yorgen tomonidan tuzib chiqilgan “Norveg folklori” to‘plamidan joy olgan. Yangi yil bayrami uchun qirolga sovg‘a olib borayotgan insonning yo‘l-yo‘lakay Halvor ismli shaxsga yovuz maxluqlarga qarshi kurashish orqali yordam berishi haqidagi bu ertak o‘z o‘rnida ishlatilgan ayyorlikning fazilat bo‘lishi mumkinligi hamda yovuzlikka qarshi faqatgina kurashib g‘olib bo‘lish mumkinligi to‘g‘risida xulosa qilishga yetaklaydi.

    Mardlik va jasurlik kabi hissiyotlar bilan bir qatorda, oqilona ishlatilgan aqlni ulug‘laydigan ertak bolalar uchun kelajak hayotdagi dasturamal bo‘lib xizmat qila oladi.

    8. “Qarsildoq”

    “Qarsildoq” 1816-yilda prussiyalik yozuvchi A.Xoffman tomonidan yozilgan. Ertak voqealari ko‘pchiligimizga tanish: Merining sevimli bayram qo‘g‘irchog‘i qarsildoqqa birdaniga jon ato etiladi va u sichqonlar hukmdorini yengib, aholisi qo‘g‘irchoqlardan iborat bo‘lgan mamlakatni boshqara boshlaydi. Mo‘jiza va sarguzashtlardan boshlanib, shiddatli kurash va oxir-oqibatda ezgulik g‘alabasi hamda muhabbat tuyg‘ulariga ulangan voqealar rivoji barcha uchun birdek qiziqarli kechishi shubhasiz.

    9.  “Yong‘oq daraxti”

    Aka-uka Grimmlarning yana bir ajoyib ertagi — “Yong‘oq daraxti” ertagi. Boshqa ertaklardan farqli ravishda ushbu ertak turli ramzlar va keskin voqea-hodisalarni o‘z ichiga olgan. Oilaviy munosabatlardagi noxushliklardan tortib, inson hayotidagi eng katta fojialargacha tasvirlagan ertak aka-uka Grimmlarning haqqoniy va ayovsiz uslubini yana bir marotaba namoyon etadi. Ertakdagi ramzlar bo‘yicha turli mutaxassislar bir-biridan farq qiluvchi fikrlarga ega. Shunday ekan, bu sirli ertakdan har bir o‘quvchi o‘z haqiqatini qidirishi va topishiga to‘g‘ri keladi.

    10. “Qor malikasi”

    “Qor malikasi” ertagi ham Xans Kristian Andersen qalamiga mansub eng mashhur ertaklardan biri. 1844-yil 21-dekabrda nashr etilgan bu ertak Gerda va Kay kabi qahramonlarning yovuzlik hamda ezgulik kuchlari o‘rtasidagi kurashga guvoh bo‘lishi va bevosita bu kurashda faol ishtirok etishini o‘z ichiga oladi.

    Ertak Andersonning nafaqat eng mashhur, balki eng uzun ijod namunasi hamdir. Ko‘plab sarguzashtlarni o‘z ichiga olgani, bir necha ramzlarni o‘zida jam etishi hamda insoniy tuyg‘ularning eng qadrlilari bo‘lmish muhabbat, sadoqat, ishonch, do‘stlik, fidoyilik kabilarni madh etgani uchun ham o‘quvchilarga qadrdon bo‘lib qolgan. Gerda bilan birga o‘tgan sarguzashtlar o‘quvchida jasorat hamda sabr-qanoat tuyg‘ulariga bo‘lgan ishtiyoqni shakllantirishi shubhasiz.

    2 yanvar, 16:35   Izoh (0)   8175
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #multfilm#yangi yil

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    22 yil yozilgan ssenariy: juda uzoq suratga olingan filmlar 10 taligi 

    10.07.2024, 17:20

    “Boshqotirma 2”: jahon prokatida 1 mlrd dollardan ortiq daromad olgan multfilmni nimasi uchun tomosha qilish kerak?

    15.07.2024, 10:35

    Kattalar ko‘rishi kerak bo‘lgan eng yaxshi bolalar film va multfilmlari 

    19.07.2024, 12:40

    “Yaxshi bo‘lish osonmi 4”: Gryu va uning minionlari haqidagi yangi multfilm tomoshabinlar kutgan narsani beroldimi?

    23.07.2024, 10:20

    Noyob va hayratlanarli animatsiya uslublari asosida yaratilgan 8 ta zamonaviy multfilm

    31.07.2024, 10:45

    “Maysa ustidagi nonushta”, “Yovvoyi sayyora”, “Haqiqiy qayg‘u” — hayot haqida o‘ylashga majbur qiladigan falsafiy multfilmlar

    12.08.2024, 12:56

    Maktab boshlangunga qadar farzandlar bilan tomosha qilishga arziydigan chuqur ma’noli 5 ta multfilm (treyler)

    24.08.2024, 16:12

    Ko‘z yosh to‘kishingizga sababchi bo‘ladigan g‘amgin multfilmlar (treyler) 

    02.09.2024, 20:45

    Seriallardagi obrazlari bilan tanilgan bo‘lsa-da, katta kinoda o‘z o‘rnini topolmagan Gollivud aktyorlari (foto) 

    27.09.2024, 11:55

    So‘zsiz ham tushunish mumkin bo‘lgan kulgili va qayg‘uli multfilmlar (treyler)

    25.10.2024, 09:50

    “O‘ninchi qirollik” serialidagi aktyorlar 24 yildan keyin qanchalik o‘zgargan?

    03.11.2024, 12:11

    O‘zbekistonda kino, serial va qo‘shiqlar “ma’naviyat ekspertizasi”dan o‘tkaziladi

    12.11.2024, 17:18

    Boylik, mashhurlik, janjallar: AQSHning 47-prezidenti Donald Trampning hayoti fotosuratlarda  

    15.11.2024, 11:25

    “Yovvoyi robot” multfilmi dunyo prokatida 300 mln dollardan ortiq daromadga chiqdi

    19.11.2024, 12:45

    Telefon ekranidan chiqayotgan yorug‘lik onkologik kasalliklarni uyg‘otishi mumkin — mutaxassis

    21.11.2024, 13:50

    “Yovvoyi robot”, “Temir gigant” va ko‘ngilga iliqlik baxsh etuvchi boshqa multfilmlar (video)

    22.11.2024, 16:35

    Nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham zavq ulashuvchi multfilmlar (treyler)

    28.11.2024, 14:45

    FQBda ishlagan, natsistlar bilan hamkorlik qilgan, ayollarni ishga olishni xohlamagan — buyuk animator Uolt Disney haqida ko‘pchilik bilmaydigan faktlar

    05.12.2024, 11:05

    2024-yilning eng shov-shuvli film va multfilmlari (treyler) 

    03.12.2024, 11:59

    “Soyuzmultfilm” fondidan: Yangi yilda bolalar bilan tomosha qilish uchun samimiy multfilmlar (video)

    03.12.2024, 16:55

    “Moana 2” multfilmi kassa yig‘imlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarga yetdi

    04.12.2024, 13:12

    Bayramona kayfiyat baxsh etishi kafolatlangan Yangi yil haqidagi yangi filmlar (treyler)

    07.12.2024, 10:54

    Kattalar uchun: har qanday tomoshabinni sehrli olamga yetaklaydigan ertak-filmlar (treyler)

    11.12.2024, 15:45

    Tom va Jerri ekranlarga qaytmoqda: Warner Bros. yangi talqindagi multfilmni taqdim etadi

    17.12.2024, 17:50

    Ziyrak tomoshabinlarning ham e’tiboridan chetda qolgan mashhur multfilmdagi qiziqarli detallar 

    18.12.2024, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.