• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Oppa Gangnam Style: Birgina qo‘shig‘i bilan aqlbovar qilmas darajada boyib ketgan PSY qayerga g‘oyib bo‘ldi?

    Bu kulgili koreys qo‘shiqchisi butun dunyoni o‘zi bilan birga raqsga tushishga va jo‘shqin qo‘shiqning sodda so‘zlarini aytishga majbur qildi. Uning Gangnam Style klipi internetni shunchalar hayratga soldiki, mashhur videoxosting kodlarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi, chunki hech kim ko‘rishlar soni milliardlarga yetishini tasavvur ham qila olmasdi. Biroq ko‘p o‘tmay, bir qancha mamlakatlarga to‘fondek kirib borgan PSY to‘satdan ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Ammo uning bunday qilishiga jiddiy sabablar bor edi.

    Koreya “Rublyovka”sidan chiqqan boyvachcha

    PSY 2012-yilda Gangnam Style klipi bilan butun dunyoni lol qoldirdi. Klip 2 milliarddan ortiq ko‘rildi va bunday katta raqamlarga o‘rganmagan eng mashhur video xizmatining hisoblagichini ishdan chiqardi. PSY taxallusli ijrochi atigi bir necha kun ichida dunyodagi eng mashhur shaxslardan biriga aylanib, muxlislar armiyasiga ega bo‘ldi. Ekranda kulgili harakatlar qilayotgan qo‘shiqchining aslida kim ekanini faqat koreyslar yaxshi bilishardi.

    Pak Chje San (xonandaning haqiqiy ismi) kambag‘al oilaning farzandi emasdi. U Koreya yoshlarining eng yorqin vakillaridan biri bo‘lib, hech qachon biror narsaga muhtoj bo‘lmagan. Uning otasi yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaradigan yirik korporatsiyaning ijrochi direktori, onasi esa bir nechta shaxsiy restoranlaridan katta daromad olardi. Pak Chje San esa otasining ishini davom ettirish yoki restoran biznesini yuritishni xohlamasdi.

    Pak tengdoshlari bilan til topisha olmasdi, biroq ularning yuziga tabassum yugurtira olardi. U hazillashar, qiliqlar qilar, darslarni buzar va atrofdagilarni kuldirardi. Pak muntazam ravishda darslarni buzib, o‘qituvchilarning sabrini sinardi. O‘smirlik paytida u musiqaga qiziqib qoladi va sevimli reperlariga taqlid qilib, treklar yoza boshlaydi. Ammo u musiqa bilan shug‘ullanish istagini otasiga aytganida, tushunish o‘rniga rad javobini oladi.

    O‘sha paytda u ota-onasiga qarshi chiqmaydi, shuning uchun maktabni tugatgandan so‘ng biznesni boshqarish usullari va texnikasini o‘rganish uchun Boston universitetiga o‘qishga kiradi. Ota-ona o‘g‘illari ulardan uzoqda mustaqil va mas’uliyatli bo‘lib, vataniga kuchli mutaxassis bo‘lib qaytishiga ishonardi. Biroq hammasi butunlay teskari bo‘ldi. Nazorat yo‘qligi, talabalarning erkin hayoti va erkinlik Pak uchun ayni muddao edi.

    Ota-onasi yuborgan pullarni u ko‘ngilxushliklarga sarflardi, ma’ruzalarda deyarli qatnashmasdi, lekin otasining universitet rahbariyatiga “o‘g‘liga yana bir imkoniyat berish” iltimosi ma’lum vaqt uni o‘qishdan haydashdan saqlab qoldi. Ammo Pak o‘qishni davom ettirishni istamasligini aytadi. U hujjatlarini olib, ingliz tili kursini tamomlaydi va Berkli musiqa kollejiga o‘qishga kiradi. Ammo u bu yerda ham uzoq o‘qimaydi, tez orada u musiqiy karyerasini qurish niyatida Koreyaga qaytib keladi.

    Uslubga mos taxallus

    Xonandalik karyerasi uchun Pak Chje San uslubi va dunyoqarashiga to‘liq mos keladigan taxallus tanlaydi. Taxallus esa uning odamlar ko‘z o‘ngida qanday ko‘rinishini to‘liq aks ettirgan. PSY — inglizcha “psix” so‘zidan olingan bo‘lib, qo‘shiqchining o‘zi buni oddiygina tushuntiradi: u aqldan ozar darajada musiqa va raqsni yaxshi ko‘radi.

    Darvoqe, ijrochining sahnadan tashqaridagi xatti-harakati ham ancha g‘alati. U doimo qandaydir voqealarga duch kelardi, taqiqlangan moddalarni iste’mol qilardi. Ammo uning shon-shuhratga intilishi ham e’tibordan chetda qolmaydi. 2000-yilda Koreya televideniyesida o‘ziga xos chiqishidan so‘ng, PSY prodyuserlar e’tiborini tortadi.

    Televideniyeda dastlabki chiqishidan bir yil o‘tmay, qo‘shig‘i Koreya xit-paradlarining birinchi qatorlariga ko‘tariladi. Birinchi diski ham juda tez sotiladi. Biroq rasmiylar uni nomaqbul deb topib, jarimaga tortishadi. Ammo bu ijrochiga yulduz bo‘lishga to‘sqinlik qila olmaydi, shunchaki endi uning albomlari tinglovchilarning cheklangan yoshini anglatuvchi yorliq bilan chiqadi.

    Darvoqe, yoshlarga uning qo‘shiqlari yoqardi, keksa avlod esa bunday san’atni nomaqbul deb hisoblardi. Ammo u juda yaxshi kompozitsiyalarni ham yarata oldi, ulardan biri 2002-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining norasmiy madhiyasiga aylandi va Koreya musiqa mukofotining laureati bo‘ldi. PSY uchta albom chiqardi, shundan so‘ng mashhurligi pasaya boshladi. Konsertlari avvalgidek muxlislar armiyasini to‘plasa-da, yangi kompozitsiyalar endi chartlarda ko‘tarilmasdi.

    Shundan so‘ng PSY o‘ziga xos, har doim tanqidga uchragan uslubidan voz kechadi. Bu vaqt ichida uylanib, egizak qizlarning otasi bo‘ladi. Keyinchalik PSY turli loyihalar ustida ishlay boshlaydi, sahnaga kamroq chiqadi. U endi kutilmagan va bema’ni ishlar qilmasdi, ammo PSY har doim ajablantirishni bilardi. Va u Gangnam Style nomli kompozitsiyani chiqaradi, bu klip unga jahon miqyosida shuhrat keltiradi, K-popning portlashiga sabab bo‘ladi.

    Unikal kompozitsiya va olamshumul muvaffaqiyatdan keyingi hayot

    Ushbu qo‘shiq Seulning eng nufuzli tumani, Janubiy koreya “Rublyovkasi” — Kannamguga bag‘ishlangan edi. Xonanda shu yerda tug‘ilib o‘sgan, shuning uchun ushbu hududning urf-odatlari, qoidalarini juda yaxshi bilardi. Klipda xonanda Londondagi (yoki Seuldagi) dandi kiyimida paydo bo‘lib, mutlaqo hissiyotsiz yuz ifodasi bilan kuylaydi. Hech kim Gangnam Style YouTube tarixidagi eng ko‘p tomosha qilingan kliplarning biriga aylanishi va uning dasturiy kodlari ikki milliarddan ortiq ko‘rish uchun hisoblanmaganligiga ishonmagandi.

    Gangnam Style’ni butun dunyo tingladi, raqsga tushishdi, odamlar xonandaning harakatlarini takrorlashdi. PSYni birinchi darajali pop-yulduzlar bilan sahnada chiqish uchun taklif qildilar, ko‘pchilik hech kim tanimagan odam qanday qilib bitta klip orqali 5 million dollardan ortiq pul ishlab olishi, ko‘rishlar soni bugun ham to‘xtamayotganidan hayratda qolishdi.

    So‘ngra u yana bir nechta hitlar chiqardi, lekin Gangnam Style darajasiga yeta olmadi. 2018-yilda esa ijrochi kutilmaganda ommaviy axborot vositalaridan yo‘qoldi. Bu aynan o‘sha paytda sodir bo‘ldi, chunki u o‘zini tanitgan prodyuserlik agentligi bilan hamkorlikni tugatdi. Ijrochi o‘zining prodyuserlik kompaniyasini ochdi, oilasi bilan Los-Anjelesga ko‘chib o‘tdi va juda yopiq hayot tarzida yashay boshladi.

    Muxlislar u karyerasini yakunlagan deb o‘ylashdi. Biroq 2022-yilda PSY yangi “9th” nomli albomi bilan sahnaga qaytib, Koreyada turli shaharlarda gastrollar o‘tkazdi. Uning konsertlarida minglab tomoshabinlar yig‘ilib, stadionlarda haqiqiy shov-shuv ko‘tarildi.

    2022-yilda u xotini va qizlari bilan Koreyaga qaytib keladi. Bir nechta konsertlardan so‘ng, u kelajakda K-popning yangi talantlarini rivojlantirishga yo‘naltirgan musiqiy prodyuser sifatida faoliyat yuritmoqchiligini aytadi. Biroq u hozirda ham Koreyada ko‘plab gastrollar o‘tkazmoqda va konsertlaridan olgan hissiyotlarsiz yashay olmayotganini aytadi. 

    Aynan PSY bilan boshlangan K-popga bo‘lgan qiziqish, Janubiy Koreya qo‘shiqchilari va musiqiy guruhlarining mashhurligi tobora oshdi, ular bugun avlodning kumirlariga aylanishdi.

    21.11.2024, 12:50   Izoh (0)   46754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #PSY#K-pop#mashhurlik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Seulda Gangnam Style raqsiga haykal o‘rnatiladi

    07.11.2015, 21:38

    Britaniyalik qo‘shiqchi Adelning klipi Gangnam Style’ning rekordini yangiladi

    19.01.2016, 19:20

    Aerofobiyani yengishning 5 yo‘li

    23.02.2017, 09:18

    O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar

    06.04.2017, 09:14

    Koreyaliklar Gangnam Style qo‘shig‘iga atab o‘rnatilgan haykalni “o‘ta xunuk” deb atashdi

    12.10.2017, 15:34

    OAV: Shimoliy Koreya PSY’ning mamlakatdagi gastrollarini rad etdi

    27.03.2018, 06:20

    Gangnam Style, Mr.Saxobeat singari qo‘shiqlari bir kunda xit bo‘lgan ijrochilar hozir nima bilan band? (video)

    22.09.2020, 09:28

    Rianna, Kayli Jenner va Psy: jahon biznesiga ta’sir o‘tkazayotgan yulduzlar (foto)

    02.06.2021, 19:56

    Birgina qo‘shig‘i ortidan umrining oxirigacha yetadigan daromad olgan yulduzlar (video)

    15.03.2022, 12:58

    Gangnam Style xiti bilan millionlab dollar ishlab topgan, keyin esa ko‘rinmay ketgan koreyalik qo‘shiqchi PSY hozir nima bilan band? (foto)

    08.08.2022, 14:51

    Xit bo‘lgan birgina qo‘shig‘i tufayli umrining oxirigacha yetadigan boylik orttirgan yulduzlar (video)

    11.12.2022, 16:08

    Badavlat oilada voyaga yetgan mashhurlar (foto)

    21.07.2024, 17:55

    Qotil va firibgarlar oramizda: hayoti mashhur filmlarga asos bo‘lgan 4 nafar jinoyatchi hozirda qanday yashaydi?

    19.11.2024, 11:35

    Shamolga sovurilgan milliardlar: mashhur filmlarning rekord darajada omadsiz chiqqan davomlari

    19.11.2024, 14:42

    Kinoterapiya: Har qanday tomoshabinni yig‘lashga majbur qiladigan filmlar (treyler)

    19.11.2024, 19:00

    30 yildan so‘ng: mashhur “Niqob” filmidagi ko‘pchilik payqamagan xatoliklar 

    20.11.2024, 13:48

    Kuzning yomg‘irli havosida miriqib tomosha qilish uchun ajoyib seriallar (treyler)

    20.11.2024, 18:32

    Yeyilmaydigan nonushta, tez portlaydigan mashinalar, mexanizmli bomba: film va seriallardagi siyqasi chiqqan klishelar

    20.11.2024, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.