• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” tashkil qilinadi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-noyabr kuni kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlatning ijtimoiy siyosatida sog‘liqni saqlash sohasi katta o‘rin egallaydi. So‘nggi yetti yilda bu tizimga ajratilayotgan mablag‘lar 6 karra oshirilgan. Oldin faqat Toshkentda bajarilgan 400 dan ortiq yuqori texnologik amaliyotlar bugun viloyat va tumanlarda ham o‘tkazilmoqda.

    Kasalliklarni erta aniqlash maqsadida onkologiya, endokrinologiya, kardiologiya markazlari hududlarda skrining tekshiruvlari olib bormoqda. Masalan, 1 million 700 ming nafar ayol skrining qilinib, 49 mingida saraton oldi kasalliklari topilgan. Bu yil yarim yillikda 122 ming nafar aholida yurak qon-tomir va qandli diabet erta bosqichda aniqlangan.

    Aholi salomatligini saqlash – uzluksiz jarayon. Sohadagi tahlil va talabdan kelib chiqib, muhim yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar tayyorlangan. Taqdimotda shular haqida so‘z bordi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lumki, davolashdagi eng katta muammo – kasallikning kech yuzaga chiqishi. Shu bois prezident tashabbusi bilan Qashqadaryoda, tajriba tariqasida, onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga 2 million so‘mdan mukofot berish joriy qilindi. Natijada oilaviy shifokorlar o‘z mahallasidagi 51 nafar ayol va bolalarda shunday belgilarni aniqladi. Buning uchun 102 million so‘m mukofot puli berilib, kech bosqichda sarflanadigan 8 milliard so‘m mablag‘ tejalgan.

    Tahlillarga ko‘ra, jami onkologik kasalliklarning o‘rtacha 20-25 foizi ayollardagi ko‘krak bezi va bachadon saratoniga to‘g‘ri keladi. Shu bois bu borada skrininglarni kengaytirish va ularning reyestrini yuritish rejalashtirilmoqda.

    Shuningdek, gematologiya, kardiologiya, endokrinologiya kasalliklarini erta aniqlash va ularni davolash bo‘yicha uch yillik dasturlar bu yil yakuniga yetadi. Mutasaddilarga erishilgan natijalarni hisob-kitob qilib, ularning muddatini uzaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tibbiyot muassasalariga markazlashgan holda dorilar xarid qilishda ham kamchiliklar bor. Ba’zi shifoxonalarda talabga nisbatan kam olingan bo‘lsa, ba’zilarida dorilar ortib qolgan.

    Shu bois dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘n besh oylik talab asosida xarid qilish tizimi taklif etilmoqda. Bunda kelgusi yillar uchun ehtiyojlar 1-avgustdan kechikmasdan, Davlat byudjeti parametrlari bilan bir vaqtda shakllantiriladi.

    Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida “Xaridlar markazi” va uning 13 ta hududiy filiali tashkil qilinadi. Markazga 2025-yil 1-yanvardan boshlab original dori vositalari va yopiq turdagi laborator uskunalar uchun sarflov vositalarini bevosita ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan to‘g‘ri xarid qilishga ruxsat beriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yana bir taklifga ko‘ra, donorlarni qo‘llab-quvvatlash kengaytiriladi. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni olganlarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti bazaviy hisoblash miqdorini 5 baravaridan 15 baravarigacha oshiriladi. Ularga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi, davlat sihatgohlarida davolanish navbatsiz bo‘ladi.

    Ushbu yangi tizim kelgusi yil 1-yanvardan joriy qilinishi belgilandi.

    Mamlakatda sanitariya va fitosanitariya choralari bo‘yicha Jahon savdo tashkilotini xabardor qilish tartibini yo‘lga qo‘yish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

    14.11.2024, 21:13   Izoh (0)   4285
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#tibbiyot

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi (foto)

    20.09.2024, 16:54

    “Daryo” dayjesti: 26-sentyabrning eng muhim xabarlari 

    26.09.2024, 22:40

    Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jamoasiga minnatdorlik bildirdi 

    27.09.2024, 13:37

    “Daryo” dayjesti: 27-sentyabrning eng muhim xabarlari

    27.09.2024, 22:40

    Toshkent viloyatida 2024—2026-yillarda 26 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda

    14.10.2024, 19:34

    “Daryo” dayjesti: 17-oktyabrning eng muhim xabarlari 

    17.10.2024, 22:39

    Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi markazi jamoasini tabrikladi

    18.10.2024, 12:54

    Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi

    23.10.2024, 19:41

    Prezidentning Navoiyga tashrifi, asosiy stavkani o‘zgarishsiz qoldirgan Markaziy bank, Parlamentga saylangan deputatlar ro‘yxati: 31-oktyabrning eng muhim xabarlar...

    31.10.2024, 22:49

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

    01.11.2024, 20:01

    “El-yurt salomatligi — jamiyatning  bebaho boyligidir” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi 

    09.11.2024, 12:29

    Shavkat Mirziyoyev YTTB va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    12.11.2024, 20:44

    “Oq oltin” kulfati. O‘zbekiston nega paxta qulligiga mahkum etilgan edi? Tarix, sabablar va oqibatlar haqida

    13.11.2024, 08:00

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim sammiti doirasida xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    12.11.2024, 21:55

    Prezidentning Bokudagi iqlim sammitida ishtiroki, faollik darajasi pasaygan uy-joy bozori, Farg‘onada pora olayotganda ushlangan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi ma...

    12.11.2024, 23:05

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston rahbarlari “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berdi

    13.11.2024, 13:31

    Bokuda Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev uchrashuv o‘tkazdi

    13.11.2024, 14:36

    Qirg‘izistonda sobiq bosh prokuror o‘rinbosari hibsga olindi 

    13.11.2024, 22:00

    Shavkat Mirziyoyev Chexiya va Gretsiya bosh vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi

    13.11.2024, 17:03

    Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi

    13.11.2024, 19:54

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning COP29 dagi Milliy pavilyoni bilan tanishdi

    13.11.2024, 17:27

    Tramp o‘z administratsiyasida ashaddiy isroilparastlar bo‘lishini xohlayapti — OAV

    13.11.2024, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev JST bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi?

    13.11.2024, 18:22

    Ozarbayjonlik shoir Akif Bag‘irov O‘zbekiston prezidentiga ozarbayjon tilida tayyorlagan “Shavkat Mirziyoyev fenomeni” kitobini taqdim etdi

    13.11.2024, 18:31

    Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga amaliy tashrifi yakunlandi

    13.11.2024, 18:59

    Frontdagi vaziyat yomonlashgani Zelenskiydan sir tutilmoqda — The Economist

    13.11.2024, 20:20

    Trampga qarshi ayblovlar qo‘ygan maxsus prokuror isteʼfoga chiqmoqchi — OAV

    13.11.2024, 19:39

    “Yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish loyihasiga start berilishi, O‘zbekiston hududlarida yog‘gan qor, birjada boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatilgan Ai-...

    13.11.2024, 22:50

    Toshkentda tashkil etiladigan pulli to‘xtash joylarining yagona boshqaruvchisi bo‘lishi kutilmoqda

    14.11.2024, 08:35

    Ilon Mask o‘z manfaatlarini ilgari surishi Tramp jamoasiga yoqmayapti — OAV

    14.11.2024, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Sistit — bu uyat emas!


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qizcha nazoratsiz qolgani sabab vafot etdi

    O‘zbekiston | 31 may, 15:09

    Qashqadaryoda Damas’da 17 bolani olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 31 may, 14:30

    Desertga tuzlangan bodringli pechenye: Gollivud yulduzlari yaxshi ko‘radigan g‘ayrioddiy yeguliklar

    Layfstayl | 31 may, 13:50

    O‘zbekistonda yozning ilk kunida harorat qanday bo‘ladi?

    O‘zbekiston | 31 may, 13:25

    Jeki Chan, Demi Mur va boshqa jahon yulduzlarining asl ismlarini bilasizmi?

    Layfstayl | 31 may, 12:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.