• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes Karyera

    Qahramon, isyonchi ayollar: Afrikaning eng nufuzli qirolicha va malikalari

    Siyosiy faollar, jangari isyonchilar va milliy qahramonlar — o‘z vatanida Britaniyadagi Keyt Middlton kabi nufuzli bo‘lgan Afrika qirolichalari va malikalari haqida ma’lumot beramiz.

    Afrika qit’asida bugungi kunda monarxlar hukmronlik qilayotgan uchta davlat bor — bular Lesoto, Marokash va Esvatini. Agar dastlabki ikki davlatning qirollari zamon bilan hamnafas bo‘lib, ko‘p xotinlilikdan voz kechgan bo‘lsa, Esvatini hukmdori Msvati III ota-bobolarining an’analariga sodiq qolgan: u 15 marta uylangan, aftidan shu bilan cheklanib qolmoqchi emas (otasining 70 nafar ayoldan iborat harami bor edi, ular unga 200 dan ortiq merosxo‘r tug‘ib berishgan).

    Esvatini qonunlariga ko‘ra, qirolning birinchi ikki xotini Milliy kengash a’zolari tomonidan tanlanishi kerak. Ulardan biri nufuzli matsebulga, ikkinchisi esa motslar urug‘iga tegishli bo‘lishi lozim. Uchinchi va undan keyingi barcha xotinlarni hukmdor o‘zi tanlashi mumkin.

    Msvati III

    Darvoqe, bu Msvati III ning barcha nikohlari mustahkam va baxtli bo‘lgan, degani emas — uch nafar xotini eri tomonidan hissiy va jismoniy zo‘ravonlikdan charchab, Esvatini qirolidan qochib ketadi. Msvati III ularni xalqaro qidiruvga beradi, lekin saroyga qaytarib kelolmaydi.

    Monarxning to‘qqizinchi xotini Lamagongo bilan bog‘liq voqea yanada fojialiroq. U uzoq vaqt davomida qirolning sevimli xotini bo‘lgan, biroq keyinchalik qirol undan sovib, uning oldiga bormay qo‘ygan, bu, shubhasiz, ayolning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Uch yil o‘tgach, Lamagongo eridan singlisining dafn marosimiga borishga ruxsat so‘ragan, ammo qirol qat’iy rad etgan. Bu shundoq ham charchagan ayolning ruhiy salomatligi uchun so‘nggi tomchi bo‘ladi — u o‘zini o‘ldiradi.

    Msvati III ning 3 xotini

    Xullas, Msvati III ning rafiqalari shunday huquqsiz ahvoldaki, ularni nufuzli afrikalik ayol sifatida ko‘rib bo‘lmaydi.

    Afsuski, bir necha yil oldin Marokash qiroli bir vaqtlar abadiy sevishga qasam ichgan eng zamonaviy, o‘qimishli va muvaffaqiyatli malika Lalla Salma (Salma Bennani) o‘zining yuqori maqomini yo‘qotadi. U Bennani qabilasining merosxo‘ri bo‘lib, onasi vafot etgani uchun qizni asosan buvisi tarbiyalagan. Lalla o‘ziga katta umidlar qo‘yilganini tushunardi, shuning uchun u yaqinlarining hafsalasini pir qilmaslikka harakat qiladi: u nufuzli litseyni tugatib, matematika fanlari bo‘yicha bakalavr darajasini oladi, shundan so‘ng u ONA Group (Marokashning eng yirik xususiy xoldinglaridan biri) kompaniyasiga xizmat ko‘rsatish muhandisi lavozimiga ishga qabul qilinadi.

    1999-yilda qirol Muhammad VI bilan tanishganida Salma juda yosh bo‘lsa-da, har qanday mavzuda suhbatlasha oladigan muvaffaqiyatli ishbilarmon ayol edi. Bu esa Yevropaning nufuzli universitetlari bitiruvchisi, besh tilni mukammal egallagan Marokash monarxini maftun qiladi. 2002-yil 21-martda Muhammad va Salmaning to‘yi bo‘lib o‘tadi.

    Bir muddatdan so‘ng, qirol musulmon dunyosi uchun inqilobiy bo‘lgan qarori bilan fuqarolarini hayratda qoldirdi: Salma uning yagona sevgilisi ekani, shu bois u hech qachon o‘tmishdoshlari singari ko‘p xotinli bo‘lmasligini e’lon qiladi. O‘z qarorining qat’iyligini isbotlash uchun u hatto rafiqasiga “Qirolicha hazrati oliyalari” unvonini in’om etadi. Bu unvon ilgari Marokash hukmdorlarining rafiqalariga hech qachon berilmagandi.

    Lalla Salma eng faol afrikalik malikalardan biri sifatida shuhrat qozonadi: merosxo‘rlarni tarbiyalashdan tashqari, u Marokashda onkologiya profilaktikasi masalalari bilan jiddiy shug‘ullangan; Afrika mamlakatlarida OIV/OITS tarqalishining oldini olish bo‘yicha turli tashabbuslarda ishtirok etgan va ko‘pincha jahon miqyosidagi tadbirlarda qirollik nomidan so‘zga chiqqan. Biroq 2010-yillarning o‘rtalarida u to‘satdan jamoatchilik e’tiboridan yo‘qoladi.

    Shu asnoda mish-mishlar tarqaladi. Kimdir Marokash qirolidan shubha qilgan, kimdir Lalla muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik yoki hatto o‘lim bilan bog‘liq kasallik tufayli yo‘qolgan deb hisoblagan. Hatto mamlakat hukmdori bilan munosabatlarida jiddiy kelishmovchiliklar yuzaga kelganidan keyin malika saroy asirasi bo‘lishi mumkin deb hisoblaganlar ham bor edi.

    Ammo malika Lalla Salma Marokash qiroli bilan ajrashib, uning rafiqasi sifatidagi siyosiy va gumanitar missiyasini to‘xtatadi. Ajralishga nima sabab bo‘lganini hech kim aniq bilmaydi.

    Shunday qilib, 48 yoshli Lesoto qirolichasini monarxiyaning Afrikadagi eng nufuzli vakili deb atash mumkin. Anna Karabo Motshoeneng (Masenata Moxato Siiso bilan turmush qurgan) Afrika kommunasida tug‘ilgan va kambag‘al, ko‘p bolali oilada o‘sgan. Bolaligidanoq u munosib ta’lim olish va o‘z hayotini xalq farovonligi yo‘lida xizmat qilishga bag‘ishlashni orzu qilgan shuhratparast qiz edi.

    1990-yilda Anna Lesoto poytaxtida joylashgan Machabeng xalqaro kollejiga o‘qishga kiradi. U yerda nafaqat eng yaxshi talaba, balki faol ko‘ngilli ham bo‘ladi (o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida u ko‘zi ojizlar uchun ijtimoiy markazga va nogironlar maktabiga yordam beradi). Tez orada faol va mehribon qizga valiahd shahzoda Devid Moxato Bereng Seizo e’tibor qaratadi.

    Ular universitetdagi ma’ruzalardan birida tanishgan. Devidni sevgilisining oddiy oiladan ekanligi tashvishlantirmagan — 1999-yilda qirol bo‘lgach, rasmiy ravishda unga turmush qurishni taklif qiladi. Ularning to‘yida 40 mingga yaqin mehmon ishtirok etdi, ular orasida Nelson Mandela va shahzoda Charlz kabi yuqori martabali shaxslar bor edi.

    Ayni paytda Masenata Moxato Siiso uch nafar taxt vorisini voyaga yetkazmoqda, o‘z mamlakati fuqarolari hayotini yaxshilashga qaratilgan xayriya loyihalari bilan faol shug‘ullanmoqda.

    28.10.2024, 14:58   Izoh (0)   9053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #qirolichalar#Afrika

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinotavsiya: hordiq chiqarish uchun maza qilib tomosha qilinadigan seriallar 

    25.10.2024, 11:45

    Muzlagan va terlagan oynalar: avtomobili bor har bir kishi bilishi kerak bo‘lgan foydali layfhaklar 

    28.10.2024, 10:40

    Yaqin qarindosh ekanliklarini ko‘pchilik bilmaydigan mashhur aktyorlar (foto)

    25.10.2024, 13:40

    Keyt Uinslet ishtirokidagi “Buyuk ayol” filmini tomosha qilish uchun 5 sabab

    26.10.2024, 16:10

    Sovet kinosining afsonaviy aktyorlari birinchi va so‘nggi rollarida qanday ko‘rinishda bo‘lgan?

    26.10.2024, 13:35

    Og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarish uchun eng yaxshi 4 ta turk seriali (treyler)

    26.10.2024, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    2,2 mlrd dollarlik kassa: 2025-yilning eng ko‘p daromad keltirgan 10 ta filmi

    Madaniyat | 2 avgust, 09:45

    Rodrigo “Liverpul”ga o‘tishga rozilik bildirdi — ESPN

    Sport | 2 avgust, 09:37

    Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:31

    “Bola maktabda o‘qishni 7 yoshdan boshlashi nihoyatda kech” — Bahodir G‘aniyev O‘zbekiston taʼlim tizimi haqida

    O‘zbekiston | 2 avgust, 09:10

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.