• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Dunyo

    “O‘zbekiston biz uchun juda muhim hamkor” — Germaniya kansleri

    “O‘zbekiston biz uchun juda muhim hamkor, jumladan, yaqin kelajak uchun ham”, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. Siyosatchi 15-sentyabr kuni Samarqanddagi matbuot anjumanida tegishli bayonot berdi. Hukumat portalida kansler nutqi e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Olaf Shols “Migratsiya va mobillik sohasida har tomonlama sheriklik to‘g‘risida” hukumatlararo bitim imzolanganiga to‘xtalib o‘tdi. 

    “Migratsiya to‘g‘risidagi bitim Germaniya hukumati dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan bosqichma-bosqich tuzmoqchi bo‘lgan kelishuvlarga mos keladi”, dedi kansler.

    Bitim imzolanishidan oldin Shols Samarqanddagi mashhur Registon maydoniga tashrif buyurib, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va delegatsiyalar ishtirokida uchrashuv o‘tkazgandi. Iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdan tashqari, muhokamalar Rossiyaning urushini ham qamrab oldi, dedi kansler.

    Migratsiya kelishuvi: Kansler Sholsning tushuntirishicha, migratsiya bo‘yicha kelishuv “Germaniyaga zarur bo‘lgan yuqori malakali ishchilarning kelishini” ta’minlaydi. Germaniyada qola olmaydiganlar ortga qaytishi uchun nobyurokratik tartib-qoidalarni nazarda tutadi.

    Ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish: Prezident Mirziyoyev bilan suhbatda ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalasi ham muhokama qilindi. Jumladan, Germaniya kompaniyalari va O‘zbekiston bizneslari qayerda bir-biriga mos kelishi ko‘rib chiqildi. O‘zbekiston tabiiy resurslarning katta zaxiralariga ega bo‘lgan Markaziy Osiyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotdir.

    Boshqa mavzular: Muhokamalarda respublikaning Afg‘onistonga qo‘shni davlat sifatidagi geografik joylashuvi, O‘zbekistonning demokratiya yo‘lidagi taraqqiyoti va Rossiyaning urushi kabi masalalar ham muhokama qilindi.

    “Bugun uzoq tarixga ega, an’anaviy Ipak yo‘lida joylashgan Samarqand shahrida men Germaniya va O‘zbekiston, shuningdek, butun Markaziy Osiyo mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish haqida so‘zlash imkoniga ega bo‘ldim. O‘zbekiston biz uchun hozir ham, yaqin kelajak uchun ham juda muhim hamkor”, dedi Germaniya kansleri.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    U ikki tomonlama munosabatlari keng miqyosda, shu jumladan, iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish muhokama qilinganini aytdi.

    “Shuningdek, mintaqada bizni tashvishlantirayotgan ko‘plab masalalarni muhokama qildik. Afg‘oniston O‘zbekistonning qo‘shnisi bo‘lgani sababli, bu masala bizni qattiq o‘ylantirayotganini tasavvur qilishingiz mumkin. Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi ham suhbatimiz mavzusiga aylandi. Albatta, mamlakat rivojlanishi haqida ham batafsil fikr almashib oldik. Bu yerda demokratlashtirish yo‘nalishida davom ettirilishi lozim bo‘lgan o‘zgarishlar mavjud va bu ham birgalikdagi muhokamalarimizning asosiy qismini tashkil etdi”, dedi Olaf Shols.

    Kansler migratsiya borasidagi bitim va uning afg‘on fuqarolarini O‘zbekiston orqali vataniga deportatsiya qilishga ta’siri haqidagi savolga javob berdi.

    Avvalo, bu O‘zbekiston bilan tuzilgan kelishuv - va u aynan shunday bo‘lishi kerak - hamda u bir-biriga bog‘liq ikki jihatni o‘zida mujassam etadi. Bir tomondan, bizga zarur bo‘lgan iste’dodli kadrlar, ishchilar, mutaxassislar va muhandislarni Germaniyaga jalb qilish imkoniyatini yaratsa, boshqa tomondan, manfaatlarimizga mos keladigan hollarda vatanga qaytish jarayonini osonlashtiradi.

    Umumiy vaziyatga nazar tashlasak, bu kelishuv katta o‘zgarishlarga olib kelmasligi mumkin, biroq u biz ko‘plab boshqa davlatlar bilan bosqichma-bosqich kelishib olmoqchi bo‘lgan namunaga mos keladi. Bundan tashqari, albatta, turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha maxfiy muzokaralar ham olib borilmoqda, dedi u.

    Olaf Shols sanksiyalar masalasiga ham to‘xtaldi. U ko‘plab davlatlar hukumatlari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o‘tib bo‘lmasligini muhokama qilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Germaniya quruqlikdagi chegara nazoratini kuchaytirgani sababini aytdi.

    Bu zaruriy choralardan biridir. Hamma tushunib turibdiki, Germaniyaga noqonuniy yo‘l bilan keladigan odamlar soni juda yuqori va shu sababli Germaniya hukumati noqonuniy migratsiyani samarali boshqarish orqali bu vaziyatni nazoratga olishni ta’minlashga intilishi tabiiydir. Bu yangi tamoyil Germaniyaning barcha chegaralarida shunday nazoratni amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi, dedi u.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Markaziy Osiyo bilan hamkorlik

    Kanslerdan “Rossiya va Xitoyning bevosita ta’sir doirasida” deb qaraladigan O‘zbekiston va Qozog‘iston Germaniya bilan hamkorlikda nimalarga erishishi so‘raldi.

    Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalasiga kelsak: Biz ushbu mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlashni va siyosiy hamda iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirishimizni alohida ta’kidlash juda muhim. Bu ular uchun ijobiy xabar, chunki bu mintaqada o‘z mustaqilligi va suvereniteti yo‘lida ishlashni osonlashtiradi. Biroq, bu faqat yaxshi hamkorlar mavjud bo‘lgandagina amalga oshishi mumkin. Germaniya ular uchun ana shunday muhim hamkorlardan biridir, deya xulosa qildi kansler.

    Kanslerning Markaziy Osiyoga safari: Olaf Shols 15-17-sentyabr kunlari uch kun davomida Markaziy Osiyoda bo‘ladi: avval O‘zbekiston, keyin Qozog‘iston. Bu uning hukumat rahbari sifatida mintaqaga ilk safaridir.

    16.09.2024, 14:26   Izoh (0)   8584
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? (ro‘yxat)

    15.09.2024, 21:44

    O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida mehnat migratsiyasi soddalashtiriladi

    16.09.2024, 09:30

    Shavkat Mirziyoyev va Olaf Shols ikki mamlakat yetakchi kompaniya hamda banklari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi (foto)

    16.09.2024, 11:50

    O‘zbekistonda dollar kursi to‘rt kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    16.09.2024, 14:24

    Germaniya kanslerining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi

    16.09.2024, 13:56

    Germaniya kansleri Samarqandda Xalqaro turizm akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

    16.09.2024, 13:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.