• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino

    Kinoterapiya: tushkun kayfiyatni bartaraf etadigan film va seriallar

    Hayotdagi ayrim vaziyatlarda inson o‘zini yolg‘iz his etadi. Turmushdagi qandaydir muammolar, mavsumiy tushkun kayfiyat yoki yaqin insonlar bilan kelishmovchiliklar bunga sabab bo‘lishi mumkin. Mana shunday daqiqalarda ichki energiyangizni qayta to‘ldirishga qodir bo‘lgan ilhombaxsh film va seriallar sizga yordamga keladi.

    Foto: Marie Claire

    “Uning uch qizi” (2023)

    Foto: Marie Claire

    Syujet markazida Keti, Reychel va Kristina ismli opa-singillar turadi, ular saraton kasalligidan vafot etayotgan otasini qo‘llab-quvvatlash uchun ota uylariga qaytishga majbur bo‘ladi. Alohida o‘tkazgan uzoq yillar davomida qizlar bir-birlari bilan aloqani uzgan bo‘ladi. Uy-joy va meros masalasi ko‘tarilganda oiladagi vaziyat yanada og‘irlashadi.

    Ushbu oilaviy dramada o‘z vaqtida aytilmagan so‘zlar, yechilmay qolgan muammolar eng yaqin insonlaringizni yo‘qotishingizga sabab bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatadi.

    “Hayotda yashamoq” (2023-2024)

    Foto: Marie Claire

    Marketolog Anna Boginskayaning turmush o‘rtog‘i avtohalokatda vafot etgach, tushkunlikka tushadi. Ma’lum vaqtdan so‘ng jarroh Matvey bilan uchrashuv unga yangi sevgiga umid baxsh etadi, lekin tez orada u yigitning xatti-harakatlarida nomaqbulliklarni seza boshlaydi. Anna yigitni tekshirgach, ma’lum darajada mazhabni eslatuvchi pikaper yigitlar klubining qurboni bo‘lganini bilib qoladi.

    Serial bosh qahramoni kabi hayot o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘yganlar uchun mos keladi. Ikkinchi faslda Anna butunlay yangi qiyofadagi ayolga — o‘z huquqlarini himoya qila oladigan va ozor beruvchi gaplarga qat’iy javob qaytarishga qodir insonga aylanadi.

    “Mening pingvin do‘stim” (2024)

    Foto: Marie Claire

     Filmdagi asosiy qahramon hayotida katta fojiani boshdan kechirayotgan paytda tasodifan adashib qolgan pingvinni topib oladi. Baliqchi yangi do‘stni parvarish qilish vaqtida unga bog‘lanib qoladi. Jajji pingvin undagi bir vaqtlar unutilgan tuyg‘ularni qayta uyg‘otadi va qahramon hayotning quvonchlarini qayta kashf qila boshlaydi.

    “Amanda” (2022)

    Foto: Marie Claire

    24 yoshli Amanda qanday qilib do‘st tutinishni bilmagani uchun kunlarini yolg‘izlikda o‘tkazadi. Har shanba kuni u uyi yaqinidagi kafega — diskotekaga boradi, lekin hech kim bilan gaplashishga jur’at etmaydi. Uning onasi Amandani qo‘shni qiz Rebekka bilan do‘stlashishga undaydi, natijada Amanda oz bo‘lsa-da ijtimoiylashishga harakat qiladi. Mazkur italyan dramasi qarama-qarshiliklarning bir-birini doim o‘ziga tortishi haqidagi eski mavzuni ko‘taradi. Kattalar dunyosida o‘zini topa olmagan ikki qiz o‘rtasidagi muloqot ularga insonlardan uzoqda bo‘lish odatidan qutulishga yordam beradi.

    “Yashash uchun 257 sabab” (2020)

    Foto: Marie Claire

    Jenya Korotkova hayotidagi eng katta g’alabani qo‘lga kiritadi — u saraton kasalligini yengadi. Ammo uch yillik kurashish davomida Jenya ko‘p narsalarni yo‘qotadi: endilikda sog‘aygan qiz hech kimda hamdardlik uyg‘otmaydi, uning qallig‘i rahmi kelgani uchungina Jenyani tashlab ketmagan bo‘ladi, singlisi esa davolanish uchun yig‘ilgan pulni o‘zlashtirib oladi. Hatto uning dugonalari ham avval kasal bo‘lgan qizdan jirkana boshlaydi. Shunday kunlarning birida Jenya o‘zining eski kundaligini topib oladi, unda yashash uchun 256 ta sabab ro‘yxati tuzilgan bo‘ladi. Qahramon unga 257-raqamli sababni — “haqiqiy sevgini topish”ni qo‘shadi va hayotini qaytadan quradi.

    “Substansiya” (2024)

    Foto: Marie Claire

    Demi Mur ijrosidagi Elizabet Sparkl aerobika mashg‘ulotlari haqidagi teleko‘rsatuv olib boruvchisi bo‘ladi. U 50 yoshga to‘lganda, prodyuser uning o‘rniga qandaydir yosh yulduzni ko‘rishni istab, Elizabetni ishdan bo‘shatadi. Aynan shu paytda Elizabetning qo‘liga “Substansiya” nomli preparat tushib qoladi. Bu dori uning yoshroq, go‘zalroq va mukammalroq yangi versiyasini yaratishni va’da qiladi. Ammo haftadan bir marta u o‘z holatiga — qari ayol tanasiga qaytishi kerak bo‘ladi. Ammo kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan vositani iste’mol qilish turli ko‘ngilsiz voqealarga sabab bo‘ladi.

    “Ideal kunlar” (2023)

    Foto: Marie Claire

    Mazkur Yaponiya dramasi 2023-yilda yilning eng yaxshi xorijiy film uchun “Oskar” nominatsiyasini olgan. Unda farrosh bo‘lib ishlaydigan Xiroyama ismli o‘rta yoshli erkak haqida hikoya qilinadi. Uning kundalik hayoti “Sug‘ur kuni”ga o‘xshaydi — muntazam ravishda takrorlanadi.

    Uning bog‘dorchilik, audiokasseta tinglash va kitob o‘qish kabi sevimli mashg‘ulotlari bor, lekin bir necha uchrashuvdan keyin hammasi o‘zgaradi. Endi u odatdagi komfort zonasidan haqiqatan ham qoniqadimi yoki yo‘qmi, o‘ylay boshlaydi.

    “Ko‘chmanchilar o‘lkasi” (2021)

    Foto: Marie Claire

    Frensis Makdormand rolini o‘ynagan bosh qahramon erining o‘limidek katta judolikni boshidan kechiradi. 60 yoshida ishidan ayrilgach, u qadrdon shahrini tark etib, furgonda yashab, ko‘chmanchi hayot kechirib, Amerika bo‘ylab sayohat qilishga qaror qiladi.

    Film Amerikaning odatiy qiyofasini emas, balki bir shtatdan ikkinchi shtatga ko‘chib yurib, mehnat qiluvchi oddiy aholining hayotini yoritadi. Filmda amerikalik odamlar umrini cheksiz harakatda o‘tkazadigan oddiy mehnatkashlar nigohi bilan ko‘rsatiladi.

    “Hammasi har joyda va birdaniga” (2022)

    Foto: Marie Claire

    Evelin Vong Amerika kir yuvish markazini ochadi, ammo uning biznesi yaxshi daromad keltirmaydi. Bir vaqtning o‘zida ayolning soliq to‘lovlari bilan muammo yuzaga keladi, farzandining tarbiyasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ladi hamda otasi bilan munosabatlarida qiyinchiliklarga duch keladi. Buning ustiga, Evelin turmush o‘rtog‘idan ajrashadi. Bir vaqtda boshiga turli xil ofatlar kelgan Evelin to‘satdan o‘zida noodatiy kuchni kashf etadi va hayotini ijobiy tomonga o‘zgartirishga bel bog‘laydi.

    “CODA: Eshitmaydigan ota-onaning farzandi” (2020)

    Foto: Marie Claire

    Qulog‘i eshitmaydiganlar oilasi Amerikaning chekka qishlog‘ida yashaydi. Ular baliq ovi bilan kun kechiradi. Oiladagi kenja qiz Rubi ular orasidagi yagona eshituvchi odam bo‘lib, oilasi va tashqi dunyo o‘rtasida bog‘lovchi inson vazifasini bajaradi. Qiz xor guruhiga qo‘shilib, qo‘shiq kuylashni yoqtirib qolganida uning hayoti keskin o‘zgaradi. Natijada qiz oldida ikki murakkab tanlov turadi: oilaga doimgidek yordam berish yoki musiqa karyerasini tanlash.

    2022-yilgi “Oskar” taqdirlash marosimining eng yaxshi filmi deb topilgan. Bundan tashqai, kartina Gotham Awards, BAFTA, Critics’ Choice va boshqa bir qator mukofotlarni qo‘lga kiritgan.

    “Uch ming yillik tilak” (2022)

    Foto: Marie Claire

    Aleteya ismli tilshunos mutaxassis o‘zining yangi ma’ruzalar kursi bilan Istanbulga uchib keladi. Esdalik sovg‘alari sotiladigan do‘konlardan birida u ichida jin yashaydigan qadimiy shisha butilkani xarid qiladi. Jin ozodlikka erishish uchun Aleteyaning uchta istaklarini bajarishga tayyor turadi, ammo dono qiz tilaklarni behuda sarflamaslikka va buning o‘rniga jin qanday qilib bunday holatga kelib qolganini bilishga harakat qiladi. Shunday tariqa jin hayoti haqidagi hikoyani boshlaydi.

    “Rassom va o‘g‘ri” (2020)

    Foto: Marie Claire

    Chexiyalik rassom Barbora Kisilkova Oslodagi ko‘rgazmada o‘zining ikkita ajoyib asar — “Oqqushlar qo‘shig‘i” hamda “Xloya va Emma” asarlarini namoyish qiladi. Tez orada ikkala rasm o‘g‘irlanadi, ammo jinoyatchilar qisqa vaqtda qo‘lga olinadi. Barbora jinoyatchilardan biri bilan uchrashadi va uning suratini chizishga qaror qiladi. Suhbat davomida rassom ham, o‘g‘ri ham kutilmagan qirralari ochiladi va ular o‘rtasida hissiy aloqa hosil bo‘ladi.

    20.12.2024, 11:40   Izoh (0)   8359
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #kino#treyler

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bir necha yil sarflamaysiz: yirik loyihalardan qolishmaydigan qisqa turk seriallari (treyler)

    07.11.2024, 15:35

    Salqin kuz kunlari oila davrasida tomosha qilish uchun 2024-yilning eng yaxshi filmlari (treyler)

    11.11.2024, 15:16

    “Doktor Haus” va “Sabrina kichik jodugar”: mashhur filmlarning originalidan qolishmaydigan turkcha remeyklari (treyler)

    25.11.2024, 15:46

    Aktyor Uill Smit real hayotdagi insonlarni gavdalantirgan qiziqarli filmlar (treyler)

    15.11.2024, 19:43

    Yomg‘irli havoda tomosha qilish uchun ideal film va seriallar (treyler)

    19.11.2024, 13:45

    Kinoterapiya: Har qanday tomoshabinni yig‘lashga majbur qiladigan filmlar (treyler)

    19.11.2024, 19:00

    Kuzning yomg‘irli havosida miriqib tomosha qilish uchun ajoyib seriallar (treyler)

    20.11.2024, 18:32

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham zavq ulashuvchi multfilmlar (treyler)

    28.11.2024, 14:45

    Bollivudga boshqacha nazar: hind kinolari haqida tasavvuringizni o‘zgartirib yuboradigan zamonaviy filmlar (treyler)

    29.11.2024, 13:27

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43

    2024-yilning eng shov-shuvli film va multfilmlari (treyler) 

    03.12.2024, 11:59

    Turli go‘zallik tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jahon yulduzlari (foto)

    11.12.2024, 13:40

    Shunchaki tomosha qilib bo‘lmaydi: miyani “portlatib yuboradigan” darajadagi kuchli filmlar

    11.12.2024, 18:58

    190 sm va undan yuqori: Gollivudning novcha aktyorlari

    10.12.2024, 18:40

    Bill Geyts tavsiya qiladi: hamma o‘qishi kerak bo‘lgan beshta qiziqarli kitob

    07.12.2024, 14:10

    Uxlab qolgan bolani uyg‘otish mumkin emas: bolalarning kinoda suratga tushishi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

    07.12.2024, 12:35

    Bayramona kayfiyat baxsh etishi kafolatlangan Yangi yil haqidagi yangi filmlar (treyler)

    07.12.2024, 10:54

    2024-yilning eng yaxshi filmlari ro‘yxati e’lon qilindi 

    10.12.2024, 10:30

    “Suv parisi”, “Mulan”: muvaffaqiyatsizlikka uchragan Disney filmlari

    10.12.2024, 13:30

    Qish va bayram kayfiyatini ulashuvchi 10 film (treyler)

    10.12.2024, 16:35

    Taniqli san’atkorlarning farzandi, aktyorning rafiqasi, professional psixolog va muvaffaqiyatli bloger Muqaddas Sa’dullayeva 34 yoshda (foto, video)

    10.12.2024, 11:30

    Hashamat ramzi: Dunyodagi eng qimmat tufli qanday ko‘rinishda va u qanchaga baholangan?

    10.12.2024, 12:25

    Alisa Freyndlix 90 yoshda: urush dahshatlarini boshdan kechirgan, Leningrad qamalidan omon qolgan aktrisaning muvaffaqiyat hikoyasi

    10.12.2024, 17:35

    Turk aktyorlarining “Oskar”i: “Oltin kapalak 2024” g‘oliblari aniqlandi

    10.12.2024, 14:40

    Har bir qismi uchun 20 ming dollar: “Muhtasham yuz yil” serialidagi bosh qahramonlar qancha gonorar olgan? 

    11.12.2024, 12:30

    O‘z vaqtida Hindiston va SSSR o‘rtasidagi madaniy ko‘prik bo‘lgan mashhur aktyor Dharmendra hozir qanday ko‘rinishda?

    11.12.2024, 16:50

    Kattalar uchun: har qanday tomoshabinni sehrli olamga yetaklaydigan ertak-filmlar (treyler)

    11.12.2024, 15:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.