• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Kino Shou-biznes

    Uxlab qolgan bolani uyg‘otish mumkin emas: bolalarning kinoda suratga tushishi haqida siz bilmagan qiziqarli faktlar

    20-asr boshlarida, Gollivudda kino endigina rivojlana boshlagan paytda, bolalar huquqlari himoya qilinmagan. Ular kun bo‘yi ishlab, pul olishmas, gonorari esa ularning ota-onalari yoki vasiylariga berilgan.

    Gollivuddagi bolalar adolatsizligining eng yorqin misollaridan biri — Jeki Kugan. U 1920-yillarda juda mashhur bo‘lib, ikki million dollar ishlab topgan, bu 2024-yilda 30 million dollardan ortiq pulga teng. Ammo balog‘atga yetgunga qadar ota-onasidan kuniga atigi bir necha dollar olgan va katta bo‘lib, uylanmoqchi bo‘lganida esa ota-onasi hamma pullarni sarflab bo‘lganini bilib qoladi. Ammo hozir Gollivudda bunday holatni tasavvur qilish qiyin, chunki bolalarni qo‘lidan kelgancha himoya qilishadi va ular uchun maxsus qat’iy qoidalar o‘ylab topishgan.

    Yosh cheklovlari

    AQSHning ko‘plab shtatlarida yosh cheklovlari faqat 16 yosh va balog‘at yoshining yuqori chegarasiga tegishlidir — aynan shunda yosh aktyorlar mustaqil ravishda shartnomalar tuzish va kattalar hamrohligisiz suratga olish maydoniga kelish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Biroq ko‘plab shtatlarda quyi chegara, ya’ni bola tug‘ilganidan keyin kinoda rol o‘ynashni boshlash mumkinligi tartibga solinmagan. Masalan, kino ishlab chiqarishning asosiy shtatlaridan biri bo‘lgan Kaliforniyada 15 yoshdan kichik bolani suratga olishga ruxsat berish mumkin emasligi haqida cheklov bor, shuning uchun ko‘pincha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rniga oddiy qo‘g‘irchoqlardan foydalaniladi.

    Bolalar va o‘smirlarda trast fondi bo‘lishi kerak

    Kaliforniyada Jeki Kugan voqeasidan bir necha yil o‘tgach, studiyadan aktyor bola uchun trast fondi ochishni va unga ish haqining 15 foizini o‘tkazishni talab qiluvchi qonun qabul qilinadi. Bu trastni hatto “Kugan hisobi” deb ham atashadi. Hozir har bir yosh aktyorda trast fondi bo‘lishi kerak, chunki usiz bolani suratga olishga jalb qilish mumkin emas. Bu jamg‘arma unga biror muammo yuz bergudek bo‘lsa, kollejga kirish, hatto uy sotib olish uchun yetarli mablag‘ qolishini kafolatlaydi.

    Ish davomiyligi

    Agar ilgari Gollivudda bolalar ertalabdan kechgacha ishlashlari mumkin bo‘lgan bo‘lsa, hozir buning iloji yo‘q. Qoidaga ko‘ra, olti oylik bola faqat 2 soat suratga olish maydonchasida bo‘lishi mumkin, shu ikki soatdan faqat 20 daqiqa suratga tushishi mumkin. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarda tasvirga olish maydonchasida bo‘lish 4 soatgacha, tasvirga olish esa 2 soatgacha ko‘payadi. Hatto 17 yoshlilarda ham cheklovlar bor, ular 10 soat maydonda bo‘lish huquqiga ega va faqat 6 soat ishlashadi, ammo ularning ish jadvali ta’til paytida ikki soatga oshishi mumkin. Biroq studiyalar ba’zan hiyla ishlatishadi: ular yosh bolani suratga olish kerak bo‘lganda egizaklarni qidirishadi va shu yo‘l bilan ish jadvalini ikki baravarga ko‘paytirishadi.

    Bolalar o‘qishi kerak

    Bolaning suratga olish maydonchasida o‘tkazgan umumiy vaqti haqida gap ketganda, nafaqat ish, balki dam olish va o‘qish haqida ham gapiriladi. Yosh aktyorlar suratga olish paytida deyarli barcha darslarni o‘tkazib yuborgani sababli studiya ularning potensial bilim yo‘qotishlarini qoplashi kerak. Prodyuserlar suratga olishlar tugagandan so‘ng yosh aktyorlar bilan darhol xayrlashmaydi, balki ularga dam olish uchun vaqt berishadi va undan keyin bola suratga olish maydonchasida bo‘lgan maxsus ajratilgan studiya o‘qituvchisi bilan dars o‘tadi.

    Bolani uyg‘otish mumkin emas

    Meri-Keyt va Eshli Olsen 1987-yilda “To‘liq oila” serialida Mishel roli bilan debyut qilishgan. Shunday qilib, Meri-Keyt va Eshli studiyalar egizaklarni bir xil rolga olishining yorqin misoli bo‘ldi, chunki bu ularga foydaliroq. Ammo bu ularning nomzodini tasdiqlashning yagona sababi emasdi. Ular kasting paytida yig‘lamagan yagona qizlar bo‘lgani uchun tanlanadi. Yig‘i, uyqu va suratga olish jarayonini to‘xtatishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalar kasting paytida katta rol o‘ynaydi, chunki bola yig‘lasa, ishlashga ajratilgan 40 daqiqa ketishi mumkin. Xuddi shu narsa uyquga ham taalluqli — qonunga ko‘ra, agar bola uxlayotgan bo‘lsa, hech kim uni uyg‘otishi mumkin emas, agar bola kasting paytida uxlab qolgan bo‘lsa, uni film yoki serialga olishlari dargumon.

    Suratga olish maydonchasida butun diqqat-e’tibor bolaga qaratiladi

    Rejissyor katta aktyor bilan ishlaganda uning yulduzligi va xarakteridagi kamchiliklarini yengishga majbur bo‘ladi, bola bilan ishlaganda esa u shunchaki yig‘lab yubormasligini istaydi. Shuning uchun suratga olish maydonchasida eng ko‘p uchraydigan ibora “faqat bola yig‘lamasin” — chunki yig‘lash qimmatli vaqtni oladi va tasvirga olishni butunlay buzishi mumkin. Shunday qilib, bolani maydonchaga olib chiqishayotganda rejissyordan tortib oddiy statistgacha hamma ovoz chiqarmay yuradi, yarim ovozda gapiradi va keskin harakatlar qilmaydi.

    Bola yolg‘iz qolmaydi

    Yosh aktyorlar bir yoshda ham, 10 yoshda ham, 15 yoshida ham ota-onalaridan birining nazoratisiz suratga olish maydonchasida qolishlari mumkin emas. Otasi yoki onasi bolani hech bo‘lmaganda yarim daqiqaga rejissyor yoki prodyuser nazorati ostida qoldirib, hatto qo‘shni xonaga suvga borishga ham haqli emas. Studiya rahbarida ham alohida vakolatlar yo‘q, u ham ota-ona kabi bolaning suratga olish maydonchasida bo‘lishi davomida uni kuzatishi kerak. Bola faqat ikki kishi bilan birga bo‘lishi mumkin — otasi va onasi.

    07.12.2024, 12:35   Izoh (0)   11159
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gollivud#filmlar#aktyorlar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Penelopa Kruz — 50 yoshda. Ispaniyalik kamsuqum oilaning farzandi qanday qilib Gollivud yulduziga aylandi? (foto)

    07.05.2024, 13:50

    Anjelina Joli 49 yoshda: Gollivud yulduzi ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (video)

    07.06.2024, 13:43

    “Yetarli darajada chiroyli emas”: kulgili sabablar tufayli filmlar kastingidan o‘ta olmagan Gollivud yulduzlari

    17.06.2024, 15:15

    22 yil yozilgan ssenariy: juda uzoq suratga olingan filmlar 10 taligi 

    10.07.2024, 17:20

    Top-10 talikda atigi ikki ayol: Gollivuddagi eng ko‘p maosh oluvchi aktyorlar gonorari ma’lum qilindi

    31.07.2024, 13:25

    Gollivudning Shon-sharaf xiyobonida Betmenning yulduzi o‘rnatiladi

    18.09.2024, 18:05

    Raj Kapurning nevarasi, Saif Ali Xonning rafiqasi, mahoratli aktrisa Karina Kapur 44 yoshda (foto, video)

    23.09.2024, 17:10

    “Matritsa” filmi 25 yoshda: Neo, Triniti va filmdagi boshqa qahramonlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    27.09.2024, 10:45

    Eng ko‘p “o‘ladigan” aktyor: mashhur filmlardagi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan g‘ayrioddiy holatlar

    03.10.2024, 15:40

    Hanuzgacha “Oskar”ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

    17.10.2024, 14:50

    Jan-Klod Van Damm 64 yoshda: mashhur aktyor qaysi rusumdagi avtomobillarni boshqaradi? (foto)

    21.10.2024, 14:11

    Butun dunyoni maftun qilgan Bollivudning eng mashhur 5 nafar aktrisasi

    03.11.2024, 14:19

    Barcha davrlarning eng yaxshi aktyori kim ekani ma'lum qilindi 

    07.11.2024, 18:49

    Qiziqarli syujeti bilan har qanday Gollivud filmlarini ortda qoldiradigan chet el seriallari

    07.11.2024, 17:50

    Sher o‘rgatuvchi, illyuzionist, karate ustasi: ko‘pchilik bilmagan ajoyib iste’dodga ega Gollivud aktyorlari

    11.11.2024, 15:57

    “Oskar”mukofotidan voz kechgan va taqdirlash marosimiga kelmagan jahon yulduzlari

    18.11.2024, 18:15

    Bred Pitt, Sheron Stoun va san’at asarlarini yaratuvchi boshqa mashhurlar (foto)

    21.11.2024, 10:25

    Jenna Ortega, Zendaya va yosh bo‘lishiga qaramay Gollivudni zabt etgan aktrisalar 

    23.11.2024, 12:30

    Uch va undan ortiq tillarda erkin so‘zlashadigan Gollivud yulduzlari

    22.11.2024, 19:42

    Film va seriallarda rol ijro etmay turib, ulardan mo‘maygina gonorar olgan aktyorlar (foto)

    27.11.2024, 15:57

    Gollivud filmlaridan qolishmaydi: yuqori reytinglarni egallagan yangi hind filmlari (treyler)

    26.11.2024, 09:55

    Kinodagi eng katta gonorarlar: Gollivud aktyorlarining eng ko‘p daromad keltirgan rollari

    28.11.2024, 17:41

    “Sumerki”, “Temir odam” va boshqa mashhur filmlarda ijro etgan rollarini unutgan 6 ta aktyor

    02.12.2024, 15:59

    Faqat katta ekranlarda: hech qachon televideniyeda ishlamagan Gollivud aktyorlari

    28.11.2024, 10:35

    Aktyorlardan rejissorlargacha: Gollivudni ham zabt etgan hindistonlik kinoyulduzlar (foto)

    02.12.2024, 12:30

    Burak O‘zchivitning sevimli restorani, Kerem Bursin xaridlar qiladigan do‘kon: turk yulduzlarini uchratish mumkin bo‘lgan Istanbuldagi mashhur joylar

    29.11.2024, 15:56

    “Katta ajdarho”: qanday qilib Bryus Li Amerika kinosanoatini o‘zgartirib yubordi?

    30.11.2024, 18:30

    Qozog‘istonlik kinoijodkorlar suratga olgan eng yaxshi uchta film (treyler)

    02.12.2024, 16:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston va Kanada munosabatlari qayta tiklandi

    Dunyo | 19 iyun, 14:25

    Serxio Ramos Klublar o‘rtasidagi JCHning asosiy favoritini aytdi

    Sport | 19 iyun, 14:00

    AQSH razvedkasi Eron yadroviy qurol yaratayotganiga dalillar topmadi

    Dunyo | 19 iyun, 13:56

    Putin: “Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorman” (video)

    Dunyo | 19 iyun, 13:44

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    Dunyo | 19 iyun, 13:31

    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?

    Reklama | 19 iyun, 12:00

    O‘zbekistondagi 7 ta OTM dunyoning eng yaxshi universitetlari ro‘yxatidan o‘rin oldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:22

    Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi (foto)

    O‘zbekiston | 19 iyun, 13:11

    “Hech kim men nima qilishimni bilmaydi” — Tramp

    Dunyo | 19 iyun, 13:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.