• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Ahad Qayumning mahsuloti — tirikchilik manbayi, kino emas”. Mehriddin Rahmatov san’atdagi muammolar va orzusidagi rol haqida (video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Mehriddin Rahmatov “Daryo”ga bergan intervyusida o‘zbek kinosidagi bugungi muammolar va orzusidagi obrazlari haqida gapirdi.

    — Hozir hamma narsani kino deb bo‘lmaydi. Falonchi kino olyapti, pismadonchi kino ishlayapti — bularning bari telenovellaga o‘xshash narsa. Ular badiiy film emas. Haqiqiy film haqida gapirsam, ustozlar, o‘z ishining ustalari bo‘lgan insonlar o‘ynagan kinolar bor — “O‘tkan kunlar”. Mustaqillikdan keyin ham ishlangan yaxshi filmlar talaygina — ular bilan bularni aralashtirish kerak emas. Nega o‘zbek kinosi unday, nega bunday deyishadi, tushunmayman. O‘zbek kinosi emas ular! Avval badiiy film bilan novellani ajratib olish kerak. Ahad Qayumni gapirishadi, uning mahsulotiga tirikchilik manbai sifatida qarash kerak. U kino emas! Shuni tushuntira olmayapmiz. Kinoning o‘z olami, o‘z odamlari bor. Yaxshi filmlar yana ishlanadi, albatta.

    Foto: “Daryo”

    Aktyor kasbining qiyinchiligi, bemor holida ham suratga olish maydonchasiga yetib borgani haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

    — Bilsangiz, vitamin E degan ukol bor. Uni olgandan keyin safarga chiqish, zax, sovuq joylarda yurish mumkinmas. Shu ukolni uch-to‘rt kun olganimdan keyin suratga olish maydonchasiga ketganman. “Qasamyod” filmining syomkasi edi, Shahrisabzning tog‘li hududida bo‘lgan. Qish paytlari, aktyorlar jamoasini yozgi lagerga joylashtirishgan. O‘z nomi bilan yozgi — sharoiti ham shunga mo‘ljallangan. Isitish tizimi u yoqda tursin, chiroq yo‘q edi, sham ko‘tarib yurgandik. Ustoz Rixsi Ibrohimova, yana bir qancha aktyorlar bor edi, choponlarga o‘ranib olganmiz. Ishonasizmi, hech kim kasbidan nolimagan, chidagan. Chunki hamma kasbini sevgan.

    Xullas, orada teatrdagi spektakl uchun Toshkentga borib kelishim kerak edi. Poytaxtga qaytganman, rolni o‘ynab, kechasi yana yo‘lga chiqishim kerak edi. Haligi vitamin E sovuqda ko‘p yurganim uchun aks taʼsir berib yuborgan, isitmam 39-40 darajaga ko‘tarilib ketgan. Armiya qo‘mondoni rolini o‘ynashim kerak.

    Qaysi soha egasi shunday baland harorat bilan ishga boradi? Rejissyorga aytsam, kelmasangiz bo‘lmaydi deydi. O‘rnimga kim boradi? Shunda ayolimning ko‘ziga yosh kelib shu sizga zarurmi, dadasi, degan. Zarur, deganman. Meni butun boshli armiya kutyapti, hammasi rejalashtirilgan, moliyalashtirilgan. Qaytadan suratga olish uchun katta mablag‘ ketadi. Bir oyog‘im qotib ishlamay qolgan, qayerdandir hassa topib, taksiga o‘tirib Shahrisabzga yetib borganman.

    Rejissyor ahvolimni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, “Ha, chindan ham mazangiz yo‘q ekan” deb, men epizodimni o‘ynab bo‘lishim bilan orqaga jo‘natib yuborgan.

    Foto: “Daryo”

    Mehriddin Rahmatov Jaloliddin Manguberdi obrazi uchun turk aktyori olingani, rolni romantik qilib yuborishgani haqida kuyinib gapirdi.

    — Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori o‘ynaganda ich-ichimdan og‘rindim. Rosti, bu rolni ijro etishni juda xohlagandim. Uning hayoti, yurishlari, faoliyati haqida 7 yil shug‘ullandim, hozir ham o‘rganib kelyapman. Bir aktrisa Xorazmdagi muzeyga borganda sarkardaning haykalini tasvirga olib, sizning haykalingizni o‘rnatib qo‘yishibdi deb, menga video yuborgan edi. Ko‘pchilik shu rolga siz mossiz deganida, spektakllarda uning rolini ijro etganimda va yuqoridagi o‘xshashliklar sabab bu obrazga mehrim boshqacha tushgandi. Niyatim so‘ngani yo‘q, ichimda Jaloliddin obrazi yashaydi. Nasib etsa xalqimizga shu rolni taqdim etaman.

    Foto: “Daryo”

    — Har bir aktyorning orzusi bo‘ladi. Mening orzuyimdagi rol — Jaloliddin Manguberdi obrazi. Ko‘pchilikning fikricha yoshim o‘tganmish. Lekin hali qalbim yosh (kulib). Shaxsiy fikrim — Jaloliddin yoki shu kabi sarkardalarning yuz tuzilishi romantik bo‘lmagan. Ular sevgi-muhabbat haqida gapirib, gulzorma gulzor shataloq otishga vaqti bo‘lmagan. Uning fikri kecha-yu kunduz xalqni birlashtirish bo‘lgan. 17-18 yoshida jangga kirib, shu yoshida dushman qo‘lidan otasini qutqarib qolgan. 33 yosh — o‘limiga qadar qo‘lidan qilichni qo‘ymagan. Bitta jangda minglab mo‘g‘ulni o‘ldirishga majbur bo‘lgan insonning yuzini tasavvur qilib ko‘ring. Gul ko‘taradigan inson bo‘ladimi u? Bu kabi insonlar haqida film olganda xato qilishga haqqimiz yo‘q. Sevgi-muhabbat epizodlari bunday filmlarga shart emas deb o‘ylayman.

    Foto: “Daryo”

    Suhbatni to‘liq holatda Daryo Lifestyle kanalida tomosha qiling.

    [video id=“RZNXoWV5Yw4” type=“youtube”]

    25.09.2024, 10:21   Izoh (0)   11859
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Dilnoz Hakimova, singlisiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Chechenka, orzusi ushalgan fudbloger 

    12.09.2024, 09:45

    “Hamdam Sobirovga taqlid qilmayman”. Hit qo‘shiqlar ijrochisi Mirjalol Ne’matovning ilk konserti qanday o‘tdi? (video) 

    18.09.2024, 13:37

    “To‘yim konsertimdan keyin bo‘lishi kerak edi”. Xonanda Dilnoz eng katta orzusi ushalgani haqida (video) 

    20.09.2024, 21:20

    Turk seriallaridagi tomoshabinlarning eng ko‘p e’tiroziga sabab bo‘ladigan holatlar (foto)

    24.09.2024, 17:55

    Parijdagi Olimpiya o‘yinlari yulduziga aylangan Janubiy koreyalik sportchi qiz serialda bosh rolni o‘ynaydi

    24.09.2024, 16:36

    Romantika mavsumi: fantastika janridagi eng yaxshi koreys seriallari

    24.09.2024, 16:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Talabalar bilan shartnoma tuzgan ijarachilarga 7 oyda 40,7 mlrd so‘mlik soliq imtiyozi berildi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:40

    Hande Erchel va Hakan Sabanji: turk shou-biznesidagi eng mashhur juftlik ajralishdi

    Shou-biznes | 26 avgust, 19:30

    Tramp AQSH Federal zaxira tizimi boshqaruv kengashi a’zosini ishdan bo‘shatmoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 19:15

    Soliq to‘lamay qiymati 150 mlrd so‘mga yaqin tovar sotgan tadbirkorlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 19:00

    Boliviya prezidentligiga nomzod Rossiya bilan yirik shartnomalarni bekor qilishni va’da qildi

    Dunyo | 26 avgust, 18:45

    Market Yandex Go O‘zbekistonning yana sakkiz hududida ishga tushdi

    Reklama | 26 avgust, 18:00

    O‘zbek san’atkorlari Instagram’da reklama uchun qancha haq oladi?

    Madaniyat | 26 avgust, 18:36

    “Rossiya Putinning Zelenskiy bilan uchrashuvini cho‘zmoqda” — Merts

    Dunyo | 26 avgust, 18:25

    Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 26 avgust, 18:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.