“Real” Reklama suratidan Kilian Mbappeni olib tashladi.
Madridliklar adidas kompaniyasi bilan hamkorlikdagi suratini e’lon qildi. Unda “Real” hujumchisi ko‘rinish bermagan.
Xuddi shu surat X (Twitter) ga Jud Bellingem tomonidan ham joylashtirildi. Unda esa Mbappeni ko‘rish mumkin.
Madrid klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, suratdagi o‘zgarishlar Kilianning jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotganiga bog‘liq emas. Ta’kidlanishicha, ushbu surat adidas kompaniyasiga tegishli va Kilian Mbappe Nike bilan shartnomasi borligi sababli suratni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan.
Biroq, reklama kampaniyasida Nike bilan kelishuvga ega bo‘lgan Eduardo Kamavingani ham ko‘rish mumkin.
Avvalroq, Stokgolmda ayol jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha politsiyaga murojaat qilgani va bu hodisa Mbappe bilan bog‘liq ekanligi xabar qilingandi. Hujumchining o‘zi esa bu xabarni yolg‘onligini ta‘kidlagan.
Shvetsiya prokuraturasi Mbappening ismini tilga olmagan holda, jinsiy zo‘ravonlik bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari boshlanganini e’lon qilgan.
Izoh (0)