Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston 2025-yilda Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib beradi. Bu haqda Afg‘oniston elektr ta’minoti kompaniyasiga (Da Afghanistan Breshna Sherkat — DABS) tayanib Ariana News xabar berdi.
17-dekabr kuni DABS bosh direktori vazifasini bajaruvchi Abdul Bari Umar va “O‘zenergosotish” kompaniyasi boshqaruvi raisi Jahongir Obidjonov Afg‘onistonga energiya yetkazib berishni 2025-yil oxirigacha uzaytirish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Yetkazib berish hajmi va qiymati, shuningdek, bitimlarning boshqa tafsilotlari oshkor etilmagan.
“Tolibon” Turkmaniston bilan 7-dekabr kuni, Tojikiston bilan esa noyabr oyi oxirida shunga o‘xshash kelishuvni imzolagandi. Afg‘oniston Energetika va suv resurslari vazirligiga ko‘ra, hozirda mamlakatning elektr energiyasiga bo‘lgan talabi kuniga 1500 MVt ni tashkil etadi. Shundan 720 MVt ga yaqini import qilinadi, qolgan qismi Afg‘oniston ichida ishlab chiqariladi.
Afg‘oniston elektr energiyasining asosiy qismini Eron, O‘zbekiston va Turkmanistondan import qiladi. Eronning import qilinadigan elektr energiyasi ko‘pincha texnik muammolar tufayli uzilishga uchraydi. 15-dekabr kuni O‘zbekistondan Afg‘onistonda elektr energiyasi texnik muammolar, Turkmanistondan esa bo‘ronlar tufayli uzilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh (0)