Krishtianu Ronaldu “An-Nassr”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi dastlabki o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Klub 16-sentyabr kuni safarda Iroqning “Shorta” klubiga qarshi bahs olib boradi.
Ar-Riyod klubi matbuot xizmati Ronaldu o‘zini yomon his qilayotganini ma’lum qildi.
39 yoshli futbolchida virusli infeksiya aniqlangan va shu sababli u OCHLdagi dastlabki o‘yinda maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Krishtianu “An-Nassr” safida 5 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)