Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25-dekabrda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra,
- dollar 7,80 so‘mga ko‘tarilib, 12 908,80 so‘m bo‘ldi;
- yevro 12,54 so‘mga tushib, 13 415,85 so‘m bo‘ldi;
- rubl 1,49 so‘mga ko‘tarilib, 129,09 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar rasmiy kursi 8,93 so‘mga ko‘tarilib, birinchi marta 12 900 so‘mdan oshgandi.
Dollar kursi yil boshida 12 352,86 so‘mni tashkil etgandi. Ushbu valyuta kursi yil boshidan buyon so‘mga nisbatan 4,5 foizga qimmatladi.
S&P Global agentligiga ko‘ra, o‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kursi 2024-yil yakunida 12 950 so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Baʼzi iqtisodchilar fikricha, mamlakatda valyuta kursi sunʼiy ushlab turilibdi. Agar kurs erkinlashsa, 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi.
Izoh (0)