• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Iqtisodiyot

    “Rossiya uchun yomon ssenariy”. Saudiya valiahd shahzodasi BRIKS sammitiga borishdan bosh tortdi va neftni 50 dollargacha tushirish bilan tahdid qildi

    Rossiyaning neft bozorida Kremlning asosiy hamkori bo‘lgan Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarida “asal oyi” tugashi mumkin. Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon 22-24-oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammitiga tashrif buyurish taklifini qabul qilmadi.

    Foto: Reuters

    Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sentyabrda “Rossiya tarixidagi eng muhim tashqi siyosiy voqea” sifatida qaralgan sammitda Saudiya qirolini ko‘rishni xohlashini aytgandi. Ammo Ar-Riyod rad javobini bergan.

    “Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirini yuboradi”, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

    Shahzodaning qarori nima bilan bog‘liqligiga aniqlik kiritilmagan. Ammo G‘arb davlatlari Rossiyaning “hamkorlari”ga bosim o‘tkazayotgani, agar u Qozonga borsa, buning oqibatlari bilan tahdid qilayotgani aytilmoqda.

    Sanksiyalarga qo‘shilmagan Saudiya Arabistoni urush boshlanganidan so‘ng ham neft bozorida Kremlning asosiy ittifoqchisi bo‘lib qoldi. 2022-yil kuzida Jo Bayden administratsiyasi Saudiya Arabistonini embargo ostidagi Rossiya neft barrellari o‘rniga qazib olishni ko‘paytirishga undagan bo‘lsa-da, bin Salmon Putin bilan ittifoqqa sodiq qoldi va aksincha kunlik yetkazib berishni 2 million barrelga kamaytirdi.

    Maqsad narxni bir barrel uchun 100 dollarga yaqin ushlab turish edi. Ammo oradan ikki yil o‘tib, Ar-Riyoddagi kayfiyat o‘zgara boshladi.

    “Qirollik bozordagi ulushining pasayishidan xavotirda va narxlarning pasayishiga uzoq vaqt chidashga to‘g‘ri kelsa ham, ishlab chiqarishni ko‘paytirish siyosatiga o‘tmoqchi”, dedi Financial Times’ning vaziyat bilan tanish manbalari.

    Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdul Aziz bin Salmon OPEK+ karteliga a’zo ba’zi davlatlar, xususan Qozog‘iston va Iroq, o‘z kvotalarini bajarmayotgani haqida ma’lum qildi. U barrel narxi 50 dollargacha tushib ketishi mumkinligi bilan tahdid qildi.

    London iqtisodiyot maktabi ilmiy xodimi Lyuk Kuperning ta’kidlashicha, Rossiya uchun bu ehtimoliy ssenariylardan eng yomoni. Neft kotirovkalarining 2014-2016-yillar darajasiga tushib ketishi Putinga “uning harbiy mashinasini moliyalashtirish”ni sezilarli darajada qiyinlashtiradi.

    “Saudiya Arabistoni, Rossiyadan farqli o‘laroq, arzon neftdan osonroq foydalanishi mumkin”, deb tushuntiradi Kuper.

    Arabiston cho‘lidagi konlar abadiy muzlikdagi Sibir konlariga qaraganda yer yuzasiga ancha yaqin, shuning uchun Saudiya barrellarining tannarxi pastroq. Bundan tashqari, Ar-Riyod ishlab chiqarishni osongina va tezda ko‘paytirishi va narx yo‘qotishlarini hajmlar orqali qoplashi mumkin, dedi u.

    Hozirda Saudiya Arabistoni kuniga 8,9 million barrel neft qazib olmoqda, bu 2011-yildan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Dekabr oyidan boshlab qirollik har oy bozorga kuniga 83 ming barrel qo‘shib boradi va 2025-yil dekabr oyi oxiriga kelib, yetkazib berishni kuniga 1 million barrelga oshiradi. Financial Times manbalariga ko‘ra, agar OPEK+ mamlakatlari belgilangan kvotalarga amal qilmasa, qazib olish hajmi bundan ham tezroq o‘sishi mumkin.
    15.10.2024, 11:40   Izoh (0)   25281
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Saudiya Arabistoni#Putin#neft#OPEK+#BRIKS

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    OPEK nufuzli nashrlar jurnalistlariga o‘z qarorgohiga tashrif buyurishni taqiqladi

    01.06.2023, 17:30

    Qora oltin narxining pasayishi: Neft nega arzonlashib ketmoqda?

    01.12.2023, 20:59

    Angola OPEKdan chiqishini e’lon qilgach, neft narxi tushib ketdi

    22.12.2023, 08:58

    Kuvaytda yirik neft koni topildi

    15.07.2024, 09:25

    Jahon bozorida neft narxi pasaymoqda 

    03.09.2024, 19:20

    “Xitoyning energetika siyosati sababli neft narxi pasayadi” — tahlilchilar

    13.09.2024, 16:15

    Eron Saudiya Arabistoniga urush bilan tahdid qildi

    11.10.2024, 08:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.