Sentyabr oyida AQSH va Ukraina prezidentlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zelenskiy Yalta Yevropa strategiyasining XX yillik yig‘ilishida ma’lum qilgan.
Unga ko‘ra, uchrashuvda Ukrainaning tinchlik rejasi muhokama qilinadi.
“Biz shu oyda prezident Bayden bilan uchrashishni rejalashtirganmiz, men unga g‘alaba qozonish rejasini taqdim etaman – bu Ukrainaga urushni tinchlik yo‘liga burish uchun yetarli kuch beradigan o‘zaro bog‘liq yechimlar tizimi”, dedi Zelenskiy.
Uning ta’kidlashicha, bunga bir necha yo‘l bilan – Rossiya Qurolli kuchlari armiyasini siqib chiqarish yoki diplomatiya yo‘li bilan erishish mumkin.
Avvalroq Ukraina tomonidan ishlab chiqilgan “G‘alaba rejasi” ikkinchi “Tinchlik sammiti”da taqdim etilishi xabar berilgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u “Ukrainani kuchaytirish rejasi” hisoblanadi.
Izoh (0)