2024-yilning yanvar-avgust oylarida, O‘zbekiston Respublikasida jami 109,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqida Statistika agentligi xabar qildi.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 foizga oshgan.
2024-yilning yanvar-avgust oylarida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri (28 000,2 mlrd so‘m), Toshkent viloyati (10 746,6 mlrd so‘m) va Buxoro viloyatida (7 481,7 mlrd so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda yirik qurilish tashkilotlari ulushi 27,6 foizga yetgani xabar berilgandi.
2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 26 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2023-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 28,7 foizga o‘sgan.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 27,6 foizni tashkil etgan.
Izoh (0)