• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Musiqa Shou-biznes

    “Egizaklarim menga taqdir tuhfasi”. Beyonse tig‘iz kun tartibida farzandlari uchun qanday vaqt ajratishi haqida so‘zlab berdi

    Jahon miqyosida mashhurlikka erishgan yulduzlar ekran ortidagi haqiqiy hayoti qanday ekanligi barchaga qiziq. Ba’zan sahnada biz ko‘rishga muvaffaq bo‘lgan voqealardan ham ko‘prog‘ini bilish imkoniyati tug‘iladi. Bugun biz Beyonse hayoti haqida so‘zlashamiz.

    Foto: Bloomberg

    Xonanda kuni kecha GQ jurnaliga katta intervyu berdi. Suhbat davomida u o‘z hayoti haqida batafsil so‘zlab berdi. Beyonse o‘zining Cowboy Carter nomli bahorgi albomi haqidagi taassurotlari hamda shaxsiy hayoti haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan bo‘lishdi:

    “Men shu kunga qadar bajargan ishlarimdan faxrlanaman, ammo shu bilan birga men va oilam qanday qurbonliklarni boshidan o‘tkazganini anglayman va tan olaman. Bilasizmi, men uchun hayotdagi eng katta mukofot bu qalbimdagi quvonch hissidir. Agar men yozgan musiqalar insonlarni erkin fikrlashga va imkonsiz narsaga yo‘qligiga ishontirsa, bu men uchun ulkan sovg‘adir”.
    Foto: Europa plus

    Shuningdek, Beyonse tig‘iz kun tartibi va doimiy band ish jadvaliga qaramay ko‘p farzandli ona rolini ham yaxshi bajarayotgan yulduzlardandir. Axir, tugamas sayohatlar va gastrol safarlarida bo‘ladigan xonanda uchun yaxshi ona maqomini saqlab qolish oson emas. Beyonse karyerasi, tadbirkorlik ishlari va mashhurligiga qaramay, uning oilasi va farzandlari xonanda hayotidagi eng ustuvor vazifadir:

    “Ish jadvalimni tuzishda men oiladagi rejalarga e’tibor qarataman. Bolalarim maktabda bo‘lmagandagina gastrollarga borishga harakat qilaman, chunki har doim oilam bilan  birgalikda dunyoni kezishni, farzandlarimni turli tillar, arxitektura va turmush tarzi bilan tanishtirishni orzu qilganman.
    Foto: Europa plus
    Uch farzandni tarbiyalash oson emas. Yoshi ulg‘aygani sari bolalarning o‘ziga xos ehtiyojlari, sevimli mashg‘ulotlari paydo bo‘ladi, ijtimoiy hayotga kirib keladi va shu tariqa mustaqil shaxslarga aylana boshlaydi. Bularning bariga ahamiyat berish lozim. Mening egizaklarim esa Parvardigor menga bergan eng buyuk tuhfadir”, — deydi xonanda.

    Muxlislarda savol tug‘iladi: Beyonse qanday qilib barcha ishlarga ulguradi va namunali ona maqomini saqlab qoladi? Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, hamma gap musiqada. Qiyin damlarda musiqa Beyonsega kuch va motivatsiya beradigan mayoqqa aylanadi:

    “Qo‘shiq kuylash meni tinchlantiradi, yurak urishimni mo‘tadillashtiradi. Musiqa men uchun dofaminning eng yaxshi manbaidir. Zero xonandalik men uchun ish emas, balki sevimli mashg‘ulotimdir. Men musiqani yaratishni, qo‘shiq aytishni chin dildan yaxshi ko‘raman. Murakkab kunlarda, qayg‘uga tushgan vaqtlarimda, kasal bo‘lib qolganimda yoki uyqusiz tunlar tufayli stressga tushganimda qo‘shiq aytaman. Va ko‘pincha yolg‘iz qo‘shiq aytaman”, — deydi Beyonse.
    Foto: Vanity Fair

    Beyonse jismonan sog‘lom bo‘lishga ham doimo harakat qiladi. Xonanda har tomonlama o‘z ustida ishlash lozim deb biladi:

    “Men sog‘lig‘imga doimiy e’tibor berishga harakat qilaman, buning uchun ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qilaman va sog‘lom ovqatlanish tartibiga amal qilaman. Masalan, bu yil yozda men butunlay go‘sht yeyishdan voz kechdim, istisno tariqasida faqat kurka go‘shti iste’mol qilishim mumkin. Endilikda jismonan yanada mukammal bo‘lish uchun sport mashqlarini boshlashim kerak. Hozircha bunga vaqt topa olmayapman, balki ertaga boshlarman?”.
    14.09.2024, 18:25   Izoh (0)   23766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Beyonsening yangi albomi jahon rekordini o‘rnatdi

    04.04.2024, 18:02

    Xonanda Beyonse va Jay-Z plagiatda ayblanib, sudga berildi

    27.05.2024, 16:47

    Bekhem, Beyonse, Kardashyan va boshqa yulduzlarning eng zo‘r mashinalari (foto)

    01.08.2024, 12:05

    “Muzlik davri” davom etmoqda: Disney franshizaning oltinchi qismi ustida ish boshladi

    14.09.2024, 10:29

    Faqatgina bitta obrazi bilan tomoshabinlar yodida qolgan aktyor va aktrisalar

    13.09.2024, 16:35

    Lego ishqibozi o‘yinchoqlar to‘plamidan elektr mototsikl yasadi (foto) 

    13.09.2024, 14:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Son Xyon Min “Tottenhem”ni tark etishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyun, 12:20

    “AQSH zarbalardan hech qanday yutuqqa erishmadi” — Eron oliy rahnamosi (video)

    Dunyo | 27 iyun, 12:03

    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud?

    Reklama | 27 iyun, 12:00

    Lego kompaniyasi “Maxfiy hujjatlar” seriali asosida yangi to‘plam taqdim etadi

    Qo‘ziqorin | 27 iyun, 11:46

    “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining daromadi endi soliqqa tortilmaydi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 11:41

    Tailand kannabis uchun jinoiy javobgarlik joriy qilmoqchi

    Dunyo | 27 iyun, 11:26

    Pagani va Bulgari hamkorlikda olmos bilan bezatilgan giperkar yaratdi

    Layfstayl | 27 iyun, 10:59

    “Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 10:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.