Ijtimoiy tarmoqlarda erkak bir ayolni sudragani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Viloyat IIB holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 27-sentyabr kuni Oltiariq tumani “Qapchug‘ay” mahallasida o‘zaro qarindosh bo‘lgan videotasvirdagi erkak va ayol o‘rtasida kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Mazkur holat shu kunning o‘zida Oltiariq tuman IIB tomonidan ro‘yxatga olinib, ayolning tan jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Bundan avval Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi “Rabotak” mahallasida yashovchi 50 yoshli erkak 24 yoshli ayolni pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgandi. Ayol uning uchinchi xotini bo‘lgan.
Izoh (0)