Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlarini qayta ko‘rib chiqdi.
-YNrz_FRi.jpg)
17-sentyabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra, ulgurji savdo korxonalari uchun eng kam sotish narxlari joriy etiladigan bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar va chakana sotuvchilar uchun narxlar 2023-yil may oyida tasdiqlangan narxlardan deyarli o‘zgarmadi. Faqat konyakning eng kam chakana narxi 3000 ming so‘mga ko‘tarildi.
Yangi narxlar qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab — 17 sentyabrdan kuchga kirdi.
Izoh (0)