Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 4-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
14-sentyabr kuni “Golshteyn” va “Bavariya” klublari to‘qnash keldi. Ushbu o‘yinda “Bavariya” raqibini 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Myunxenliklar darvozaboni va sardori Manuel Noyer uchrashuvda to‘liq harakat qildi. “Golshteyn” Germaniya chempionatida 38 yoshli futbolchi g‘alaba qozongan 37-klub bo‘ldi.
Shu tariqa Noyer Bundesliga tarixida turnirda 37 ta turli jamoani mag‘lub etgan birinchi futbolchi bo‘ldi, deb xabar beradi Bayern&Germany nashri.
Eslatib o‘tamiz, Noyer “Bavariya”da 2011-yildan buyon to‘p suradi. U Bayer klubiga “Shalke-04”dan ko‘chib o‘tgan.
Ushbu o‘yindan so‘ng “Bavariya” hisobida 9 ochko bor. Vensan Kompani shogirdlari to‘rtta o‘yindan keyin birinchi debyutant “Golshteyn” esa so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)