Superliganing 18-turidan o‘rin olgan bahsda Namanganning “Navbahor” jamoasi o‘z maydonida turnir jadvali peshqadami “Nasaf”ni qabul qildi.
Mazkur o‘yin nafaqat ushbu tur, balki joriy mavsumning ham markaziy bellashuvlaridan biri bo‘lganligi bois ushbu bahsga qiziqish katta bo‘ldi.
Uchrashuv keskin kurashlar ostida kechdi. Biroq darvozalarga to‘p kiritilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yo‘l oldi. O‘yinning ikkinchi bo‘limi ham shiddatli tarzda kechdi. 56-daqiqada mehmonlar hisobni ochdi: Oybek Bozorovning chap qanotdan jarima maydonchasiga yetkazib bergan to‘pini “Nasaf”ning gruziyalik yarim himoyachisi Jambuli Jigauri boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi — 0:1.
Qolgan daqiqalarda har ikki jamoada bir qator vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa ham darvozalarga boshqa to‘p kiritilmadi va qarshiliklar 41 ochko to‘plab, peshqadamlik mavqeyini yanada mustahkamlab oldi.
“Daryo” ushbu o‘yindan fotogalereya tayyorladi.
Izoh (0)