• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Ko‘pchilik e’tibor bermagan, ammo filmdagi ko‘p narsani tushuntirib berishi mumkin bo‘lgan qiziqarli detallar

    Ba’zi filmlar qiziqarli syujeti bilan tomoshabinlarni ekran qarshisiga shu qadar mixlab qo‘yadiki, mayda tafsilotlar e’tibordan chetda qolishi mumkin. Ba’zan birgina kichik detal kadrni yoki hatto butun kinokartinaga bo‘lgan munosabatimizni butunlay o‘zgartiradi. 

    “Sohibjamol”

    “Sohibjamol” filmida Vivian Edvardni tabiat qo‘ynida dam olishga ko‘ndiradi. Oshiq-ma’shuqlar daraxt ostida yotgan sahnada erkak qizga Shekspir iqtiboslari to‘plamidan 29-sonetni o‘qib beradi. Bu sonet “Go‘zal yoshlik” turkumiga kiradi va unda lirik qahramon o‘zining quvg‘indi va omadsiz taqdiriga aza tutadi, ammo muhabbat unga tushkunlikka tushmaslikka yordam beradi.

    Darvoqe, yana bir qiziq o‘xshashlik, melodramada rol o‘ynagan aktyorlar — Richard Gir va Juliya Roberts ismlarining birinchi harflari Shekspirning mashhur oshiqlari — Romeo va Juletta ismlarining birinchi harflariga to‘g‘ri keladi.

    “Titanik”

    “Titanik” filmida Rouzning kema fojiasidan keyingi hayoti haqida hikoya qiluvchi fotosuratlarini ko‘rish mumkin. Bu bilan rejissyor Rouz nihoyat oilasi va jamiyatining umidlaridan ozod bo‘lib, yorqin, sarguzashtlarga boy hayot kechirayotganini ta’kidlaydi.

    Rasmlardan birida Rouz ot minib, Jek uni olib borishga va’da bergan plyaj fonida o‘tiribdi. Avvalroq u bilan suhbatda ayol egarsiz ot minish g‘oyasini bema’ni deb hisoblagan, ammo fotosuratda qiz o‘z fikrini o‘zgartirgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, u yerda Rouzning eri va bolalarining yagona surati bor.

    Yana bir qiziqarli tafsilot film finalida yashiringan, o‘shanda Rouz kemada uchratgan barcha odamlarni eslaydi. Navbat Jekka yetganda, uning orqasidagi soat taxminan 2:20 ni ko‘rsatadi — bu aynan “Titanik” cho‘kib ketgan vaqt edi.

    “Kelajakka qaytib”

    “Kelajakka qaytib” filmida Marti o‘tmishga qaytib, avtomobil ikkita daraxtdan biriga urilganidan keyin “Ikki qarag‘ay” savdo markazining nomi “Yolg‘iz qarag‘ay”ga o‘zgartiriladi. Bu kulgili detal kelajakdagi muqarrar o‘zgarishlarni ta’kidlaydi, bu esa vaqt bo‘ylab sayohatga olib keladi.

    “Barbi”

    Haqiqiy dunyoda paydo bo‘lgan Barbi birinchi marta Mattel korporatsiyasining xodimi qizi Sasha bilan uchrashadi. Muxlislar taxminiga ko‘ra, Sasha nomi 2001-yilda Barbining raqibi sifatida chiqarilgan mashhur Bratz qo‘g‘irchog‘idan olingan. Ushbu nazariyaning tasdig‘i filmdagi qizning laqabi — “Banni Bu” ham Sashaning laqabi — Bratz qo‘g‘irchog‘i ekanligidir.

    “Garri Potter va Azkaban asiri”

    Franshizaning uchinchi qismida Garriga Teshik qozonga kelgach, Stiven Xokingning “Vaqtning qisqacha tarixi”ni o‘qiyotgan mehmonni ko‘rsatib o‘tishadi. Kitobda koinotning paydo bo‘lishi, makon va vaqt tabiati, qora tuynuklar haqida hikoya qilinadi. Film voqealari 1993-yilda sodir bo‘ladi, kitob nashr etilganiga esa 5 yil bo‘lgandi.

    Ehtimol, epizod uchun aynan shu kitobni tanlash filmning umumiy mavzusi — ba’zan orqaga qaytarish mumkin bo‘lgan vaqt bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

    “Shamollarda qolgan hislarim”

    “Shamollarda qolgan hislarim”da Skarlett Eshlining sevgisini tan olishni rejalashtirgan barbekyuga qanday borishi ko‘rsatiladi. Enaga unga kiyinishga yordam beradi va nihoyat Skarlettning o‘zi shlyapasining lentasini bog‘laydi. Bu paytda uning bo‘ynida hech qanday taqinchoq yo‘q. Ammo qahramon barbekyuga kelganda marjon taqib olganini ko‘rish mumkin.

    “Forrest Gamp”

    Filmda leytenant Den Forrestni masxara qilib, “Agar sen qachondir krevetka ovlaydigan kema kapitani bo‘lsang, o‘sha kuni men astronavt bo‘laman!”, deydi. Keyinchalik u Forrestga protezlarini ko‘rsatganida ulardan biriga hassasini urib, shunday deydi: “Bu titan qotishmasi. Undan kosmik kemalarda foydalaniladi”.

    Yana bir o‘xshashlik — “Forrest Gamp” chiqqanidan bir yil o‘tgach, Geri Sinis Tom Xenks ham rol o‘ynagan “Apollon-13” filmida kosmonavt rolini o‘ynaydi.

    “Garri Potter va hikmatlar toshi”

    Franshizaning birinchi filmida Garri Potterning chandig‘i tantanali kechki ovqat paytida og‘riy boshlaydi. Buni professor Snegg payqaydi: u atrofga, keyin esa professor Kvirrelga qaraydi. Ovqatdan so‘ng Snegg professor bilan gaplashishga qaror qiladi. Bu tomoshabinga Garrining haqiqiy dushmani kim ekanligiga ishora qiladi.

    30.10.2024, 13:35   Izoh (0)   14883
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #syujet#film#detallar

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Abadiyatga ko‘chgan afsonaviy ishq qissasi. 19-dekabr – “Titanik” filmi ilk bor namoyish etilgan kun

    20.12.2020, 16:57

    Yuqori reytinglardan joy olgan pandemiya haqidagi qo‘rqinchli filmlar (treyler) 

    26.09.2024, 11:00

    Gollivud tarixidagi kult filmlarning eng omadsiz sikvellari (treyler) 

    08.10.2024, 12:55

    Burak O‘zchivit suratga tushayotgan Rossiya filmida nima haqda hikoya qilinadi? (tizer)

    11.10.2024, 13:45

    Fransiya prezidenti “Emili Parijda” filmining davomi Rimda emas, Parijda suratga olinishi uchun kurashadi

    11.10.2024, 14:05

    Ko‘plab tomoshabinlar yakunini noto‘g‘ri tushungan 4 ta film

    14.10.2024, 14:15

    Katta aktyorlarning kichik obrazlari: Filmlarda epizodik rollarni ijro etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    15.10.2024, 14:10

    Iste’dodiga qaramay, doim ikkinchi darajali rollar beriladigan turk aktrisalari

    14.10.2024, 18:03

    Syujeti kutilmagan burilishlarga boy 5 ta yangi serial (treyler)

    15.10.2024, 11:55

    Film so‘ngigacha kiprik qoqmay tomosha qilinadigan koreys seriallari (treyler) 

    15.10.2024, 19:10

    Yomg‘irli kunda issiqqina uyda tomosha qilish uchun o‘tkir syujetli trillerlar (treyler)

    23.10.2024, 17:55

    Ancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, xuddi o‘sha aktyorlar tarkibi bilan ekranlarga qaytgan mashhur filmlar 

    16.10.2024, 09:55

    Komediyadan detektivgacha: besh xil janrdagi eng sara turk seriallari

    16.10.2024, 13:50

    Filmda ikkinchi darajali obrazni gavdalantirsa-da, tomoshabinlarga bosh qahramonlardan ko‘proq yoqqan aktyorlar (foto)

    21.10.2024, 12:51

    “Qo‘rg‘on sirlari”ning uchinchi mavsumida serial ijodkorlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan mantiqsizliklar

    21.10.2024, 17:24

    Afra va Mertning pinhona to‘yi va “Qo‘rg‘on sirlari”ning finali: turk seriallari olamidagi eng so‘nggi yangiliklar 

    23.10.2024, 14:54

    Keyt Uinslet ishtirokidagi “Buyuk ayol” filmini tomosha qilish uchun 5 sabab

    26.10.2024, 16:10

    Og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarish uchun eng yaxshi 4 ta turk seriali (treyler)

    26.10.2024, 11:55

    “Terminator” 40 yoshda: Nima uchun Jeyms Kemeronning afsonaviy filmi haligacha sevib tomosha qilinmoqda?

    29.10.2024, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qoraqalpog‘iston rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18

    Putin samolyotini AQSHning qiruvchi samolyotlari himoya qiladi

    Dunyo | 15 avgust, 21:56

    Dehlidagi Humoyun maqbarasi yaqinidagi binoning tomi qulashi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 15 avgust, 21:27

    O‘zbekistonda ayrim shaxslar uchun chet elga chiqishga qo‘yiladigan taqiq kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 21:05

    Quyoshda katta teshik paydo bo‘la boshladi

    Dunyo | 15 avgust, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.