• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12886.9
    • RUB160.87
    • EUR14625.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Andijon

    “Shahar bamisoli bombardimon qilingandek edi” — 122 yil oldin Andijonda ro‘y bergan dahshatli zilzila tarixi (foto)

    Tarixiy manbalarga ko‘ra, 1883—1972-yillarda Andijon atrofida 650 dan ortiq zilzila sodir bo‘lgan. Ularning eng dahshatli va halokatlisi 1902-yil 16 (3)-dekabrida yuz bergan. O‘shanda shaharning ko‘rinishi go‘yo bombardimon qilingandek qo‘rqinchli ahvolga kelgan.

    Oradan 120 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, Andijon zilzilasi XX asrning eng halokatli zilzilasi sifatida mutaxassislar tomonidan hali-hamon chuqur o‘rganib kelinmoqda.

    “Daryo” sana munosabati bilan ushbu voqeani yana bir bor esga oldi.

    Andijon shahri. Yuqoridan ko‘rinish
    Foto: livejournal.com

    1902-yil 16 (3)-dekabr, seshanba. Ertalabki soat to‘qqiz. Kimdir ishga, yana kimdir o‘qishga shoshilgan. Do‘konlar ochilib, savdo-sotiq qizigan vaqt. Birdan yer ostidan qattiq shovqin-suron eshitildi, yo‘lovchilar oyog‘i ostidagi yer silkinib, trotuarda borayotganlarni yiqitib yubordi. Uylar va devorlar xuddi qulab tushayotgandek tebranib, tevarak-atrofga g‘ishtlar sochildi, binolarning tomlari qulab tushdi. 

    Kazarma
    Foto: D.Anuchin

    Yarim soatdan so‘ng yangi, yanada kuchliroq silkinish yuz berdi va gullab-yashnagan, boy Andijon ko‘z ochib yumguncha vayronaga aylandi. Barcha ma’muriy binolar, turar joy binolari, do‘konlar, sanoat muassasalari vayron bo‘ldi. 

    Andijondagi eng yaxshi uylardan biri (Dorofeevaning uyi)ning zilziladan keyingi holati
    Foto: D. Anuchin

    1977-yilda chop etilgan “SSSR hududidagi kuchli zilzilalarning yangi katalogi” ma’lumotlariga ko‘ra, jumladan, instrumental yozuvlar (seysmogrammalar) yordamida olingan natijalar asosida, zilzila quyidagi parametrlarga ega bo‘lgan: 1902-yil 16-dekabr, soat 5:07; 40,8° shimoliy kenglik, 72,3° sharqiy uzunlik; zilzila o‘chog‘i (gipotsentr) chuqurligi — 9 km; magnitudasi — 6,4; maksimal shiddati — 9 ball. 

    O‘sha davrda chop etilgan “Niva” jurnalining 1903-yildagi sonida Andijon zilzilasi quyidagicha esga olinadi: 

    Jome madrasasi zilziladan so‘ng
    Foto: D. Anuchin
    Jome madrasasi old qismi
    Foto: D.Anuchin

    “Andijon binolarining ko‘rinishi qo‘rqinchli. Axlat uyumlari, buzilgan xarobalar, qayrilgan va yirtilgan tomlar bilan yopilgan joylarni tanib bo‘lmaydi. Rus-xitoy banki, g‘aznasi, harbiy majlisi, lazaretning ko‘rkam binolari temiryo‘l stansiyasining vokzali halokatga uchradi; yo‘l butunlay buzib tashlandi, faqat 21-dekabrdagina bir amallab tuzatildi...

    Andijon qal’asi, 1875—76-yillarda Chernyayev va Skobelev qo‘qonliklar bilan jang qilgan devorlarda go‘yo hozirgina bombardimon qilingandek ko‘rinadi. Uning janubiy tomonidagi o‘pirilishlar, shubhasiz, mina portlashini eslatadi”.

    Sirk binosi
    Foto: D. Anuchin
    O‘rta Osiyo temiryo‘lining Andijondagi suv nasos stansiyasi zilziladan keyin
    Foto: D.Anuchin

    Yana bir “Turkiston general-gubernatorlari” turkumidagi “Ivanov” hujjatli hikoyasida ham Andijon zilzilasi oqibatlari achinarli ekanligi tasvirlangan.

    “Gullari, mevalari, uzumlari, paxtalari, chiroyli manzaralari va ajoyib mo‘tadil iqlimi” bilan mashhur bo‘lgan Markaziy Osiyo Lombardiyasi deb atalgan shahar bamisoli uzoq vaqt bombardimon qilingandek xarobazorda yotardi. 

    Yilning bu faslida havo juda yomon — yomg‘irli, sovuq va shamolli edi, bu esa boshpanasiz qolgan bechora andijonliklar uchun qo‘shimcha azob-uqubatlar qo‘shardi. Ammo omon qolganlar uchun eng muhimi ularning tirikligida edi. Olti bolaning onasi bo‘lgan bir ayol bolalari bilan qulab tushgan uydan yugurib chiqqanida na sovuqni, na rutubatni, na balchiqni sezgan, ularni bag‘riga bosib turib: “Hammasi barbod bo‘lsin! Mayli!” deya qichqirardi.

    Temiryo‘l vokzali binosi
    Foto: D. Anuchin
    O‘rta Osiyo temiryo‘lining Andijon stansiyasi (zilziladan keyin)
    Foto: A.Utkin

    Qayd etish lozim, aholi zich joylashgan hududni qamrab olgan zilzila natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni haqida turli ma’lumotlar berilgan. 

    Misol uchun, 1902-yil 7-dekabrdagi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida Andijonda 1600, Yorboshi volostida 600, Oltinko‘lda 650, Xakanda 700, Mang‘izda 20, Qo‘qon qishlog‘ida 800, Asakada 218, jami 4570 nafar kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, 30 112 ta uy, shu jumladan, 130 ta rus imoratlari vayron bo‘lgan. Bundan tashqari, Marg‘ilon uyezdida 229 kishi halok bo‘lib, 3000 ta uy vayronaga aylangani bayon qilingan.

    Rus-Xitoy banki binosi bo‘limi
    Foto: livejournal.com
    Kasalxona
    Foto: ivejournal.com

    Rasmiy “Turkiston vedomosti”da chop etilgan Andijondagi muxbirlardan birining xabarida esa halok bo‘lganlar soni 7000 nafargacha, jarohatlanganlar soni esa 18000 nafargacha yetgani ko‘rsatilgan.

    Eng batafsil ma’lumotlar S.A. Melik-Sarkisyanning risolasida keltirilgan bo‘lib,  ularning bir qismi jadvalda aks ettirilgan.

    Andijon zilzilasi oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar haqida ma’lumot
    Foto:  S.A. Melik-Sarkisyan jadvali
    Paxta zavodi
    Foto: ivejournal.com

    Moskva davlat universitetining Yershunoslik muzeyida Dmitriy Nikolayevich Anuchin tomonidan to‘plangan fotokolleksiyadan Andijon halokatidan keyingi zilzila oqibatlarining birlamchi fotohujjatlar mavjud. Shahar manzaralari aks etgan turar joy, diniy, harbiy, transport va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan, konstruksiyalarning o‘zgarishi va buzilishi batafsil aks etgan fotosuratlar to‘plami “Andijon 1902-yilgi zilziladan keyin” deb nomlanadi.

    Umidjon Mamarasulov,
    Xalqaro Nordik universiteti
    1-bosqich magistranti

    16.12.2024, 17:54   Izoh (0)   15622
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Andijon#zilzila#Andijon zilzilasi
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yil boshidan beri nechta zilzila sezildi?

    26.10.2015, 17:28

    Toshkent zilzilasi – O‘zbekiston tarixidagi eng yirik zilzila emas. 1902-yilgi Andijon zilzilasida salkam 5 ming kishi halok bo‘lgan

    16.12.2019, 08:23

    “Turkiyada kuchli zilzila boʻlishi avvaldan kutilgandi” — professor Voxidxon Ismoilov bilan yer silkinishi hodisasi toʻgʻrisida suhbat (video)

    10.02.2023, 17:33

    “O‘zbekiston zilzilalar doimiy sodir bo‘lib turadigan zonada joylashgan” – professor Vohidxon Ismoilov

    11.02.2023, 15:20

    Toshkent viloyatida 3,6 magnitudali zilzila kuzatildi

    05.03.2024, 12:13

    “Daryo” dayjesti: 5-martning eng muhim xabarlari

    05.03.2024, 22:15

    O‘zbekiston hududida ketma-ket ikkita zilzila qayd etildi 

    07.03.2024, 01:11

    Andijon va Farg‘ona viloyatlarida 2-3 balli zilzila kuzatildi

    14.03.2024, 10:04

    Тojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    22.03.2024, 09:05

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    04.04.2024, 08:21

    Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    18.04.2024, 20:50

    O‘zbekiston qonunchiligida 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

    29.05.2024, 13:25

    Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatida sezildi

    18.06.2024, 08:05

    Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchsiz zilzila sodir bo‘ldi

    02.08.2024, 11:00

    Toshkentda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi

    23.11.2024, 13:56

    Xavotir va umid: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 20 yil kechikishiga Rossiya sababchimi?

    25.11.2024, 20:00

    Andijonda 98 mln so‘mlik suyultirilgan gaz ballonlarini boshqalarga berib yuborgan tumangaz xodimlari ushlandi

    05.12.2024, 18:49

    O‘zbekistonda 7-dekabr kuni harorat yana pasayadi

    06.12.2024, 10:35

    O‘zbekistonda 8-dekabr kuni 7 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

    07.12.2024, 12:10

    Superliga va Proliga jamoalari 2025-yilgi mavsumda Adidas Tiro Pro to‘plaridan foydalanadi

    07.12.2024, 15:37

    O‘zbekistonda harorat kechalari 10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

    08.12.2024, 10:30

    O‘zbekistonda 10-dekabr kuni havo harorati qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    09.12.2024, 18:32

    Andijonda Lacetti yonib ketdi

    09.12.2024, 19:40

    Andijonda Lacetti “peshexod”dan o‘tayotgan 12 yoshli bolani urib yubordi

    09.12.2024, 22:55

    Uchta hududda qariyb 700 mln so‘mlik “svet” va gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    10.12.2024, 21:17

    O‘zbekistonda 12-dekabr kuni qanday ob-havo bo‘lishi maʼlum qilindi

    11.12.2024, 13:10

    Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi

    11.12.2024, 18:34

    Andijonda uy-joyi “snos”ga tushgan fuqarolarga salkam 7 milliard so‘mlik kompensatsiya pullari undirib berildi 

    11.12.2024, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda uzoq masofadan matnni o‘qiy oladigan “josus” lazer yaratildi

    Dunyo | 28 may, 14:17

    “Uni qo‘lda olib ketishdi”: Tom Kruz “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmini suratga olish paytida holsizlanib yiqildi

    Kino | 28 may, 13:50

    Uch shahar birlashuvidan hosil bo‘lgan shaharga fotosayohat

    Dunyo | 28 may, 13:35

    Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot dronlar hujumi sabab Qozonga qo‘ndi (video)

    O‘zbekiston | 28 may, 13:23

    Muzlatgichda saqlash mumkin bo‘lmagan 6 meva

    Layfstayl | 28 may, 13:20

    Isroil G‘azo sektorida 22 ta noqonuniy aholi punktlari quradi

    Dunyo | 28 may, 13:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.