• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Boylik, mashhurlik, janjallar: AQSHning 47-prezidenti Donald Trampning hayoti fotosuratlarda

    AQSHning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 1946-yil 14-iyunda Nyu Yorkning Kvins shahrida tug‘ilgan.

    Foto: Alamy

    Donald oiladagi besh farzandning to‘rtinchisi. Hozir faqat opasi Elizabet hayot. 

    Donaldning otasi Fred Nyu York chekkasida muvaffaqiyatli qurilish kompaniyasini boshqargan. 1968-yilda Donald otasining kompaniyasida ishlay boshladi, biroq keyin o‘z kompaniyasini ochib, Manxetten markazidagi ko‘chmas mulk bilan shug‘ullanadi. 

    Foto: Getty Images
    Donald Tramp Nyu Yorkdagi Trump Plaza ofisida, 1987-yil.
    Foto: Getty Images
    Donald Tramp Nyu Jersi shtatining Atlantik-Siti shahridagi “Toj Mahal” kazinosi ochilishida o‘yin avtomatlari oldida.
    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images
    Donald Tramp shaxsiy vertolyotida.
    Foto: Getty Images
    Tramp o‘g‘li kichik Donald Tramp va qizi Ivanka bilan.
    Foto: Getty Images

    Donald Tramp uch marta turmush qurgan va besh farzandi bor. 1977-yilda uning birinchi rafiqasi modelyer va tadbirkor Ivana Zelnichkova edi. 

    Donald va Ivana Tramp.
    Foto: Getty Images
    Donald va Marla Tramp 
    Foto: Getty Images

    Donald Trampning ikkinchi xotini Marla Maples 1963-yil 27-oktyabrda AQSHda tug‘ilgan. U amerikalik aktrisa, model va televizion yulduz sifatida tanilgan. Marla va Donald 1989-yilda tanishib, tez orada omma e’tiboriga tushgan. Ularning munosabatlari Trampning birinchi xotini Ivana bilan ajrashuviga olib kelgan. Marla va Donald 1993-yilning 20-dekabrida turmush qurgan va shu yili ularning yagona farzandi Tiffani Tramp tug‘ilgan. Ammo ularning nikohi uzoq davom etmaydi va 1999-yilda ajrashishadi. Marla Maples keyinchalik bir qancha xayriya faoliyati va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydigan loyihalar bilan shug‘ullangan.

    Donald va Melaniya Tramp 2005-yilda Los-Anjelesda.
    Foto: Getty Images

    Tramp 2005-yilda uchinchi rafiqasi Melaniya Knaussga uylandi. Ular 1998-yilda tanishgan, o‘shanda Donald 52, Melaniya esa 28 yoshda edi.

    Trampning siyosiy faoliyati 2015-yilda boshlangan: u prezidentlik poygasida ishtirok etish niyati haqida Trump Tower’da, oilasi hamrohligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

    Tramp Trump Tower’da nutq so‘zlab, prezidentlikka nomzodini qo‘yish niyatini e’lon qilmoqda.
    Foto: Getty Images
    Donald Tramp 2016-yilda Nyu Yorkdagi saylovoldi kampaniyasida.
    Foto: Getty Images
    Hillari Klinton va Donald Tramp.
    Foto: Getty Images

    Janjallar bilan kechgan notinch saylov kampaniyasidan so‘ng Tramp demokrat nomzod Hillari Klintonni mag‘lub etdi va AQSHning 45-prezidenti sifatida qasamyod qildi.

    Saylov g‘olibi Donald Tramp Vashingtondagi inauguratsiya marosimida ko‘k gilamdan o‘tmoqda.
    Foto: Getty Images
    Donald Tramp Oq uyning oval kabinetida.
    Foto: Getty Images
    AQSH ittifoqchilari Prezident Tramp davrida to‘rt yilni boshdan kechirishdi. U tez-tez xorijiy rahbarlar bilan ochiq to‘qnash keldi, yirik iqlim va savdo kelishuvlaridan voz kechdi va Xitoy bilan savdo urushini boshladi. Angela Merkel, Donald Tramp va boshqa dunyo yetakchilari 2018-yilda Kanadadagi G7 sammitida.
    Foto: Getty Images
    Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Donald Tramp bilan Oq uyda.
    Foto: Getty Images
    Tramp prezidentligining so‘nggi yilida uning pandemiyaga qarshi kurashi bo‘yicha ko‘p tanqidlar bo‘ldi. U o‘ziga kovid tashxisi qo‘yilganidan keyin 2020-yilgi saylov kampaniyasidan tanaffus qilishga majbur bo‘ldi.
    Foto: Bloomberg
    Tramp 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida Jo Baydenga yutqazdi, ammo saylovlar soxtalashtirilganligini aytib, natijani tan olishdan bosh tortdi. 6-yanvar kuni u Vashingtonda tarafdorlarini yig‘ib, ularni Kongressga yurishga chaqirdi. Marsh tartibsizlikka aylanib ketdi va Trampning o‘sha kungi harakatlari jinoiy tergov mavzusiga aylandi.
    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images
    Uning siyosiy karyerasi tugaganga o‘xshardi, biroq Tramp yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishini e’lon qildi va tezda Respublikachilar partiyasining sevimlisiga aylandi. Tramp saylovoldi kampaniyasini bir necha jinoiy ishlarda ayblanayotgan yoki gumonlanayotgan paytda boshlagan.
    Foto: Getty Images
    2024-yil may oyida Tramp 2016-yilgi saylovlar oldidan aktrisa Stormi Daniyelsga pul to‘lash bilan bog‘liq holatni 34 band bo‘yicha soxtalashtirishda aybdor deb topildi. Yozgi saylov kampaniyasi vaqtida Pensilvaniyadagi mitingda Trampga suiqasd uyushtirildi. Ammo o‘q faqat uning qulog‘iga tegdi.
    Foto: Getty Images
    Foto: Getty Images
    Bir necha kundan so‘ng, Miluokidagi Respublikachilar milliy qurultoyida u prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi. Donald Tramp 2024-yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi va uning yangi to‘rt yillik muddati yakuniga yetsa, u mamlakat tarixidagi eng keksa prezidentga aylanadi. Muddati tugagunga qadar u 82 yarim yoshga to‘ladi. Jo Bayden noyabr oyida 82 yoshga to‘ladi.
    Foto: Getty Images

    Tramp haqida qiziqarli faktlar

    Tramp 2004-yildan 2015-yilgacha NBC telekanalida namoyish etilgan “The Apprentice” dasturida chiqish qilgan. Ushbu dastur unga katta mashhurlik olib keldi va hattoki 2004-yilda “Eng yaxshi realiti shou” uchun “Emmi” mukofotiga nomzod ham bo‘lgan.

    Foto: The Washington Post

    Tramp kam uxlashi bilan tanilgan. U doimiy ravishda uyquni yengib, kuniga 3-4 soat uxlaydi. Uzoq muddatli va samarali faoliyati uchun bu amaliyotni zarur deb hisoblaydi.

    Tramp Marvel va DC Comics’ning ko‘plab qahramonlarini sevadi. Yoshligidan komikslar o‘qishni yoqtirgan. U asosan Supermen, Betmen va Kapitan Amerika kabi qahramonlarga qiziqadi — ular orqali o‘zining maqsadga erishish qobiliyatini kuchaytirishni o‘rganmoqchi bo‘lgan.

    U bir vaqtlar aktyor bo‘lishni orzu qilgan. Yoshligida Tramp aktyorlikka qiziqish bildirgan, hatto ba’zi filmlarda epizodik rollarni ijro etgan, masalan, “Uyda yolg‘iz 2” (Home Alone 2) filmida ko‘rinish bergan.

    Foto: Home Alone

    Aktyorlik uning asosiy maqsadi bo‘lmagan, lekin u shou-biznes va televideniye orqali mashhurlikka erishdi.

    Foto: Our Cartoon President

    2018-yilda Tramp haqida “Bizning multfilm prezident” (Our Cartoon President) multseriali dunyo yuzini ko‘rgan. Jami 3 fasl va 46 epizoddan iborat satirik kartina uning faoliyati va oilaviy munosabatlari haqida hikoya qiladi.

    15.11.2024, 11:25   Izoh (0)   9962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    ##Tramp##AQSH##Amerika##Prezident

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50

    “Yuventus” “Chelsi”ning Kenan Yildiz bo‘yicha taklifini rad etdi

    Sport | 25 iyul, 20:35

    O‘zbekiston yerlarining yarmidan ko‘p qismi qishloq xo‘jaligiga tegishli — Kadastr agentligi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 20:30

    TASS agentligi rahbar o‘rinbosari Ozarbayjonga tashrifidan so‘ng lavozimidan ozod etildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.