Indoneziya Milliy tadqiqotlar va innovatsiyalar agentligi (BRIN) ma’lum qilishicha, “Roskosmos” bilan hamkorlikda o‘zining birinchi kosmodromini qurish bo‘yicha kelishuvga erishgan.
Agentlik xabariga ko‘ra, Papua viloyatidagi Biak oroli logistika talablariga javob berishi tufayli kosmodrom qurilishi uchun eng mos joy deb topilgan. Obyekt konsepsiyasi ochiq foydalanishga asoslangan bo‘lib, kosmodromdan to‘lovni amalga oshira oladigan har qanday shaxs foydalana oladi.
Loyihada to‘rtta tomon ishtirok etadi: BRIN, “Roskosmos”, Indoneziyaning PT URPI kompaniyasi va Rossiyaning “Glavkosmos” tashkiloti.
“Umid qilamanki, biz oldinga siljiy olamiz va hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz, shuningdek, kosmodrom qurilishini imkon qadar tezroq amalga oshiramiz,” dedi BRIN rahbari Laksan Tri Xandoko.
Izoh (0)