16-sentabr, dushanba kuni “Manchester Siti” futbol klubi tomonidan 115 ta moliyaviy feyr-pley qoidabuzarliklari bo‘yicha tinglovlar boshlanadi, deb xabar bermoqda Sky Sports News.
Fevralda Angliya Premyer Ligasi (APL) klubni 2009—10-mavsumidan 2017—18-mavsumigacha bo‘lgan davrda klubning daromadlari haqida noto‘g‘ri ma’lumot berishda, murabbiy va o‘yinchilarga bo‘lgan mukofotlar haqida to‘liq bo‘lmagan ma’lumot taqdim etishda va UEFA va Liga tomonidan moliyaviy qoidalarni buzishda aybladi. Tergov to‘rt yil davom etdi. Keyinroq mustaqil komissiya “Manchester Siti” tomonidan 115 ta qoidabuzarlik bo‘yicha tekshiruv boshladi.
Avgust oyida The Athletic nashri klub joriy mavsumda 70 dan 80 gacha ochkodan mahrum etilishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Ish bo‘yicha sud majlislari 16 sentyabrda boshlanadi va o‘n haftagacha davom etishi mumkin.
Manbaga ko‘ra, ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan ayblovlar va ma’lumotlarning ko‘pligi sababli mustaqil komissiya qaror qabul qilishi uchun bir necha oy vaqt ketishi mumkin. Ish bo‘yicha qaror mart oyidan oldin e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)