Ijtimoiy tarmoqlarda Uzum Nasiya va bir guruh tadbirkorlar o‘rtasida muammo kelib chiqqan haqida xabarlar tarqaldi. Isteʼmolchilarning daʼvolari va sotuvchilarning murojaati bo‘yicha Uzum Nasiya tahlili natijalarini eʼlon qildi.
“Uzum Nasiya”ning asosiy vazifasi foydalanuvchilar va biznes uchun xavfsiz, samarali va shaffof moliyaviy vositalarni yaratishdan iborat. Platformadan foydalanib, butun mamlakat bo‘ylab 5 mingdan ortiq tadbirkor o‘z biznesini muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda. Isteʼmolchilarning shikoyatlari va sotuvchilar so‘rovlarini ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, biz sodir bo‘lgan blokirovka hodisalarining ichki tahlilini o‘tkazdik. Ayrim hamkorlarning takroriy tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, yaqin kunlarda mablag‘ o‘tkaziladi”, deya izoh berdi “Uzum Nasiya” vakili.
- Qoidabuzarliklar tasdiqlanmagan holatlarda tadbirkorlarga pul mablag‘lari to‘liq qiymatda qaytarib beriladi va platformadagi akkauntdan foydalanish huquqi tiklanadi;
- Platforma qoidalari bir necha marotaba buzilgan holatlarda Uzum Nasiya pul mablag‘larini qaytarib beradi, lekin sotuvchining akkauntini blokdan chiqarmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Platforma qoidalari va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi muntazam ravishda buzilgan holatlarda pul mablag‘lari va akkauntlar blokdan chiqarilmaydi.
Izoh (0)