• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Afsonaviy san’atkorning nevarasi, mashhur aktyorlarning farzandi, professional filolog, xonanda Rayhon 46 yoshda (foto)

    O‘zbek estradasining yorqin yulduzi Rayhon G‘aniyeva 16-sentyabr kuni 46 yoshni qarshiladi. Yetimlikda ulg‘aygan, o‘g‘ir kasallikni boshida kechirgan va hamisha mish-mishlar ichida yashaydigan xonanda bugungi darajasiga osonlikcha erishgani yo‘q.

    Rayhon 6 yoshida otadan yetim qoldi

    Foto: Kollaj

    Xonandaning katta bobosi Nabi G‘aniyev o‘z davrining mashhur aktyor va rejissyori bo‘lgan. U o‘zbek kino sanʼatining nodir durdona filmlari: “Nasriddin Buxoroda” (1943), “Tohir va Zuhra” (1945), “Nasriddinning sarguzashtlari” (1946) va “Farg‘ona qizi” (1948) kabilarni suratga olgan. Uning to‘rt farzandi bo‘lib, ularning birortasi sanʼatkor bo‘lishni istamaydi. Faqatgina o‘g‘li Hotamning farzandi Otabek G‘aniyev bobosining kasbini davom ettiradi.

    Otabek G‘aniyev 1977-yili aktrisa Tamara Shakirova bilan oila quradi. Ikki ijodkorning muhabbatidan qo‘ng‘iroq sochli qizaloq Rayhon dunyoga keladi. Avvaliga hammasi yaxshi edi. Otabek G‘aniyev eng yaxshi rollarni ijro etayotgan paytda baxtsiz hodisaga uchrab, vafot etadi. O‘shanda Rayhon G‘aniyeva 6 yoshli qizaloq edi. Oila boshining erta vafoti yaqinlariga oson kechmagani aniq.

    “Bolaligim quvonchli o‘tmagan”

    Tamara Shokirova bor eʼtiborini ijodga qaratadi, nafaqat o‘zbek, balki ozarbayjon va hind kinoijodkorlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. 1993-yilgacha o‘ndan ortiq filmlarda suratga tushib, so‘ng ikkinchi bor oila quradi. Bu nikohidan yana bir qiz farzandli bo‘ladi va unga Nasiba deb ism qo‘yadi.

    Foto: Kollaj

    — Bilasizmi, ko‘pchilik bolalik eng baxtli davr deydi. Ammo men o‘zimning bolaligim haqida bunday deyolmayman. Chunki bolaligim baxtli va quvonchli bo‘lmagan. Shuning uchun ham u kunlarni eslashni istamayman. Lekin 12 yasharligimda oyim menga kuchukcha sovg‘a qilgani bugungacha yodimda. Uzoq vaqt orzu qilgan narsamga ega bo‘lganimdan rosa xursand bo‘lgandim,  deydi xonanda intervyularining birida.

    “Onam sanʼatkor bo‘lishimni istamagandi”

    Xonanda ilk yoshidayoq filmda suratga tushgan. U 1980-yili “O‘zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan suratga olingan “Leningradlik bolalarim” filmida Hadichaning farzandi rolini ijro etgan. Hadicha rolini esa onasi Tamara Shokirova ijro etgan. Rayhon sanʼatkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, onasi uning bu kasbni egallashiga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi.

    Foto: Skrin

    — Onam avvaliga sanʼatkor bo‘lishimni istamagan. Nega bunday qilganini aniq bilmayman. Ammo keyinchalik o‘zi qo‘llab-quvvatladi. Ammo sanʼatga bo‘lgan qiziqishim, xohishim barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishimga kuch bergandi, deydi xonanda intervyularining birida.

    Ingliz tili filologi…

    Foto: Instagram

    O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakultetini tamomlagan Rayhon G‘aniyeva 1999-yili professional ijodga qadam qo‘yadi. U ilk bor 2000-yili suratga olingan “Tohir va Zuhra” musiqali filmidagi qo‘shig‘i bilan odamlar tiliga tushadi. O‘sha davrlarda xonandalar bugungidek ko‘p bo‘lmagan. Shu sabab ham Rayhonning qo‘shiqlari zamonaviy yoshlar orasida tez ommalashgan va xonanda 2002-yilda ilk yakkaxon konsert dasturini taqdim etishga muvaffaq bo‘lgan. Omad kelsa, birvarakayiga keladi, deganlaridek, xonanda 2002-yilda “Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi.

    “Rayhon oqqonmi yoki saraton?”

    Ammo odamlar orasida Rayhon G‘aniyeva oqqon, saraton ekan. Shu bois unga ketma-ket mukofot topshirishyapti”, degan gap-so‘zlar ham tarqaladi. Ammo xonanda bu kabi mish-mishlarga eʼtibor bermay, ijod qiladi. Keyinchalik xonandaning buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigani va og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar tarqalgandi. Ammo xonanda hech bir intervyusida bu haqida gapirmasdi. 2020-yili esa bergan intervyusida jurnalistning og‘ir operatsiyani boshdan kechirgani haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi.

    — Hayot va o‘lim orasida bo‘lganman, bu haqida gapirish juda og‘ir,  deya umumiy javob bergan xonanda.

    Jurnalistning “Rossiyadagi mashhur jarroh xonasidagi devorda suratingiz ilinib turar ekan” degan savolidan esa hayratlanadi.

    Foto: Instagram

    Rayhon G‘aniyeva ijodining eng gullagan davrlari 2005—2010-yillarga to‘g‘ri keladi. O‘sha yillarda yaratilgan qo‘shiqlar esa hamon muxlislar tilidan tushmay kelyapti. “Yodingdami?”, “Kechir”, “Orzungga ishon”, “Doimo”, “Baka-baka bang” kabi qo‘shiqlari tinglovchilar tilidan tiliga o‘tib kelmoqda. Xonandaning har yilgi konsert dasturini esa muxlislar intiqlik bilan kutardi. U o‘zbek xonandalari ichida shou-konsertlar taqdim etishda, yangilikka qo‘l urishda hamon peshqadam bo‘lib kelmoqda.

    “Kechir” so‘nggisi bo‘ldi”

    Rayhon G‘aniyeva ijodi davomida o‘zini aktrisalikda ham sinab ko‘rdi. U ishtirok etgan “Kechir” filmini tomoshabinlar iliq kutib olgan. U mazkur filmning ssenariysini o‘zi yozgan va kartinada shou-biznes olamidagi illatlarni ochib berishga harakat qilgan.

    Foto: Instagram

    — “Kechir” filmidan keyin kino sohasiga qo‘l urmaslikka qaror qilganman. Juda qiyin va uzoq vaqt sarflanadigan ish ekan. O‘sha paytda filmlarga ham takliflar juda ko‘p bo‘lgan. Vaqtim tig‘izligi uchun barchasini rad etganman, deydi xonanda intervyularining birida.

    Onadan ayrilish, to‘y…

    2012-yil Rayhon G‘aniyeva uchun ham qayg‘uli, ham quvonchli keldi. U 2012-yilning fevral oyida volidasi Tamara Shokirovani yo‘qotdi. Aktrisa og‘ir xastalik sabab olamdan ko‘z yumdi. Ko‘p o‘tmay, noyabr oyida xonanda o‘z baxtini topdi. 34 yoshida Rayhon aktyor Yigitali Mamajonovga turmushga chiqdi. Biroq ularning turmushi uzoqqa cho‘zilmadi. Rayhon ikki egizakning onasi bo‘lgach, Yigitali Mamajonov bilan ajrashdi.

    Foto: Instagram

    — Erim uchun o‘z vaqtida ovqatini tayyorladim, kiyimlarini dazmolladim, kirini yuvdim… Uyimni sarishtali va shinam tutdim. Ko‘p ayollar kabi erimdan qancha pul topayotganini so‘ramadim, — degandi xonanda Rayhon.

    “Farzandlarim otasini so‘raydi”

    Rayhon G‘aniyeva farzandli bo‘lishni uzoq vaqt orziqib kutgan. 2014-yili bir emas, ikkita o‘g‘il farzandlarni dunyoga keltirdi. O‘sha paytda bolalarni otasidan ajratish unga ham oson kechmagani aniq.

    Foto: Instagram

    — Farzandlarim otasini so‘raydi, albatta. Ular tez-tez ko‘rishib turadi. Bundan tashqari, men o‘zim Yigitalidan ular bilan tez-tez ko‘rishishini, muloqot qilishini so‘rayman. Har doim farzandlarimni otasini hurmat qilishga, sevishga o‘rgataman, chunki u o‘g‘illarimning otasi.

    O‘g‘illarim hozirgi turmush o‘rtog‘im bilan ham do‘stona munosabatda. O‘z o‘rnida, men ham turmush o‘rtog‘imning farzandlari bilan yaxshi munosabatdaman, ular bilan do‘st tutinganman, — degandi xonanda intervyusida.

    Rasman ajrashuv va ikkinchi turmush

    Xonanda 2015-yili rasman ajrashdi va oradan bir yil o‘tib, turmushga chiqayotgani haqida xabarlar tarqaldi. U boshlovchi Farhod Alimov bilan oila qurdi. Faqatgina navbatdagi to‘y boshqacha bo‘ldi. Xonanda to‘yi avvalgidek dabdaba bilan o‘tishini istamadi. Ammo Farhod Alimovning uchta farzandi borligini bilgan baʼzi negativchilar xonandani oilabuzarlikda ayblashdi.

    Foto: Instagram

    — Rayhonni oila qurmasdan avval ham yaxshi tanirdim. Chunki ikkimiz ham shou-biznesda faoliyat yuritamiz. Rayhon bilan oila qurmasimizdan ancha yil avval ajrashgandim. Sobiq turmush o‘rtog‘im bilan do‘stona munosabatda edik, ammo er-xotin sifatida bir-birimizni tushunmaganmiz. Farzandlarimni yaxshi ko‘raman, ular bilan haftasiga 2-3 bor birga bo‘lamiz, — degandi Farhod Alimov negativchilarga qarata.

    “Men birovning oilasini buzmaganman”

    Foto: Instagram

    — Men birovning oilasini buzmayman va oilalar mustahkam bo‘lishi tarafdoriman. Hamma inson baxtli bo‘lishga haqli, — degandi Rayhon G‘aniyeva intervyularining birida.

    Farhod Alimov bilan qurilgan oila uzoqqa bormaydi, deb hisoblaganlar ham bo‘lgan. Ammo Rayhon otani bolalaridan ajratmaydigan inson ekanligini isbotlay oldi. U turmush o‘rtog‘ining farzandlarini oilaviy safarlarga olib boradi. Suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashni ham kanda qilmaydi.

    “Bolalarim bilan dam olaman”

    Rayhon o‘zbek shou-biznesidagi eng tartibli xonandalardan biri. U kunini to‘g‘ri taqsimlashni va ortiqcha insonlarga vaqt sarflashni yomon ko‘radi.

    Foto: Instagram

    — Eng sevimli mashg‘ulotim farzandlarim bilan birga bo‘lish. Men bolalarim bilan birga bo‘lsam dam olaman, — deydi xonanda intervyularining birida.

    Xonanda 2023-yilda ijodidagi so‘nggi konsertini taqdim etdi. Endi konsert bermaslikni va bor eʼtiborini farzandlariga qaratish niyatida ekanligini maʼlum qildi.

    Foto: Instagram

    Ayni kunda badavlat o‘zbek xonandasining hayoti ana shunday rang-barangliklarga boy. Qisqa qilib aytganda, u ham yulduz bo‘lib tug‘ilmagan va osonlikcha bugungi kunlarga yetgan emas.

    18.09.2024, 17:23   Izoh (0)   88244
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rayhon G‘aniyeva egizaklari Islom va Imronning tug‘ilgan kunini nishonladi (foto)

    05.05.2019, 13:10

    2 yoshidan san’atga qadam qo‘ygan, otasidan erta ayrilgan va baxtini ikkinchi turmushidan topgan Rayhon G‘aniyeva 45 yoshni qarshi oldi (foto)

    19.09.2023, 19:03

    “900 ta bilet sotilishi shunchaki sharmandalik” — Rayhon “Humo Arena”dagi konsertining qoldirilish sabablari haqida (foto)

    12.10.2023, 10:48

    “Bolaligim yolg‘izlikda o‘tdi” — Rayhon onasiga aytolmagan gaplari va oxirgi marta konsert berayotgani haqida 

    01.11.2023, 14:52

    Instagram: Rayhon nega Munisa Rizayevaning to‘yiga bormadi? Muzaffar Abduazimov o‘g‘lini uylantirmoqda, Kaniza yangi mashina xarid qildi

    05.11.2023, 22:15

    Rayhon G‘aniyeva qiz farzand ko‘rish orzusi, qovurg‘asini oldirgani haqidagi mish-mishlar va muvaffaqiyatsiz bizneslari haqida

    06.11.2023, 13:26

    “Rayhondan pul yig‘ishni o‘rgandim”. Rayhonning turmush o‘rtog‘i  Farhod Alimov uning ko‘pchilikka noma’lum qirralari haqida gapirdi

    05.12.2023, 16:50

    “Farzandlarimga ona kerak”. Karyerasidagi so‘nggi konsertiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rayhon G‘aniyeva bilan suhbat (video)

    12.01.2024, 21:30

    Rayhonning so‘nggi konserti qanday o‘tmoqda? (foto, video)

    20.01.2024, 23:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.